Sog'inching bag'rimni tilguvchi xanjar sog'inch haqida she'r

Sog'inching bag'rimni tilguvchi xanjar
Sog'inching bag'rimni tilguvchi xanjar

Sog'inching bag'rimni tilguvchi xanjar,
Sensizlik dog'ida yurak xam sanchar,
Ayriliq jonimni ayamay yanchar,
Naxotki armonsan endi sevgilim,

Muxabbat chin bo'lsa yetmasmi kishi,
Yoki bu ayriliq taqdirning ishi,
Tatimay qoldiku xayot yoz qishi,
Naxotki armonsan endi sevgilim,

Orzular o'rnini azobga berib,
Dildagi tilagim sarobga berib,
Yurardik ishq bog'in gullarin terib,
Naxotki armonsan endi sevgilim,

Toza xis tuyg'ular xavoga uchib,
Ko'ngilni tilguvchi tikanlar quchib,
Visol xam buyurmay bizlardan kechib,
Naxotki armonsan endi sevgilim.



Fikr qo'shish