Muqaddas Ramazondagi duoning ijobati
Muqaddas Ramazondagi duoning ijobati
O'tgan yili Ramazon oyida jazirama yoz kunlari xar kuni qishloqdan shaxarga — ishga qatnashda issiq va xolsizlikdan tinkasi qurirdi. Kechqurun iftorlikka yaqin oyoqlarini sudrab uyga kirib borar, bir qultum suv bilan og'iz ochar-ochmas ko'zi ilinardi. Yana ikki maxalla naridagi masjidga tarovex namoziga jamoatga qo'shilish uchun yo'l olardi. Ba'zan ibodatni to'liq ado etolmay xorg'in uyga qaytayotib yurakdan Alloxga yolvorardi:
– Chumolining ovozini xam eshitgan, xar bir yaralmishining qalbidan bohabar Robbim! Kelasi Ramazongacha menga shunday imkoniyatlar berginki, ibodatlarda sening xuzuringga tetik, quvvat va rag'bat bilan turay!..
Shahsiy avtomashinasida maxalladoshlari bilan jome masjidiga tarovex namozini ado etish uchun borayotib jilmayib qo'ydi.
– Tabassum boisini biz xam bilsak bo'ladimi, Bek? - old o'rindiqda o'tirgan xamqishloq do'sti o'ziga savolchan tikilib turardi.
– Tabassumning boisi shukronalik, og'ayni, - dedi mamnuniyat bilan.
- O'tgan yillari Ramazon oyida “Qaniydi, peshin namozidan keyin bir soatgina uhlab dam olishim uchun shaxarda uyim, namozlarga o'z vaqtida etib borish uchun avtomashinam bo'lsa edi,” deya o'ksinardim. Allox ojiz bandasining iltijosini ijobat etti, mashinalik bo'ldim. Mana ulovim xozir xammamizga xizmat qilayapti. Ro'zadorning duosi qaytarilmasligini buyurib, ummatlarini iymonu ihlosga da'vat qilgan Rasulullox sollalloxu alayxi vasallamga molimiz, jonimiz, butun boru yo'g'imiz qurbon bo'lsin!..
Do'sti elkasiga qoqib qo'ydi. Ular qalbida shu munavvar kunlarga shukronalik tuyg'usi ila Buyuk Yaratguvchining ibodati sari elib borishardi.