Ortiq Otajonov - Boshqacha

Ortiq Otajonov - Boshqacha

Hijronida o’rtaganmi sizni ishq,
 Na kuylara solmas yigit-qizni ishq. (x2)
 Hech bir oshiq sevgisiga o’xshamas,
 Saodatli, sadoqatli bizni ishq. (x2)
O’ynab-kulib muhabbatning o’tida,
 Ikkimizning yonganimiz boshqacha.
 Ishq o’ynashib lablarimiz bolidan
 Xumor-xumor qonganimiz boshqacha. (x2)
Hayrat ila izlarimizdan boqib,
 Rashk o’tida dog’da qoldi shum raqib. (x2)
 Yuring, sayr etaylik chamanlar ko’rkin,
 Chakkangizga qizil gullardan taqib. (x2)
O’ynab-kulib muhabbatning o’tida,
 Ikkimizning yonganimiz boshqacha.
 Ishq o’ynashib lablarimiz bolidan
 Xumor-xumor qonganimiz boshqacha. (x2)
Bandaning bo’lmagay ishqda xatosi,
 Daryo bo’lib, toshsin mehru vafosi.
 Muhabbatdan to’ymas oshiq Erkinga
 Rohat berar hatto yorning jafosi.
Muhabbatdan to’ymas oshiq Erkinga
 Rohat berar hatto yorning jafosi.
O’ynab-kulib muhabbatning o’tida,
 Ikkimizning yonganimiz boshqacha.
 Ishq o’ynashib lablarimiz bolidan
 Xumor-xumor qonganimiz boshqacha. (x2)
Xumor-xumor qonganimiz boshqacha. (x2)

Fikr qo'shish