Ozodbek Nazarbekov feat. Iroda Iskandarova - Gapim

Ozodbek Nazarbekov feat. Iroda Iskandarova - Gapim

[Iroda Iskandarova]
Keng ko’chalar kezasiz,
Chang ko’chalar kezasiz,
Bizning ko’chadan o’tmay,
Yurak bag’rim ezasiz. (x2)
Aka, sizda gapim bor,
Dilni etmang muncha zor. (x2)
[Ozodbek Nazarbekov]
Boray desam, or deding,
Keting, yorim bor deding. (x2)
Menku har kun o’tardim,
Ko’cham sizga tor deding.
Suluv, senda gapim bor,
Bo’lgin menga nozli yor. (x2)
[Iroda Iskandarova]
Oqshom aylab kunduzni,
Ko’kdan ilib yulduzni, (x2)
Qo’ydingiz chandiq etib,
Qulog’in necha qizni.
Aka, sizda gapim bor,
Dilni etmang muncha zor. (x2)
[Ozodbek Nazarbekov]
Aytganim qo’shiq edi,
Yolg’onu yashiq edi,
Ko’ngil esa aslida
Bir senga oshiq edi.
Suluv, senda gapim bor,
Bo’lgin menga nozli yor. (x2)
[Iroda Iskandarova]
Kelsangiz izim bilan,
Kutay bol so’zim bilan.
Chang bo’lmasin deb ko’cham,
Suv sepay ko’zim bilan.
Aka, sizda gapim bor,
Dilni etmang muncha zor. (x2)
[Ozodbek Nazarbekov]
Qo’lingni ushlab qo’yay,
Dilingni xushlab qo’yay, (x2)
Hechdan ko’ra kech, jonim,
Qulog’ing tishlab qo’yay.
[Iroda Iskandarova]
Aka, sizda ixtiyor,
Mayli bo’lay nozli yor.
[Ozodbek Nazarbekov]
Suluv, etma intizor,
Yorim bo’lgin vafodor.

Fikr qo'shish