RAMAZON BAROKATI

RAMAZON  BAROKATI
RAMAZON  BAROKATI


RAMAZON  BAROKATI

Ramazon ro'zasining xayratlantiruvchi jixatlari mudom meni tafakkurga boshlaydi. Aslida bu fazilatlarni ko'pchilik biladi, ammo men yana  bir bor eslatishni ma'qul ko'rdim.

Ro'za ro'zador uchun nixoyatda zavqli, roxatbahsh ibodatdir. Ro'zador ruxiy xalovat ichida bo'ladi. Chunki o'zini yo'qdan bor qilgan Allox azza va jaallaning buyrug'iga itoat qilishning bahtiyorligini xis qiladi. Shuning uchun xam ro'za ro'zadorga roxat va xalovat bag'ishlaydi.  Ro'zaning ortiqcha vazn va kasallikka doir parxezlardan  muxim farqi borki, uni faqat va faqat xidoyatga musharraf bo'lganlargina tushunadilar. Ro'zador qalbidagi Alloxning roziligiga muvaffaq bo'lish istagi uni hushnud va mas'ud qiladi.

Ro'zadorning ochlikni xis qilmasligi chindan xam qiziq.  Xolsiz bo'ladi, lanjlik xis qiladi, lekin ishtaxasi bo'lmaydi. Ro'zadorligimda, saxarlikka bir piyola suv ichib og'iz yopgan bo'lsam-da, ishtaxani qitiqlovchi is taratayotgan tamaddihonalar yonidan o'tib ketayotib, ochlikni xis qilmasligimni o'ylab ko'p muloxazaga tolaman. Xolbuki, Ramazondan boshqa kunlarda qornim to'q bo'lsa-da, nafsim mudom yahshi narsalar istagida bo'ladi. Chunki ochlik miyadan keladigan buyruqqa bog'liq va Ramazonda mo'minning miyasini iymoni boshqaradi, “O'zingni tut!” deya nafsiga xukm etadi.


Ro'za — mutloq ochlik emas. Ro'zadagi ochlik va tashnalik ma'lum vaqtlar uchun. Ro'zador saxar va iftorda tanovvul qilgan ozuqalardan o'ziga kerak bo'lgan protein va vitaminlarni qabul qiladi. Ro'zadorlarda kam ovqatlanish yuzaga kelmaydi. Kundalik faoliyatlarini shu yo'nalishda davom ettira oladi. Inson organizmi faoliyatiga xech qanday salbiy ta'sir bo'lmaydi.

Ro'zadorligimizda moddalar almashinuvi davom etadi. Chetdan ozuqa kelmagani uchun tana o'z moddalarini, to'qima va xujayralarini va ayniqsa me'yordan oshiqcha yog'larni sarflab, xazm jarayonini davom ettiradi. Ammo tana bu ishni to'g'ridan to'g'ri bajarmaydi. Avval kasal, qari va o'lik xujayralarni yo'qotadi. Bu esa vujudimizning yosharishi, yangilanishi va qon yangilanishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun xam Payg'ambarimiz sollalloxu alayxi vassalam “Ro'za tuting, sixxat topasiz” deya marxamat qilganlar.

Ro'zadorlikda miya zaxira moddalardan foydalanib bir maromda ishlashda davom etadi.  Insonda aqliy qobiliyat etishmasligi kabi nuqsonlar kuzatilmaydi. Aksincha, kundalik stresslar kamaygani uchun fikrlash qobiliyati ortadi.

Ro'za vujudimizni ortiqcha va keraksiz moddalardan tozalaganidek, o'zligimizni xam ma'naviy zararlardan poklaydi, ruximizga qo'ngan dunyo g'uborlarini aritadi.

Allox xar bir mo'min va mo'minani O'zi farz qilgan Ramazon ro'zasini mukammal tutishga qodir qilsin! Ibodatlarda bizga quvvat va rag'bat ato etsin! Gunoxlarimizni mag'firat qilib, bir oylik musulmonlarni ikki dunyolik musulmonlarga aylantirsin! Amiyn!

Seni ham dadang olib bersin...

- Seni ham dadang olib bersin... Bu gap kichik Hadichaga qattiq tasir qildi. Qur’on kitobi yo‘qligi uchun o‘rtog‘ini Kitobini so‘rab turgandi....

Asli qora - oqarmas!

Yoshim o'ttizda, oliy ma'lumotliman. Uchta farzandim bor. Turmush o'rtog'im bilan sevishib turmush qurganmiz. Ammo... Rostini aytsam, bu dunyoda sevgi-muhabbat yo'q ekan. Kishi "sevdim", deya parvonaga o'xshab aldanib, qanotini kuydirib qo'yganini o'zi bilmay ham qolar ekan....

📙Naqadar go‘zal axloqlisiz, yo Rasulalloh!

Qishloqdan bir kambag‘al kishi, qo‘lida bir kosada to‘la uzum ila Rasululloh sallollohu alayhi va sallam huzurlariga, hadya qilmoq niyatida keldi......

Ibratli xikoya

Bir ayolning eri vafot etdi. Ikki qizi yetim qoldi. Bu musibat sabab faqirlik, muxtojlik uning boshi uzra aylana boshladi. Uyning egasi ijara xaqqini so'rar, dilbandlarining ochlikdan sillasi qurib borardi. Mablag' yo'qligi tufayli uydan chiqarib yuborildi. Xar hil gap so'zlar - u, yomonlarning zararidan qochib, begona shaxarga ketdi......

Yosh qizning iztirobi: «Men hech qachon ona bo'la olmayman!»

— Hayotning zarbalari insonni qiynab qo'yar ekan. So'nggi paytlar hech narsaga hafsalam yo'q. Azoblarimning oxiri tugamaydiganday tuyuladi go'yo. Bilaman, qiz bola dardini ommaga dasturxon qilishi chiroyli ish emas. Ammo shu qadar tushkunlikka tushib qoldimki… To'g'ri, har bir odamning bu hayotda o'ziga yetgulik dardi bor....

Abdullaxon II kim boʻlgan?

Yaqinda hamma narsaga qiziqaveradigan oʻgʻlim Bunyodbek, "Oqchopsoy suv inshootini nega "Abdullaxon bandi” deyishadi? Abdullaxon oʻzi kim boʻlgan?" deb soʻrab qoldi. Oʻylanib qoldim. Tabiiyki, u bu savollarga darsliklardan javob topolmaydi. Bizga ham oʻqitishmagan. Buning ustiga yaqinda u "Ertugʻrul" nomli turk serialini koʻrib, Jaloliddin...

Salom. Xayirli tong!

Soat 6:00. Robiyani telefoniga navbatdagi SMS keldi. "Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? ...

Sabr jannatga yo‘ldir

Yigirma yoshda edim. Ustozim bilan bir kitob o‘qidik. Nomi yodimdan ko‘tarilgan, arab tilidagi she’riy kitobning mazmuni bunday edi: o‘n uch yoshli qiz og‘ir kasallikka chalinadi. Iztirobda qolgan onaizor qiziga buni bildirmaslik uchun, qo‘lidan nima kelsa, qiladi. Lekin kun kelib haqiqatni bilgan qiz onasiga dil so‘zlarini bunday bayon qiladi:...

Otam

O‘smirlik yillarim edi. Nima bo‘ldi-yu, bir kuni nogaxon nojo‘ya so‘z tufayli otamning dilini ranjitib qo‘ydim. Bir ozdan so‘ng uyimga keldim, qilgan aybimni o‘ylab, ko‘zlarimga yorug‘ dunyo tor bo‘lib ketdi. Endi qanday qilib otamdan kechirim so‘rash yo‘lini izlay boshladim. Otam uyimiz oldidagi yo‘l bo‘yiga mevali daraxt o‘tkizayotgan edi. Men...

“Yosh jazman”ning kasofati...

Bu oilani uzoq yillardan beri bilaman. Adashmasam, ular turmush qurgan kundanoq janjallashishni boshlashgan edi. Ammo har gal bu janjallar dahanaki so‘kish-u yengil haqoratlar bilan yakun topardi. Oxiri ajralishdi ham. Afsuski, shundan keyingi janjal ikkovlari uchun ham qimmatga tushdi…...

Fikr qo'shish