Manzura - Kelin

Manzura - Kelin

Oppoq libos yaltiraydi,
Ikki qo’lim qaltiraydi,
Yonimdagi baxtli yigit
Sevolmayman – hech bilmaydi.
Erkalaydi so’zlar bilan,
Lekin menga yoqmas aslo.
Ayrildim-ku men baxtimdan,
Nahot shunday yolg’on dunyo?
Qanday uni yorim deyman,
Qanday uni zorim deyman?
Axir uni sevolmayman,
Qanday qilib jonim deyman?
Qalbim yonib yig’laydi,
Dardim hech kim bilolmaydi.
Sevgi to’la baxtli kunlar
Endi qaytib kelolmaydi.
Olisga qochgim kelar,
Endi qaytib bo’lmaydi hech.
Yorim bo’lsa ham yonimda,
Yolg’izdekman kun va tun man.
Qanday uni yorim deyman,
Qanday uni zorim deyman?
To’kiladi ko’zda yoshim,
Ayrilamiz endi biz.
Tugab bo’ldi dilda sabrim,
Zor yashaymiz endi biz.
O’zim sevmas yigit bilan
Chimildiqqa kirdim yonib,
Yuragimda zor yig’laydi
Muhabbatim yolg’iz qolib.
Axir uni sevmaymanku,
Qalbimga u begonaku,
Dardimni u bilmaydiku,
Sevganimdan ayrildimku.
Qanday uni yorim deyman,
Qanday uni zorim deyman?
Axir uni sevolmayman,
Qanday qilib jonim deyman?
Qanday uni yorim deyman,
Qanday uni zorim deyman?

Fikr qo'shish