Ummon - Azob

Ummon - Azob
Ummon - Azob

Ummon - Azob Текст песни


Gapirma jim, o’z ko’zlarim bilan ko’rdim,
 Yo’limdan qoch, hammasidan to’yib ketdim.
 Necha bora xiyonat, lekin kechiraverardim
 Sevganim sabab, meni unut bugundan boshlab.
Ketarman, lekin nimadir mani ortimga tortar,
 Lek ishonaman, bir kun yurak uni unutar.
 Hayotda xatoyim bo’ldi man sani uchratganim,
 Undanam battari bo’ldi sani sevib qolganim.
Lekin to’lib qolgan sabr kosam,
 Ketaman izlab yordam, yuragim to’xtab bo’lgan.
 Qo’llarim ko’ksimga qo’ysam – olsam,
 Qo’llarim qon, o’sha qonda ham sening visoling namoyon.
Endi yuragim urmasa, kimga ham kerakman?
 Yuragim san bilan qoldi, sanga kerakmasman.
 O’zi kerak bo’lganmi bu dunyoda bir zum,
 A hech bo’lmasa, sog’inganmiding mani bir kun?
Ko’zlarim xiralashdi, yuragim umuman yo’q,
 Astalab kun botardi, orqaga esa yo’l yo’q.
 Ko’chada qish kunlari, manga yomon sovuq,
 Shunda ham sani eslardim, sanga qizig’i yo’q!
Sanga qizig’i bo’lmasa, kimga qizig’i bor,
 Axir sandan ortiq bu dunyoda mani kimim bor?
 San ham mendan voz kechding, endi menda hech yo’q,
 Mani uyqum keladi, lekin ko’chada sovuq.
Agar xozir uxlasam, uyg’onmasligim tayin,
 Ko’karib ketdi lablarim chidayolmadim.
 Ko’zlarim yumildi, yaxlab qolgan kipriklarim,
 Bir-biriga ulandi, hammasi bugun tugadi.
Ko’zlarim ochilganda qandaydir xonadonda yotardim bir o’zim,
 Chamasi yarim soatdan keyin kirib keldi begona insonlar.
 Lekin mehrga to’la ko’zlar, mani asrab qoldi 18 yoshli go’zal,
 Oradan o’tardi kunlar, lekin mani qiynardi hamon o’sha o’ylar.
 Hatto begona insonchalik bo’lolmading menga,
 Shu begona insonlar malham bo’ldi dardimga.
18 yoshli qiz tuyg’usi mani uyg’otdi,
 Agar shu qiz bo’lmaganda borardim qayoqga?
 Mehribon ekan, qutqardi mani o’limdan,
 O’sha kuni baxt uchradi manzili yo’q yo’ldan.
Astalab sekin unga tushdi ko’nglim,
 Unga berdim mehrim, lek yuragim berolmadim.
 Chunki o’sha ayanchli kun yurak qoldi senda,
 Azob-u uqubatdan ortiq ne qoldi menda?
Lekin esingdan chiqarma – bir kun kelib boraman,
 Sanda qolib ketgan yuragim qaytib olaman.
 Sani oshiqlaringdan endi mani kamim yo’q,
 Manda mashina bor, kiyim-kechaklarim ko’p.
Axir senga yoqmasmidi kimda mashina bo’lsa,
 Kimda kiyimlari ko’p, har kuni almashtirsa?
 O’sha payt man netay, sharoitim bo’lmagan,
 Axir sen emasmiding mani shu ko’yga solgan?
Bugun kun botib, sani oldingga boraman,
 Sanda qolib ketgan yuragim qaytib olaman.
 Yaqinlashganim sari san tomonga
 Ich-ichimdan to’lib ketdim negadir hayajonga.
Eshik oldida turib, ozgina shoshilmadim,
 Avval uying atrofiga nazarimni tashladim.
 Hammayoq isqirt edi, umuman qaralmagan,
 Bu yerda xalovat tugab, yovuzlik hukm surgan.
O’ylanib qoldimda, so’ngra bosdim tugmani,
 U esa chiqib keldi, ko’zlarida yoshlari.
 Yoshini ko’rib, ichimdan suyunib ketdim,
 Axir mani ahvolimga u achinmagan edi.
O’ylab ko’rsam manga u yurakning keragi yo’q,
 Manda boshqa yurak, manga o’sha yurak kerak.
 Sanda qolib ketganini esa o’zingga olib qo’y,
 Unga sandan boshqa hech kim sig’maydi bilib qo’y.
Keyin chiqib ketdim, ortimni o’girib,
 U esa ortimdan chiqdi yalinib-yolvorib.
 Lekin sani kechirmayman bu dunyoda hech qachon,
 Axir sani sevganimda ketding mani o’ldirib.
Gapirma jim, o’z ko’zlarim bilan ko’rdim,
 Yo’limdan qoch, hammasidan to’yib ketdim.
 Necha bora xiyonat, lekin kechiraverardim
 Sevganim sabab, meni unut bugundan boshlab. (x2)
 Gapirma, gapirma jim…

Sarvar va Komil - Ayol

Mehrdan yaralgan bog’ning bekasi, Erta tong yarqiragan quyosh erkasi, Sen baxt dunyosisan, mehr daryosi, Hayot osmonining yulduzisan – ayol....

Gulsanam Mamazoitova - Kelsa qoshingga

Kelsa qoshingga agar kim, hojatin ayla ravo, {x2} Barchani sen birdayin ko`r, dema u shoh, bu gado. {x2} Davrada ko`rsatma to`rni zarchoponiga qarab, Bilmagaysan qay birisin xush ko`rib, suygay Xudo. {x2}...

Sayyod va Hayot - Kerakmas

Seni sog‘inib, og‘rinardi bu dil, Sen tomon talpinardi ko‘ngil. Endi seni so‘ramas, O‘zgacha oladi nafas....

Dildora Niyozova - Dard

O‘tar oylar, o‘tar yil, Hanuz ko‘nikmas ko‘ngil. Har kun aytar so‘zlaring, Unutolmaydi bu dil. Mehr bergan ko‘zlaring, Farzandimda nigohing ko‘rib, ovunmoqdaman....

Dilso'z - Yuragim yig’lar

Nima qilay, qalbingga sig`madim, Tunlari yig`ladim, yig`ladim, nega yo`qsan? Bilmay senga ko`nglimni bog`ladim, Qalbimda bir ohsan, yonimda yo`qsan,...

Anora - Qalbim seni sog’inar

Qalbim seni sog’inar, Marjondek sochilar, Yulduz bo’lib osmonga Zor kechalar....

Yulduz Usmonova - Qora ko’zim

Hech kimsa bilmas – Bilib-bilib sevdim seni o‘zim. Xuddi layloday, To‘la-to‘la sevdim-yey, chin so‘zim. Nahot ko‘rmaysan? Yonib-yonib sevdim, Qora ko‘zim, ohu ko‘zligim....

Gulzoda Xudoynazarova - Dunyo

Yolg‘on ishlaringdan, dunyo, Charchadi bu yurak. Rosting bo‘lmasa, insonlar Bo‘lolmas terak. (x2)...

Mohim - Yor bo’lay

Daraxtlardan barglar to’kilsa behol,  Seni jonim, sevganim kelmasin malol.  Bilaman men umrim o’tadi bekor,  Sensiz o’tgan qancha tunlarim bedor....

Hulkar Abdullayeva - Paqa-paq

Xorazmning ajoyib o`yini bu paqa-paq, {x2} Qizdiradi bayram-u to`yini bu paqa-paq. {x2} Paqa-paq, paqa-paq, qizdiradi paqa-paq, hey! Paqa-paq, paqa-paq, hey, o`ynatadi paqa-paq....

Fikr qo'shish