Shirin xurmo

Shirin xurmo
Shirin xurmo


Shaharning gavjum va sershovqin bozorlaridan biri.
Ustiga uyum-uyum xurmolar terilgan bozor rastasi.
O‘rtaliqdagi joylardan birida lab-lunjiga ayamay bo‘yoq chaplagan, qirq yoshlardagi to‘lagina juvon savdo qilmoqda. Qo‘li-qo‘liga tegmaydi. 
Xaridorlar biroz siyraklashgach juvon yonidagi sotuvchilar safiga kechagina qo‘shilgan odmiroq kiyingan tengqur ayolga yuzlandi.
— Xurmongizdan bitta tatib ko‘rsam bo‘ladimi?
U o‘ychan holatini buzmay tavakkal bir xurmoni olib uzatdi. 
— Yeb ko‘ring, judayam shirin.
Uning ovozi siniq eshitildi.
— Otingiz nima? — deb so‘radi u xurmoni ko‘ylagining yoqasiga artib ishtaha bilan tishlarkan, — mening otim Shohida.
— Meniki Hayotxon.
Hayotxon javob kutmay tez-tez gapirayotgan dugonasiga g‘alati qarab qo‘ydi.
— Siz qishloqdan kelganingizni yashirmas ekansiz...
— Nega yashirishim kerak?..
— Ayrimlar bor-da, shunaqa. O‘zini shaharlik qilib ko‘rsatgisi keladi. Lekin men unaqalarni bir qarashda ko‘zidan bilib olaman. 
Hayotxon indamadi. 
Ro‘parada to‘xtagan xaridorning og‘zidan so‘z kutib unga ilinj bilan qaradi.
— Shi-irin xurmo ekan, — dedi Shohida. 
U birinchi xurmoni paqqos tushirib. ikkinchisini qo‘lga olgandi. Hayotxonning indamay turganini eshitmagan gumon qilib gapini bir parda baland ovozda takrorladi.
— Xurmongiz shirin ekan. Kimdan oldingiz?
— O‘zimizniki...
— O‘zlaring ekkanmisizlar? — ishonqiramay so‘radi Shohida. — Rostdanmi?
— Ha, rost... 
— Qishloq joylar zo‘r-da! — dedi yana Shohida. — Men bir marta qishloqqa borganman. Aniqrog‘i, bir marta dalalarga chiqqanman. Bu menga judayam yoqadi. Sizgayam yoqsa kerak-a?
— Ha, — Hayotxon nima deyishni bilmay taraddudlandi. — Keng, tinch joylar...
— Agar imkonim bo‘lganda o‘sha yerlarga bosh olib ketardim. Keyin bu g‘ala-g‘ovur dunyosi bilan ishim bo‘lmasdi.
Rastada oluvchilar siyraklashib qolgandi. Ularning suhbati avjiga chiqdi. Hayotxon jag‘i-jag‘iga tegmay gapirayotgan Shohidaning fikrlarini bazo‘r ilg‘ab olardi.
— Ochiq-sochiq dalada bir o‘zim aylangim keladi. hech kim xalaqit bermasa... xayoling bo‘linmasa... Qo‘llaringni ikki yoqqa yozib yugursang... 

U qo‘llarini ikki yonga yozib turgan joyida o‘ng va chap tarafga burilib qo‘yardi. 
— Yugursang, yuguraversang... To‘xtamasang... 
Shohida bir narsani eslab qolgandi. U oxirgi so‘zni shodlik qiyofasidan hayrat holatiga o‘tib yarim ovozda aytdi. Hayotxon buni kutmagan edi, qalqib tushdi. 
— O‘shanda-chi... o‘shanda men eng chiroyli gulni o‘sha yerda ko‘rganman. Bir o‘zim aylanib yuruvdim. Botqoq joy bor ekan. O‘sha yerga bordim. Ko‘rsangiz, ko‘nglingiz ayniydi. Yaxshi joy emas ekan. Suvi sasib qolgan. Ko‘karib-mog‘orlab ketgan. Qamish-mamish, sho‘ra-mo‘ra bosgan. Lekin botqoqning chetida bir gul ochilgan. Gul yaprog‘i sal katta-da, qip-qizil... Borib hidladim. O‘tkir hidli gul ekan. Hidi dimog‘ni yoradi. Unaqa gul hech qaerda ochilmasa kerak. Hech qanaqa kino-minoda ko‘rsatilmaydi ham... Menga o‘shanaqa antiqa narsalar yoqadi. Qarang, chindan ham zo‘r-a?! Qarovsiz joyda chiroyli gul! Zo‘r-a!
Shohida hislarini aytib tugatolmasdi. U gapirish asnosida qo‘shnisining xurmosidan yeyishni ham to‘xtatmadi. Shohida savol nazari bilan Hayotxonga qaragancha beshinchi xurmoni paqqos tushirayotgandi.
— Xurmo ko‘nglimga uruvdi. Ko‘p yeganimdan shu kunlarda xurmoni og‘zimga solmagandim. Lekin bilmadim, bugun... sizniki shirin xurmo bo‘lgani uchun rosa yeyapman. qarang, manavisini danagi ham yo‘q! Tishingiz botmaydi. O‘ylanmasdan karsillatib tishlayverasiz! Bularingizni katta-katttaligini aytmaysizmi?! Qatorimizdagi boshqa xurmolarni qarang.To‘g‘rimizdagi xurmolar... — qo‘li bilan o‘sha tomonni ko‘rsatib: — Rangini ko‘ryapsizmi? Odamni tortmaydi. Hammasining ichida sizniki boshqacha...— Qarang, sizniki qizg‘ish, yaltiraydi. Xurmoning pishgani eziladi. Sizniki unchalik ezilmagan bo‘lsa ham rosa shirin! Shu paytgacha bunaqa xurmo yemagandim. 
Shohida Hayotxonga o‘z uyumidan xurmo olib uzatdi. 
— Mana buni yeb ko‘ring. Kecha maqtagan bozorchidan oluvdim. Yeng... darrov tishingizga tegadi. Bir marta yegandan keyin yana yegingiz kelmaydi. Serdanak, qattiq. Tishingizga tegadi. Molining kasalini egasi biladi-da! 
Shohida bu gaplarni to‘xtab-to‘xtab tanaffus bilan aytdi. Ora-orada xaridor bilan oldi-berdi qildi. Qizig‘i shunda ediki, Hayotxon hali biron kilo xurmo sotmagandi. Uning ro‘parasida to‘xtaganlar xurmoning narxini so‘rash bilan cheklanardi, xolos. Xurmolar ta’mi, ko‘rinishi, salmog‘iga yarasha arzon emasdi. 
Kech tushdi. 
— Bugun yaxshi savdo bo‘lmadi, — deya zorlandi Shohida. — Atigi o‘ttiz kilo xurmo ketibdi. Yaxshi emas... Bugun qudag‘aylarim keladi. Shu xurmongizdan besh kilo tortasiz. Manavi puli. Oling. Kechki savdongizni o‘zim qilay, shu bilan ochofatlik qilib yeganimga rozi bo‘lasiz. Qo‘lim yengil, o‘rgilay! 
— Xurmo sizdan aylansin...
Hayotxonning ovozi g‘o‘ldirab eshitildi. U chelakka xurmo solib no‘noqlik bilan tarozi pallalarini sozladi. 
— Necha kilo sotdingiz? Tugay deb qoldi-mi? —deb so‘radi Shohida.
Ular qo‘shnichiligining beshinchi kuni edi.
— Sizdan boshqa hech kim olmadi. Narxiniyam... narxini ham sag‘al tushirdim... baribir... 
— Xafa bo‘lmang, o‘rgilay. Sizning xurmolaringiz hammanikidan zo‘r! Bu bozorda bunaqasini topolmaysiz... sizning xurmolaringiz boylarniki... Ya’ni tishini asraydiganlarniki-da! Bu bozorga faqat past... anaqalar keladi. Unaqalar sizning xurmolaringiz qadrini bilmaydi. O‘zi, aslida xato qilgansiz. Xurmolaringizni bu bozorga bekor olib kelgansiz! Huv, narida boylarning bozori bor! Sal yurganingizda... O‘sha yoqqa borganingizda... Omadingiz choparmidi. Ular chertib-chertib, saylab-saylab oladi. Ular saragini sarakka, puchagini puchakka ajrata olishadi-da. Bularingiz ichida shakari borday. Bular unaqasini qayoqdan ham bilsin. Mana men siznikidan yeb, tatib ko‘rib, yoningizda turib yaxshi bilib oldim. Haliyam kech emas. O‘sha bozorga boring, o‘rgilay. Sizning joyingiz o‘sha yerda!
Hayotxon o‘ylanib qoldi. 
Izg‘irin oqshom boshlangandi. Unda tuni bilan o‘ylab olish imkoni bor edi. O‘ylab bir qarorga kelish uchun bir necha tun ortda qoldi. Ammo nedir mujda kutib Hayotxon shu bozorda qoldi. Ketishga jur’at qilmadi. 
Ikkinchi haftaning oxirlarida Hayotxon Shohidaning o‘kinchli so‘rog‘ini eshitib tovonigacha muzlab ketdi:
— Ellik kilo xurmoni haliyam sotib tugatolmadingizmi? Aytuvdim-a?!

Hikoya: Yurakka sanchilgan so'z

Damir Sultonovich inqillagancha o'rnidan turarkan zalvorli gavdasining qo'zg'alishidan o'tirgan stuli og'ir g'ichirlab ketdi. U oq oralagan jingalak sochlarini qo'li bilan orqaga tarar ekan, chuqur ux tortib qo'ydi. Haqiqatan ham, keyingi paytlarda Damir Sultonovichni oyoq og'rig'i bezovta qilardi. Damir Sultonovich yoq-bu yoqdan suhbatlashib...

LAYLI VA MAJNUN» (hajviya)

Shvarsneggerning ukasi O'n to'qqizga kirgan qahramonim Madrayim judayam olis qishloqda yashaydi. Barvasta, tog'ni ursa tolqon qiladigan yigit. Yumushi bitta. Qishloq qo'ylarini boqadi....

Qizg’aldoq

Necha alplar To‘lg‘onoyga dirayalmay to‘lin oy bilan sirlashib kelayotgandi. Ularning barchasi ko‘ksini zax yerga, Turdixol esa qizini Mashi masxaraga berdi. Mashining muchali maymunligi boismi, bolaligidan daraxtga tirmashib yurardi. Elning og‘ziga shamol o‘ynatib Razzoq mirshab to‘yiga masxara olib keldi. Masxaralar Qizg‘aldoq darasiga dor...

G'aroyib hodisalar izidan: “POLTAVA JODUGARI…”

Shubhali yo'qotishlar Dastlab bahor oylarida Poltava yaqinidagi qishloqlarning birida Mariya Burova degan qiz izsiz g'oyib bo'ldi. Ota-onasining qidirmagan yeri qolmadi. Baxtga qarshi, qizning na tirigi, na o'ligini topishdi. ...

Oddiylik holati

Insonlar uchun ikkita holat bor, kulish va hafa bo'lish, aslida esa ular uchta, kulish, oddiylik, va hafa bo'lish, oddiylik holati haqida, siz oynaga qarab oddiy qarab turing, ko'proq hafa bo'lganga o'xshaydi-ya? ana shu tomoni yomon, insonlar davrasida oddiy holatda gapirmasdan tursang ular seni albatta ahmoq va kuchsiz deb o'ylashadi, aslida...

Men sevgan qiz foxisha ekan..

Kunlardan bir kuni uzoq safardan uyga qaytdim.Hamma xursand hamma meni qaytib kelganimni eshitib,uyimga yig'ilishib keldi ko'plab tabriklar eshitdim.Oradan 1-hafta o'tdi va uyda biroz dam olganimdan keyin,ko'chaga chiqib atrofni tomosha qilgim keldi.Yoshim 21-da ayni yigitlik chog'imda bundan 5-yil oldin bir qiz bilan tanishib,uni sevib qolgandim...

Juma kuni masjiddagi kutilmagan xolat.

O'g'lim endi 5 yoshni qarshi oldi. Ammo ilm o'rganishga chanqog'i serob. Namoz o'qishni sevadi...  "Meni xam masjidga olib boring", dedi juma kuni tongda. Juda xam sevindim. Bolamga sevgim xar qachongidan oshdi.  Peshinga yaqin yo'lga, masjidga otlandik. O'g'limni elkamga ortib, yo'lda Saodat asriga oid rivoyatlarni aytib kelardim. Masjid...

U sobiq xotini bilan topishib oldi, men esa befarzandman...

— To`rt yil avval sovchilar orqali turmushga chiqdim. Lekin turmush o`rtog`im bilan o`rtamizda mehr uyg`onmadi, farzandli ham bo`la olmadik va qaynonamning qistovlari bilan uch yil yashab, ajrashdik. Bir muddat o`tgach, oilasidan ajrashgan insondan sovchi keldi, rozilik bildirdim. Bu inson bilan atigi uch oy yashadik,...

Qong'iroq

Muhim ish yuzasidan uch kunga safarga chiqishimga to‘g‘ri keldi. Uylanganimga uch yil bo‘libdiki, ayolim va o‘g‘limdan uzoqda bo‘lishga o‘rganmagan, ulardan hech ham ayrilmagandim. Ular ham shunday......

Solix farzand

Xar birimiz farzandimiz solix bo'lishini orzu qilamiz. Bunga erishish uchun ancha ter to'kish kerak ekan. Avvalo ota sifatida o'zimiz solix bo'lishga xarakat qilishimiz kerak. Ya'ni farzanimizga saloxiyatda o'rnak bo'lishimiz lozim. Chunki farzand eshitganidan ko'ra, ko'rganiga ko'proq ergashadi. Bu xaqida ko'p voqealarni eshitganmiz. Bir...

Fikr qo'shish