QARI EShAK MONOLOGI (hajviya)

QARI EShAK MONOLOGI (hajviya)
QARI EShAK MONOLOGI (hajviya)


Biz eshaklar ko'p yashamaymiz. Shunga qaramay, umrimning teng yarmini xo'jayinga bag'ishladim. Halol xizmat qildim. Hali somon, hali pichan, hali o'tin tashidim. Bu ham yetmagandek, tez-tez xo'jayin meni minib qishloq aylanardi. Biqinimga turtar, tezlashmasam, qamchin bilan savalab qolardi. Qishloq kraniga suv kelmasayam men balogardon edim. Shundog'am yag'ir yelkamga ikki-uch-to'rttalab suv to'la bidonni ortishardi. Chidardim…
Baribir obro', qadr topmadim.
Meniyam alqang, xo'jayin!
Og'ilxona katta. To'rda ayg'ir, ikki yonda yelini yerni supurguday to'rt sigir turardi. Menga esa burchakdan, og'ilxonaning eng qorong'i, zax yeridan joy ajratishgan. Qur-qur xo'jayin og'ilxonaga kirib kelardi-da, hammamizni bir-bir ko'zdan o'tazardi. Sigirlardan, ayg'irdan hol so'rardi. Mendan bo'lsa hech narsa so'ramasdi. Hatto bir marta qarab ham qo'ymasdi.
Indamasdim. Nafas olishga-da qo'rqib tek, boshimni quyib solgancha turaverardim.
Xo'jayin eng avvalo ayg'irning yollarini silab erkalardi. «O'zimning tulporim» deya alqardi. Dumingni allakimlarning sochiga o'xshab qirqtirib gijinglamay o'lgur hezalak ayg'ir bir ishshayardi, bir ishshayardi… Alamimdan hangrab yuboray derdim. Ilojim qancha? Dardimni ichimga yutardim-u, sukut saqlardim. Nima foyda? Hangraganim bilan baribir xo'jayin quloq solmaydi. Juda bo'lmaganda, mana shu ayg'ir-u, yelini yer supurguday sigirlarning aytgani bo'ladi…
Cho'g'dek qizil pocha po'stin
Sovg'a olish kimga yoqmaydi. Ammo o'ylab qarasam, shuncha yil xo'jayinga halol xizmat qilib biror marta yangi to'qim, yo hech qursa arqonga ega chiqmabman. Indamasdim, zamon zayliga yo'yib qo'ya qolardim. Biroq kuni kecha xo'jayin qo'lida cho'g'day qip-qizil yopinchiq bilan kelayotganini ko'rib qoldim. Xursandligimdan hangrab yuborganimni sezmay qoldim. Afsuski, tarvuzim tag'in qo'limdan tushdi. Bu chopon ayg'irga ekan. Xo'jayin yopinchiqni, jaydariroq qilib aytganda, o'sha pocha po'stinni ayg'irning ustiga yopdi-da, beliga erkalab shapatilab-shapatilab qo'ydi. Bu gal endi alamga chidolmay cho'zib-cho'zib hangradim. Kaltafahmlik qursin! Bu hangrashim boshimga balo bo'ldi. Xo'jayin qo'liga qamchi oldi-da, «Muncha hangrading? Shuncha yeysan, ichasan, baribir shukr qilmaysanmi, yaramas xachir?» degancha savalab qoldi. Savalashi-ku, mayli, bunaqangi turtkilar, kaltaklarni yeyaverib etim qotib ketgan. Xachir deb haqoratlagani o'tib ketdi. Boshimni eggancha «Fr-fr-fr-fr» lab og'ir-og'ir xo'rsindim.

Biz eshaklar haqorat, minnat eshitish, kaltak yeyish-u, eshakday ishlash uchun dunyoga kelgan ekanmiz-da!
Eshakdayam yurak bor
Menam erkakman. Sohibjamol eshakoylarning tovushini kerak bo'lsa ming chaqirimdan taniyman. Yuragim bezovta urib ular tomon talpinaman.
Kecha ham shunday bo'ldi. Huv o'sha ko'l bo'yida eshakoylarimdan birining o'zgacha nola bilan hangragani qulog'imga chalindi. Aniq payqadim. Jonon meni chorlayapti. Aksiga olgandek, noinsof xo'jayin arqonni oyog'imga boylab qo'ygan ekan. Shundayam ehtiros kuchlilik qildi. Ikki siltanib arqonni uzdim-u, jonon tomon chopa ketdim…
Hovliqmay men o'lay. Hali tillashishga, muhabbat izhor qilishga ulgurmay, ortimdan xo'jayin ayg'irni mingancha yetib bordi va meni qamchilay-qamchilay uyga haydab keldi. Jazoladi. Meni tunda yaydoq, o't-o'lan o'smaydigan yerga boylab qo'ydi.
Tungi shudring kallikka moyil terimni yuvib o'taverdi. Ko'z yoshlarimni yalay-yalay to'yib yig'ladim. To'g'ri-da, men kim bo'libman? Anavi sigirlariga o'xshab fermaga chopmayman, quturgan buqalarga ilakishib buzoqchalar tug'ib bermayman. Yoki gijinglagan hezalak ayg'iri kabi dumimni kestirmayman. Bo'lar-bo'lmasga kishnab, xushomad qilmayman. Chunki biz eshaklar jiddiy jonzotlarmiz. Dumimiz ham haligiday yo'g'on va dag'al, erkakcha dum. Aybimiz shu xolos…
Meniyam tish do'xtiriga olib boringlar!
Qarilik qursin. Keyingi kunlarda tishlarning mazasi qochgan. Yerdan ajriq tomirini uzib yeyolmaydigan bo'lib qoldim. Ahyon-ahyonda ustimdagi ins-jinslarni haydab solish ilinjida yerga dumalab-dumalab olardim. Hozir esa dumalashga dumalayman-u, turvolish muammo.
Xo'jayin ham so'nggi paytlarda yemdan qisyapti. Og'ilxonaga kiritmay qo'ydi. Qachon qarasa, dalaga boylab ketadi. Dalada qo'y-qo'zi, echki, buzoqlarning ishtaha bilan ajriq kemirayotganini ko'raman. Ularga qarab turib yoshligim yodimga tushadi. Yoshligimda qamchin va og'ir yukdan boshqasini ko'rmagan bo'lsam-da, baribir xotirlashga arzigulik voqealar bor. Agar o'sha yoshlik davrim qaytib qolsa, hozir manavi churvaqalarga ajriq tegmasdi. Shularni o'ylab turib, osmonga boqdim-da, xirillay-xirillay: «Xo'jayin, meniyam tish do'xtiriga olib boring!» deya hangradim. Zora ohlarim xo'jayinga yetsa-yu, insof qilsa!.. Hech bo'lmasa, qarigan chog'imda to'kilib bitayozgan, qolgan-qutganiyam pataklashgan yunglarimni bir marta silab, men yetimga taskin bersa!..
Tag'in bu gaplarimni birov-yarimga aytib qo'ymang-a, birodar! Hozir zamon qaltis. Oy chiqsayam, kun chiqsayam og'ilxonadagi ayg'irlarga bo'lyapti. Eshitib qolsa, xo'jayin meni bozorga olib borib sotvorishi, yoki sotish bilan qo'rqitishi, do'qlashi hech gapmas.
Axir, qari, tishlari kemshik, kal eshak kimgayam kerak?

Juma kuni masjiddagi kutilmagan xolat.

O'g'lim endi 5 yoshni qarshi oldi. Ammo ilm o'rganishga chanqog'i serob. Namoz o'qishni sevadi...  "Meni xam masjidga olib boring", dedi juma kuni tongda. Juda xam sevindim. Bolamga sevgim xar qachongidan oshdi.  Peshinga yaqin yo'lga, masjidga otlandik. O'g'limni elkamga ortib, yo'lda Saodat asriga oid rivoyatlarni aytib kelardim. Masjid...

Rasulullox ﷺ dedilar

 Rasulullox ﷺ dedilar: «Banda qiyomat kuni sarxisob qilinadigan birinchi amali – namozidir. Agar namoz saloxiyatli bo'lsa, darxaqiqat, najot topibdi va omad qozonibdi. Agar namoz barbod bo'lsa, darxaqiqat, muvaffaqqiyatsizlikka uchrabdi va ziyon ko'ribdi»....

Ayyor qiz

"Xavo namuncha sovuq bo'lmasa... Uff, shunchayam kuttiradimi?! Uyga borib olay, oyimga xam, ularga xam shu qilganlari uchun uch kun arazlamasammi?! Bo'ldi. Sabrim tugadi. Ketdim!”......

Meni ham izlasin kimdur, mayliga topolmasa ham..

Men yaxshi ko`raman yig`loqi qizni,  Kelgandan ketgancha ko`z yosh qilsa ham.  Ko`z yig`lab yupatar har birimizni,  Ko`z yoshdir ko`nglimga eng toza malham.....

Xolis niyat...

"Men Makka shahrida faqirona hayot kechirar edim. Bir kuni ko’chada hamyon topib oldim. Uyga kelib ochib qarsasam, ichidan bir shoda marvarid chiqid. Bunaqasini umrimda ko’rgan emasman. Qaytib ko’chaga chiqdim. ...

Hikoya: Xorlik badali

Kattagina hovli. Odmigina uy. Uydan chiqib, biroz yurgach, tomiri yerdan bo'rtib, har tarafga tarvaqaylab ketgan bobotutga ko'zingiz tushadi. Bobotutga biroz suyangan yog'och chorpoya, uning ustida uvadasi chiqqan ko'rpacha, bir xil hoshiyali kir yostiq. Ko'rpachaning chetida qariya ingrab yotibdi...

Sizga muhabbatning sirini ochaman!

— Insonlar orasidagi sevgi munosabatlari juda qo'rqinchli. Biz barchamiz kimlargadir sevgi izhor qilamiz. Tuyg'ular og'ushida bog'lanamiz va birdan nimadir sodir bo'ladi. Juda ko'p holatlarda o'sha nimadir arzimagan narsa. So'ng birdaniga bizning «yuksak muhabbatimiz», «chuqur ehtiromimiz» tugab qoladi....

Bardoshingiz yetsa o'qing!!

Salom adajon D: Salom. Qizim sanga nima bo'ldi nega ranging oqarib ketdi? Yaxshimisan? Q: Bilmadim o'qishta azgina toliqtim shekili.......

Jaxil ustida so'ralgan taloq

Bir kuni oilalik bir er, uyiga qaytishi bilan ayoli janjal ko‘tara boshladi. Janjal shu darajada avj oldiki, xatto ayol taloq so‘rashga o‘tdi. Jahl otiga minib olgan ayol, talog‘ini berishini so‘rashdan nariga o‘tmay qo‘ydi. Hech chora topmagan er, qog‘oz qalamni olib "Ha, men Faloniy o‘g‘li Falonchi, aqli hushim joyida, nima deyayotganimni yaxshi...

Hikoya: Yurakka sanchilgan so'z

Damir Sultonovich inqillagancha o'rnidan turarkan zalvorli gavdasining qo'zg'alishidan o'tirgan stuli og'ir g'ichirlab ketdi. U oq oralagan jingalak sochlarini qo'li bilan orqaga tarar ekan, chuqur ux tortib qo'ydi. Haqiqatan ham, keyingi paytlarda Damir Sultonovichni oyoq og'rig'i bezovta qilardi. Damir Sultonovich yoq-bu yoqdan suhbatlashib...

Fikr qo'shish