2019 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori

2019 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori
2019 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori


O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo xay'atining 2019 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori bo'yicha

QARORI 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo xay'atining milodiy 2019 yil (xijriy 1440 yil) uchun ZAKOT nisobi 1 gramm tilloning bugungi kunda bozorlarimizdagi o'rtacha narhi 200 000 (ikki yuz ming) so'm ekanligini e'tiborga olib, zakot nisobi 85 (sakson besh) gramm tillo, ya'ni 17 000 000 (o'n etti million) so'm deb belgilangani va mazkur summaning qirqdan bir (1/40) xissasi, ya'ni 425 000 (to'rt yuz yigirma besh ming) so'mni zakot niyatida chiqarilishi xaqidagi hulosasi ma'qullansin.


Ma'lumki, fitr sadaqasi Payg'ambarimiz sallalloxu alayxi vasallamning xadislariga binoan to'rt narsadan chiqariladi. Ular bug'doydan yarim so', arpadan bir so', mayizdan yarim so' va hurmodan bir so'dir. Bir so' taqriban (≈) 4 kilogrammdir.

Shunga ko'ra, bu yilgi FITR sadaqasining miqdori Toshkent shaxar bozorlaridagi narhga ko'ra:

≈ 2 kilogramm bug'doydan 6 000 (olti ming) so'm;

≈ 4 kilogramm arpadan 10 000 (o'n ming) so'm;

≈ 2 kilogramm mayizdan 70 000 (etmish ming) so'm;

≈ 4 kilogramm hurmodan 100 000  (yuz ming) so'm bo'ladi.

Xar kim o'z imkoniyatiga qarab ushbu to'rt maxsulotning hoxlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya.

Bu yilgi FIDYa miqdori bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo'lib, uning o'rtacha qiymati 15 000 (o'n besh ming) so'm, deb belgilansin.

Usmonhon ALIMOV
O'zbekiston musulmonlari
idorasi raisi, muftiy                                         

Immunitet ko’tarishning 7 xil usuli

Immunitet ajoyib narsa. U hammamizda bor va uni hamisha mustahkamlash va kuchaytirib borish kerak, chunki immunitet gripp va shamollashdan tortib saraton xastaligigacha saqlaydi....

Insonga kuch beruvchi 9 ta omil

O’ziga ishongan, haqiqatdan ham kuchli insonlarni maqsadga erishish uchun ortiqcha harakatlar ajratib turmaydi. Murakkab vaziyatlardan baland ko’tarilgan bosh bilan chiqish, shuningdek kam yo’qotib, ko’p foyda olish qobiliyati asosan hayotga bo’lgan aniq nigoh va sodir bo’layotgan voqealarga nisbatan munosabatlarga bog’liq....

Turli xil rangdagi egizaklar

Bu ikki bola bir-biriga o'xshamaydi, lekin ular o'rtasida o'ziga xos munosabatlar o'rnatildi. Ko'pchilik dastlab bu o'g'il va qizlarning egizak ekanligiga ishonishmaydi. Bunday tabiat injiqligi haqiqatan ham sehrli ko'rinadi......

Qor haqida 19 ta qiziqarli ma'lumotlar

Deyarli har qish faslida qor tevarak-atrofimizni o'rab oladi. Biz unga boqamiz, uni ustida yuramiz, zavqlanamiz, lekin kamdan-kam hollarda uning qanday ekanligini o'ylaymiz. Qor parchalari juda ham ajoyib… Bugun diyorimizda yoqqan ilk qor munosabati bilan u haqidagi bir qancha qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan o’rtoqlashamiz....

Turk seriallarining yulduzlari: Turkiyadagi eng mashhur chexralar

Turkiya qiziqarli va yuqori sifatli seriallar bilan mashhurdir. Muvaffaqiyatli rollar tufayli iste'dodli aktyorlar mamlakat tashqarisida ham taniqli bo'ldilar. Har yili ekranda yangi filmlar paydo bo'ladi, ularning ko'pi yuqori reyting va kassa bilan ajralib turadi......

Kayfiyatni ko’taramiz: Eng sara ichakuzdi latifalar

COVID-19 koronavirusi tarqalishini oldini olish maqsadida birinchi navbatda yaxshi kayfiyatda bo’lish tavsiya etiladi. Boisi ko’tarinki kayfiyat immunitetni yaxshilaydi. Biz eng sara latifalardan bir qanchasini siz uchun jamladik......

Kivi mevasining tarkibi, kelib chiqish tarixi va nomlanishi haqidagi ma’lumotlar

Bugungi kunda bozor rastalarini to’ldirib turuvchi kivi mevasining vatani, kelib chiqishi ko’pchillikka qiziq bo’lsa kerak. Quyidagi maqolamiz orqali ta’mi biroz duvuchani eslatadigan kivi haqida o’zingiz uchun qiziqarli ma’lumotlarni olasiz, degan umiddamiz......

Karantin paytida tayyorlangan 22 nafar eng noyob himoyalanish niqoblari

COVID-2019 pandemiyasi xukm surayotgan bugungi kunda har birimizda koronavirusdan himoyalanish uchun hech bo‘lmasa bitta tibbiy niqob bor. Ha, bu davr talabi. Biroq, andozaviy tibbiy niqob ta’bini juda tor doira bilan chegaralab qo‘yishini tan olmay, hatto shu og‘ir kunlarda ham o‘ziga xosligini yo‘qotishni istamagan kishilar o‘z qo‘llari bilan...

Qizil rangli lab bo’yog’i kimlarga yarashadi?

Odatda qizil tusli lab bo’yog’ini bachkanalik deya hisoblashadi. Ammo bu fikrni hato ekanligini hatto jahon tendensiyalari tasdiqlaydi. Bu atrofdagilar e’tiborini jalb qiluvchi rang, shu bois bunday yorqin rangli lab bo’yog’i bilan nimani moslab kiyish, nimani esa kiyish mumkin emasligini bilib olish lozim....

Qaysi sabzavot va ichimliklar chanqoqbosdi sanaladi?

Yaxshi ko’rinishga ega bo’lish va o’zingizni a’lo darajada his qilishingiz uchun ko’proq suyuqlik iching......

Fikr qo'shish