Qiz, yigit va ota» hangomasi

Qiz, yigit va ota» hangomasi

Qobulda kitob sotadigan bir qiz do'koniga sevgilisi kelganini ko'radi. Shu payt qizning otasi ham yonida edi. Qiz sevgilisiga qarab otasi tushunmaydigan usulda so'z qotibdi:
— Og'a, siz nemis yozuvchisi Yorg Danielning «Otang uydami?» kitobini olishga keldingiz shekilli-a?
Yigit:
— Yo'q, men ingliz yozuvchisi Tomas Munisning «Seni qaerda ko'rishim mumkin?» kitobini olishga kelgandim.
Qiz:
— U kitob qolmagan, lekin, amerikalik yozuvchi Patrice Olferning «Olma daraxtlarining ostida» kitobini tavsiya qilishim mumkin.
Yigit:
— Juda yaxshi. Belgiyalik yozuvchi Jean Barnerning «5 daqiqadan keyin qo'ng'iroq qilaman» kitobi ham kerak edi, topib bera olasizlarmi?
Qiz:
— Albatta. Bundan tashqari sizga fransuz yozuvchisi Mishel Danielning «Aslo yolg'izlatmayman» kitobini ham tavsiya qilaman.
Bu suhbatni eshitib turgan otasi qizidan so'rabdi:
— Buncha kitob ko'plik qilmasmikin, hammasini o'qirmikin bu bola?
Qiz:
— Ha, otajon. U judayam aqlli bola, hammasini o'qiydi.
Ota:
— Mening go'zal qizim, unday bo'lsa, shu yigitga Gollandiyalik yozuvchi Frank Martinisning «Men ahmoq emasman» kitobini ham tavsiya qil. Keyin, o'zing ham rus yozuvchisi Muris Istankovichning «Amakingning o'g'liga turmushga chiqishga tayyorlan» kitobini albatta o'qib chiqqin!..

Fikr qo'shish