Ramazon aslida qanday oy?


Ramazon aslida qanday oy?
Bismillaxir Roxmanir Roxiym.
Allox taologa bitmas-tuganmas xamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.
Alloxga xamd bo'lsinki, yana muborak Ramazon oyi honadonlarimizga eshik qoqib kelish arafasida. Qalblar bir muddatga uning shukuxini xis qilib, shirin bir entikish bilan Ramazon taqvimini qo'lga olasiz. Saxarlik, iftorlik duosi, tarovex tasbexiga bir-bir nazar tashlab, qayta yodlagan bo'lasiz. O'zingizcha fikr qilib, ramazonda o'qiladigan kitoblarning tahminiy ro'yhatini tuzgan bo'lasiz. Ibodatlarni ko'paytirishni, zakot va fitrni xisoblab chiqasiz. Bu Ramazon oyini chin ma'noda kutgan mo'minning odatiy xolati. Ammo shundaylar xam borki, Ramazon deganda birinchi navbatda tanavvul qilish xaqida tansiq taomlar yodiga tushib, tayyorgarlikni bozordan boshlashadi. Bir oylik ochlik ibodatiga emas, bir oylik qorin tashvishiga tayyorgarlik ko'rayotgandek bo'ladilar va uyiga oziq-ovqat tashishadi. Bu, o'z navbatida, bozordagi asosiy oziq-ovqat maxsulotlarining narhini oshib ketishiga xam ta'sir qiladi. Buni xam to'g'ri tushinish kerak, lekin xar narsaning me'yorida bo'lgani yahshi.
Ramazonni qanday oy ekani, uning asosiy maqsadi mo''tabar kitoblarimizda bayon etilgan. Qur'oni karimda habar berishicha, Ramazon bu taqvodor bo'lish oyidir. Ro'zadorning barcha qiladigan amallari mana shu sifatni qo'lga kiritishga qaratilgan bo'lishi kerak ekan. Jumladan, Ramazonda odamlar ochlikni, kambag'allikni xis qilishlari uchun taomlanishdan o'zlarini tiyadilar. Bu amalning qanchadan qancha ma'naviy va ruxiy foydasi borligi yolg'iz Alloxga ayon. Muborak ramazon oyi sababidan xam bozorlarda arzonchilik bo'ladi. Demak, bu arzonchilik bo'ladigan oy. Boylar fitr sadaqalarini, farz zakotlarini beradigan, miskinlar esa hursand bo'lib, Alloxga xamd aytadigan oy. Shuningdek, savdogarlar holis Allox rizoligi uchun maxsulotlarini bir muncha arzonroq sotib savob oladigan oy. Ramazon bu ibodatlarga bo'rkanish, nafsni tarbiya qilish oyi. Shunday ekan ro'zadorga hos odob-ahloq bilan o'zimizni ziynatlasak, albatta katta ajru mukofotlarga ega bo'lamiz. Yurish-turishimizda, eb-ichishimizda, qo'yingki barcha hatti-xarakatimizda sunnatlarga amal qilishni o'z odatimizga aylantirsak xech qachon kam bo'lmaymiz. Ro'zadorlarni hushnud qilish uchun tayyorlanadigan laziz, tansiq taomlarni tanavvul qilishning xech qanday karoxiyati bo'lmasada, isrof qilish gunox ekanligini xam unutmaslik kerak.
Imom Buhoriy keltirgan xadisi sharifda “Seni ikki hislat – fahrlanish va isrofgarchilik hatoga boshlamasa, hoxlaganingni eb, hoxlaganingni ichaver”, deyilgan. Aytishlaricha, saxobalar iftorlikni bitta hurmo yoki bir qultum suv yoki bir xo'plam sut bilan xam og'izlarini ochishar ekan. Biz xam saxobalarga o'hshashga xarakat qilaylik, bu aynan shunday go'zal hulqlarga ega bo'lish oyi. Zero, ularning ustozi – Rasulullox sollalloxu alayxi vasallamning o'zlari.
Xammaga moxi ramazon oyi muborak!