Sarvar va Komil - Ayol

Sarvar va Komil - Ayol
Sarvar va Komil - Ayol

Sarvar va Komil - Ayol Текст песни


Mehrdan yaralgan bog’ning bekasi,
Erta tong yarqiragan quyosh erkasi,
Sen baxt dunyosisan, mehr daryosi,
Hayot osmonining yulduzisan – ayol.

Muruvvat olamining shoxi sendadir,
Dunyo go’zalligi, baxti sendadir,
Gohi tog’dek bardosh, gohi sen qalbi quyosh,
Sabr-matonatning ko’zisan – ayol.
Baxtimsan sen ayol, g’ururimsan ayol.

Ayol bahor kabi yashnagin sen, ayol,
Ayol muqaddassan, poksan sen ayol,
Ayol – mening onam, ayol – mening singlim,
Ayol – mening sevgilim. (x2)

Azaldan bu dunyoning bori sendandir,
Azaldan bu hayotning baxti sendadir.
Kuylar nolasida sen, qalbimizning qo’rida,
Munavvar tonglarning kunduzisan – ayol.

Goh bedor allalarning suyanchi o’zingsan,
Gohida yolg’izlikning sog’inchi o’zingsan.
Gohi sen umr yo’ldosh, gohi mehribon ona,
Ko’ksimga boshin qo’ygan singlimsan ayol.
Baxtimsan sen ayol, g’ururimsan ayol.

Ayol bahor kabi yashnagin sen, ayol,
Ayol muqaddassan, poksan sen ayol,
Ayol – mening onam, ayol – mening singlim,
Ayol – mening sevgilim. (x2)

Ayol…




Manzura - Seni-seni

Seni, seni, seni, Sening so’zing yolg’on. Seni, seni, seni, Birgina visol....

SanJay - Karvon

Karvon ko`rdim, tuyalari bo`zlab kelar, Nor tuyada mening yorim rosa yig`lab kelar. Menga bergan va’dalari esdan chiqib, Ostonasi tillo yurtin ko`zlab kelar. (x2)...

Botir Qodirov - Sen o’zing

Jonimning porasisan, Xayolimning chorasisan, (x2) Dilimning ovorasisan Sen o‘zing, sen o‘zing....

Vohid Abdulhakim - Yomg’ir

(Bir nafaslik yo’l ekan ikki dunyo orasi, Ko’z o’ngimdan hech ketmas ko’zlaringni qorasi. Kuz yaprog’i singari xazonlarga aylanding, Qiyomatga qoldi-mi, endi diydor chorasi)...

Muhriddin Xoliqov - Komila qiz

Erkam, seni erkalayin, qochmagil,  Suluvsanki, sirlaring ko’p ochmagil. (x2)  Jilva bilan boqishlaring jonim oldi, jon oldi,  Kulib kiprik qoqishlaring yuragimga o’t soldi....

Komiljon Otaniyozov - Yor qaro ko'zlaring (Na tilar mandan)

Panjaradan moyil-moyil boqar yor, Yor, qaro ko‘zlaring na tilar mandan? Shirin jonim ishq o‘tina yoqar yor, Yor, qaro ko‘zlaring na tilar mandan? Jonim, qaro ko‘zlaring na tilar mandan?...

Samandar Hamroqulov feat. Radius 21 - Arzanda

[Radius 21] Ko`rmaganda seni bosh og`rig`im yo`q edi, Ko`zlaring tuzoq ediyu dilim bedor edi. Yuragimdan urib qolasan, bilmayin qoldim,...

Janob Rasul - Do’st

Hayotda shunday do`stlar bo`larkan, Yoningda do`stga o`xshab turarkan. Yuzingga kulib turgani bilan, Ortingdan seni g`iybat qilarkan....

Oxunjon Madaliyev - Yig’ladim

Yurakning bir bandi uzilgan kecha, Asrlar singari cho’zilgan kecha, (x2) Chimildiq ichida sening o’rningda O’zga bir kelinchak suzilgan kecha,...

Mansurxon Nurmatov - Yor-yor

Ushalmagan orzularim Bag’rim tilar yor-yor, Ishq dardida kuyganlarim Kim ham bilar yor-yor? (x2)...

Fikr qo'shish