O'lmas Olloberganov - Onam

O'lmas Olloberganov - Onam
O'lmas Olloberganov - Onam

O'lmas Olloberganov - Onam Текст песни


Yomg’ir bo’lib yig’lar onam,
 Iztiroblardan dodlasam.
 Netay to’lmoqda paymonam,
 Onam ro’molin hidlasam. (x2)
Yolg’iz suyanchig’im onam,
 Boshqa hech kimim yo’q edi.
 Boshimni silar yagonam,
 Borida ko’nglim to’q edi.
Shamol bo’lib esar onam,
 Dardga chidolmay oh ursam.
 Onamga hamroh ostonam,

 Namli ko’zlarimga surtsam.
Onam, onam,
 Ne kunlarni ko’rmagan onam.
 Onam, onam,
 Sabrligim, mo’minim onam.
Qancha g’amni ko’rgan onam,
 Men deb bo’ldi umri xazon.
 Kulib silardi peshonam,
 Qayda endi u mehribon?
Xazin kuyday yangrar onam,
 Bu azoblardan ingrasam.
 Chaqirsaydi deb “bolam”,
 Zora tushimda tinglasam.
Xayolimda tirik onam,
 Uyga kiraman shoshilib.
 Huvillab qolgan koshonam,
 Yig’layman unga qo’shilib.
Ko’z yosh bo’lib oqar onam,
 Yuzlarim silaganday.
 Netay to’lmoqda paymonam,
 Yig’lamasdan yashay qanday? {x2}
Onam, onam,
 Bo’ylaringdan o’rgilay, onam.
 Onam, onam,
 Ko’zlaringdan o’rgilay, onam. (x2)
 Onam…

Surxon guruhi - Sumalak

Bahor shamoli yelib, Navro’zoy kelib qoldi. (x2) Doshqozonda sumalak Vaqirlab pishib qoldi. (x2)...

Asqar Ashurmatov - Madinam

Azobingda adoman sani, Bunchalaram qiynama mani. Azobingda adoman sani, O`sha shirin va’dalar qani?...

Shohruhxon - Gulim

Gulim, gulim, gulim, o, Gulim, gulim, atirgulim-o. (x2) Parvo ayla, ko‘zlari shahlo, Oshig‘u-gado bo‘ldim ko‘yingda, Yor, bo‘ldimku ado....

Bahriddin Zuhriddinov - Arazchim

Arazchim, o‘tasan indamay, Arazchim, ketasan indamay. Ayt, nega bunchalar qiynading, Kulib-kulmay, dardim bilmay? (x2)...

Kumush Razzoqova - Yomg’ir

Qiynaladi oftobni kutib,  Yomg’irlardan charchagan shahar.  Uxlab qolding yig’lab, qon yutib,  Ko’ringanda ufqda sahar....

Xurshid Rasulov - Do’st

Ruhimga shom cho`kib, barg uzilganda, {x2} Turnalar munchoqdek saf tizilganda, Bir dardkash topolmay, dil ezilganda Men seni Xudodan tilab oldim, do`st, Gohida pinhona yig`lab oldim, do`st....

Botir Qodirov - So’nggi nafasgacha

Sevarman bir o‘zingni, jonim olgan ko‘zingni, Unutmay hech so‘zingni so‘nggi nafasgacha. (x2) Bir sen deb yonar dilim, isming takrorlar tilim, Yuragimdasan gulim so‘nggi nafasgacha. (x2)...

Yulduz Usmonova - Uchmoqdaman

Uchmoqdaman… (x2) Talpinganim bir umr Qafassiz hayot edi, Topmoqlik qanot edi....

Shahzoda - Senga atayman

Tunu-kunim uzundan-uzundir, Sog’inchim sensiz mahzundir. Qanday senga sevgim aytay, Yuragim beray?...

Abdurashid Yo'ldoshev - Muhabbatmikan

Boshimga tushdi savdo, Muhabbatmikan, o muhabbatmikan? Bir qarashda ming ma’no, Muhabbatmikan, o muhabbatmikan? (x2)...

Fikr qo'shish