RAMAZONGA TAYYoRMISIZ?

RAMAZONGA TAYYoRMISIZ?
RAMAZONGA TAYYoRMISIZ?


RAMAZONGA TAYYoRMISIZ?

1.Alloxdan ramazon oyiga sog'-salomat yetkazishini xamda Ramazon ro'zasini tutishga musharraf etishini so'rab duo qiling. 
Chunki Payg'ambarimiz (sollalloxu alayxi va sallam) Rajab oyi kelsa, Alloxga “Yo Allox, bizga Rajab va Sha'bon oylarini hayrli qilgin va Ramazonga yetkazgin”, deb duo qilar edilar. Shuningdek, saxobiylar xam muborak Ramazon oyi kelmasidan oldin “Allox bizni ramazonga yetkaz”, deb duo qilishga odatlanganlar.

2.Ramazon oyining xar bir kunining rejasini tuzing. 
Ramazon – g'animat oydir. Uning xar bir soniyasidan unumli foydalanish lozim. Allox taolo Ramazon oyining xar bir kunini bandalar savoblarini ko'paytirib olishlari boshqa kunlardan ko'ra afzal qilgan.

Payg'ambarimiz (sollalloxu alayxi va sallam) o'ta sahiy zot bo'lsalar-da, Ramazon kirishi bilan sahovatlari, yahshiliklari yanada ortib ketar edi. Abdullox ibn Abbos (roziyalloxu anxumo) aytadi: “Rasulullox (sollalloxu alayxi va sallam) odamlarning eng sahovatlisi edilar. U zotning sahovatlari Ramazon oyida – xar kecha Jabroil (alayxissalom) Qur'onni ta'lim berish uchun xuzurlariga tushadigan paytlarda – ayniqsa, ziyoda bo'lardi. Darxaqiqat, Alloxning rasuli (sollalloxu alayxi va sallam) odamlarga muruvvat ko'rsatishda shiddat bilan esayotgan shamoldan-da tez edilar” (Imom Buhoriy, Imom Muslim rivoyati). 


Afsuski, xayotimizdagi barcha mayda ishlarni xam e'tibordan chetda qoldirmay xisob-qitob qilamiz-u, biroq ramazon oyi rejasini tuzishni unutamiz. Oqibatda dunyo va ohirat uchun foydali bo'lgan yahshilikdan beparvolik sababli maxrum bo'lamiz. Zero, ohiratning obodligi bu dunyoni obod qilish bilan boshlanadi. Abadiy saodatga erishish uchun ibodatlarni go'zal tarzda ado etishga odatlanish lozim. Shu sababli, mo'min-musulmonlarning Ramazon oyining xar bir kunduziyu kechasini o'tkazish tartibini rejalashtirib olishlari maqsadga muvofiq. 

3.Ramazon va unga taalluqli bo'lgan masalalarni puhta o'zlashtirib oling. 
Xar bir mo'min-musulmon Ramazon oyi ro'zasiga oid bo'lgan masalalarni bu oy kelmasidan avval yahshilab o'zlashtirib olishi kerak. Ro'zaning barcha qoidalarini tushunmay, unga ko'r-ko'rona amal qilish, go'yo mevasiz daraht kabi bo'ladi. Islom dini – ilm dini bo'lib, xar bir musulmon erkak va ayol o'zi uchun foydali va zararli narsalarni bilib olishi shart. Allox taolo bunday marxamat qiladi: «Bas, Agar bilmaydigan bo'lsangiz, zikr axlidan so'rangiz!» (Anbiyo, 7)

4.Ramazon ro'zasini tutishga holis niyat qiling.
“Xavo juda issiq, ro'za tutishga kuchim etmaydi” kabi turli baxonalar bilan bu oyning fazilatlaridan bebaxra qolmang! Agar ro'za tutishni holis Allox uchun ado etishni niyat qilsangiz, Alloxning o'zi engillik, baraka ato etadi.

5.Ramazon oyi kelayotganidan hursand bo'ling.Payg'ambarimiz (sollalloxu alayxi va sallam) Ramazon oyi kelsa, bahtiyor va hursand bo'lib ketar edilar. Payg'ambarimiz (sollalloxu alayxi va sallam) “Ramazon oyi keldi. Ramazon oyi Allox ro'za tutishni farz qilgan raxmat oyidir. Bu oyda jannat eshiklari ochilib, do'zah eshiklari berkitiladi”, der edilar. Payg'ambarimiz (sollalloxu alayxi va sallam)ning saxobiylari, tobeiylar bu oy kelishini intizorlik bilan kutishar edi.

6.Muborak Ramazon oyiga yetkazgani uchun Alloxga xamd ayting.
Chunki Allox sizni sog'-salomat bu oyga yetkazib, o'zining cheksiz raxmat va marxamatiga loyiq ko'rdi. 

Asl vazifasi boshqacha bo’lgan va bu haqida siz bilmagan narsalar

Biz e’tibor bermaydigan ayrim narsalar o’z vazifalariga ega. Ular haqida bilib olishimiz esa hayotimizni yengillashtirishi aniq!...

Ro’zg’orda asqotuvchi 7 tavsiya

Har bir ayolning uy tozaligi borasida o’z sir asrorlari bor. Ammo bunday “mahorat”ga ega emaslar ham bor. Quyidagi tavsiyalarimiz sizga uy sarishtaligida qo’l kelishiga aminmiz....

Ramazon taqvimi - (2022) saharlik, og'iz yopish va Iftorlik og'iz ochish duosi

Ro'za tutish (saharlik, og'iz yopish) duosi Navaytu an asuvma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag'ribi, xolisan lillahi ta'aalaa Allohu akbar. Iftorlik (og'iz ochish) duosi Allohumma laka sumtu va bika aamantu va a'layka tavakkaltu va a'laa rizqika aftartu, fag'firliy ma qoddamtu va maa axxortu birohmatika yaa arhamar roohimiyn....

Muzlatgichda saqlash tavsiya etilmaydigan 7 mahsulot

Mahsulotlar buzilmasligi uchun ularni muzlatgichga qo'yish kerak degan fikrga odatlanib qolganmiz. Biroq, bu fikr har doim ham to’g’ri deya olmaymiz. Bizning kundalik iste’molimizdagi ba'zi mahsulotlarni muzlatgichda saqlash tavsiya etilmaydi. Ularning qaysilar ekanligiga qiziqayotgan bo'lsangiz, maqolamizga diqqatingizni qarating!......

Dunyodagi eng katta va ajoyib kutubxonalar haqida faktlar

Fransuz fotosuratchisi Tibo Pueri ko'p yillardan buyon Yevropada noyob kutubxona interyerlarini izlab keladi. Hozirda Tiboning kolleksiyasida 25 ta kutubxona mavjud......

Xurmo foydasi

Bu mevadan kuniga 3-4 ta yeyish tanangizni yoshartiradi. U yer yuzidagi eng shifobaxsh mevalardan biri bu arab xurmosidir. Bu meva oziq moddalarga boy. Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, yurakda qon aylanishini yaxshilaydi. Xolesterinni pasaytiradi. Arab xurmosi ishtahani pasaytiradi. Oq shakar o'rnini bosadi, ozishda yordam beradi. U temirga boy,...

Android sirlari - 90% foydalanuvchi xabarsiz bo'lgan 7 ajoyib funktsiyalar

Bugungi kunda cho’ntagida sevimli va ajralmas smartfoni bo’lmagan kishi bo’lmasa kerak. Va ayni paytda insoniyatning eng foydali ixtirolari qanday qobiliyaga ega ekanligini biladiganlar sanoqli. Ushbu maqolada Android platformasida ishlaydigan smartfonlarning 7 eng qiziqarli funktsiyalari haqida batafsil....

"O'SPIRINLIK" YoLG'ONI.

"O'SPIRINLIK" YoLG'ONI. Xozirda 14 yoshdan 20 yoshgacha bo'lgan yoshlarni " o'smirlar" deyiladi. "O'smirlik" bu g'arbga oid termin bo'lib yoshlarning beboshligini xaspo'shlash maqsadida o'ylab topilgan. Islomda esa buyuklikka erishish uchun yosh cheklanmagan. Ummatimiz yoshlariga boqing, ular nelar qilishmagan: 1. Abdurraxmon Nosir. 21 yosh. Uning...

Krishtianu Ronalduning eng qimat baho avtomobillari

Krishtianu Ronaldu nafaqat taniqli sportchi, balki aksariyat yoshlar uchun muvaffiyat timsoli hamdir. Sportchi qimmatbaho mashinalarni juda ham yaxshi ko‘radi, har safar yangi mashina sotib olganida buni OAV hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqalarga namoyish qiladi. Ayni vaqtda portugaliyalik futbolchi bisotida 20 dan ortiq mashina bor. Ular...

Tushda tuxum ko'rsa nimani bildiradi

Tushda tuxum shaxsiy uchrashuvga, kimnidur kutilmaganda paydo bo‘lishi. Agar siz ko‘pgina tuxum ko‘rsangiz, yaxshi belgimas. Ishdagi ko‘ngilsizlik, bu esa sizni rosa charchatadi....

Fikr qo'shish