JANNATNING EShIKLARI OChILUR...

JANNATNING  EShIKLARI  OChILUR...
JANNATNING  EShIKLARI  OChILUR...


JANNATNING  EShIKLARI  OChILUR...

         Abu xurayra (r.a)  va Abu Sa'id (r.a)dan rivoyat qilinadi, ikkovlari aytdilar: 

        «Bir kuni Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam bizlarga hutba qilib:
        «Jonim qo'lida bo'lgan Zot bilan qasamki» deb uch marta aytdilar. Keyin boshlarini quyi solib turaverdilar, turaverdilar...
        Bizdan xar bir kishi yig'lar, u zotning nima uchun qasam ichganlarini bilmas edik. Ohiri boshlarini ko'tardilar. Yuzlarida sevinch alomati bor edi. Bu biz uchun eng yahshi ne'matlardan xam maxbubroq edi.

        So'ngra: «Qaysi bir banda besh vaqt namozini o'qisa, Ramazon (ro'zasi)ni tutsa, zakotini chiqarsa va etti katta gunoxdan chetda bo'lsa, albatta, uning uchun jannatning eshiklari ochilur va unga «Salom ila kir!» deyilur», dedilar».
     (Nasoiy  rivoyat  qilgan.)

     Banda uchun jannatning eshiklari ochilishiga mone'lik qiladigan etti katta gunox quyidagilardir: 

     1. Allox subxanaxu va taologa shirk keltirish. 
     2. Allox qatlini xarom qilgan jonni noxaqdan  
o'ldirmoq.
     3. Etimning molini eyish. 
     4. Ribodan mol topib, emoq. 
     5. Sexr bilan mashg'ul bo'lish.
     6. Urushda orqaga qarab qochmoq.
     7. Mo'mina, pokiza ayollarni zinoda ayblash.

Mo''jiza

Shirakayf uch og'ayni nimqorong'uda "Mo''jiza" deb nomlanuvchi choyhonadan chiqishdi.  - Mashinani yo'lning u chetiga qo'yganman, - dedi Nodir tishlari orasidan "chirt" etib tupurib. - Yo'l-yo'lakay sizlarni uy-uylaringizga tashlab o'taman. Ular katta yo'lni kesib, darahtlar orasidan o'tishayotganda, nogironlar aravasidagi bir kishini tayog'i...

O'zim aybdorman...

Xozir bolamning axvolini ko'rib, o'zimdan nafratlanib ketayapman. Pul, mol-dunyo, vaqtinchalik xuzur halovat deb, bir umrlik qiynoqqa duchor bo'ldim... Yoshligimdan pulga muxtojlik sezmay o'sdim. Yeganim oldinda, yemaganim ortimda edi. Bilimli bo'lmasamda qo'limda hunarim bor edi. Maktabni bitirib bir sartaroshga shogird tushib, bu hunarning...

KO'RDIK

KO'RDIK... Hamma  narsangizni  selfi  qilib  joylabsiz... - Ko'rdik, anvoyi taomlar ebsiz.  Qancha insonlar bir burda nonga zor. - Uyingiz xashamatli ekan.  Qancha insonlarning o'z uyi yo'q yoki ijara xaqini to'lolmayapti....

НАРИГИ ДУНЁДАН КЕЛГАН ОВОЗ… (Юраги заифлар ўқимасин)

Қачондир сиз ёлғиз қолган пайтингизда кимдир исмингизни айтиб чақирганми? Чақирган бўлса, сиз чўчиб овоз келган тарафга қарагансиз-у, ҳеч ким йўқлигига гувоҳ бўлгансиз. Айримлар шу ҳолат бир неча марта такрорланса, юрагида қўрқув ҳиссини туя бошлайди. Аслида бундан қўрқмаслигимиз керак экан. Олимларнинг айтишича, исмимизни айтиб чақирган, бироқ...

Diydorsiz vidolashuv

Shavkatjon, shu horijga ketish fikringdan qayt. Oilang, farzandlaring qarovsiz qoladi, – deya Gulshan aya javradi. Chet elda ishlash uchun yo'lga otlangan o'g'lidan ko'ngli chopmayotgan ona. – Ahir, men xam qarib qoldim. Menga tirgak kerak bolam......

O'g‘lingizga haridor bo‘lib keldik

Ular to‘rtinchi qavatdan joy sotib olib, ilk bora ayvonga chiqib nonushta qilishardi. Yigitning ko‘zi ro‘paradagi xuddi shunday ayvonda kir yoyayotgan qizga tushib qoldi. U ilgari hovlida yashaganigami, bunday holni ko‘rmagani uchunmi, g‘alati bo‘lib ketdi......

UCH DO‘ST yoxud IKKI QIYOFA

Xasan, Xusan va Dilmurod maktab davridanoq qalin do‘st edilar. Bu inoq uchlikka boshqa bolalar havas bilan qarashar edi. Ularning intilishlariyu niyat-maqsadlari ham bir xil. Maktabni tamomlagach, ToshDUning moliya fakultetiga hujjat topshirish va kelajakda yetuk bank mutaxassisi bo‘lish orzusida edilar....

Uyingizdan shaytonni qanday qilib xaydaysiz?

Uyingizdan shaytonni qanday qilib xaydaysiz? Jobir roziyalloxu anxudan rivoyat qilinadi: «Rasulullox sollalloxu alayxi vasallamning shunday deganlarini eshitganman: «Kishi uyiga kirayotganida va taom paytida Allox taoloni zikr qilsa, shayton sheriklariga: «Endi sizlarga yotoq xam, ovqat xam yo'q», deydi. Kishi uyiga kirayotganida Allox taoloni...

Boy ayol bir...

Boy ayol bir kambag'alning uyi yonidan o'tib ketayotib, uydagilarning hursandchilik qilayotganini, kulayotganini eshitib qoldi. Ayol hizmatkoriga shu uyga kirib, qanday bayramni nishonlashayotganini so'rashni buyurdi......

Yosh qizning iztirobi: «Men hech qachon ona bo'la olmayman!»

— Hayotning zarbalari insonni qiynab qo'yar ekan. So'nggi paytlar hech narsaga hafsalam yo'q. Azoblarimning oxiri tugamaydiganday tuyuladi go'yo. Bilaman, qiz bola dardini ommaga dasturxon qilishi chiroyli ish emas. Ammo shu qadar tushkunlikka tushib qoldimki… To'g'ri, har bir odamning bu hayotda o'ziga yetgulik dardi bor....

Fikr qo'shish