O'zim aybdorman...

O'zim aybdorman...
O'zim aybdorman...


Xozir bolamning axvolini ko'rib, o'zimdan nafratlanib ketayapman. Pul, mol-dunyo, vaqtinchalik xuzur halovat deb, bir umrlik qiynoqqa duchor bo'ldim...
Yoshligimdan pulga muxtojlik sezmay o'sdim. Yeganim oldinda, yemaganim ortimda edi. Bilimli bo'lmasamda qo'limda hunarim bor edi. Maktabni bitirib bir sartaroshga shogird tushib, bu hunarning barcha sir - asrorlarini o'rgandim. So'ng o'zimiz yashaydigan mahalladagi go'zallik saloniga ishga kirdim. O'z ishimni haddan ortiq yaxshi ko'rardim, ertayu kech o'sha yerda edim. Hattoki uyda ham sartaroshlik qilar edim. Topganim o'zimga yetib ortardi. Bu hayot meni chunonam o'ziga bog'lab qo'ydiki, oila qurish hayolimga kelmas edi. Bu orada dadam menga go'zallik saloni ochib berdi. Endi mening qo'l ostimda bir nechta sartarosh qizlar ishlardi, ulatga ustozlik qilardim. Bu orada uyga sovchilar kela boshladi. Onam '' vaqti - soatida turmushga chiqish kerak, qizim. Keyin kech bo'ladi'' dedi. So'ng ota-onam menga ma'qul bo'lgan bir yigitning oilasiga rozilik berib yuborishdi. 
Unashtirilganimizga ko'p bo'lmay to'yimiz bo'ldi. Yangi hayot, yangi odamlar, boshqacha muxit meni boshida dovdratib qo'ydi. Aniqrog'i, men tarbiya topgan oiladan butkul boshqacha oilaga kelin bo'lib tushgandim. Hamma dilhiraliklar, to'ydan keyin boshlandi. Bilsam, bu oila faqat maoshga kun ko'rar ekan. Oziq-ovqattlarni maosh olganda g'amlab qo'yisharkan. Mening esa bunaqa sharoitga ko'nikishim amrimahol edi. Shu sabab to'y o'ygach, xafta o'tmay ishga chiqib kettim. Tabiiyki, bu ularga yoqmadi. Men esa istaganimni yeb, kiyadigan qiz bo'lganim uchun oldingi hayotga qaytmoqchi bo'ldim. Boshida turmush o'rtog'im qarshilik qildi: ''Gulzor, xech bo'lmasa bir oy ota-onamni xizmatini qil. Keyin chiqasan o'sha ishinga'' dedi, ammo men o'z bilganimdan qolmadim. Endi o'ylasam, o'shanda hayotga juda yengil qaragan ekanman. nahotki hamma narsani pul bilan o'lchadim? Keyin qizim tug'ildi. U tug'ulguncha ham bazo'r chidadim, ishlab turdim. Bolam tug'ilganiga ko'p bo'lmay, yana ishga chiqdim. Chunki menga, qizimga vitaminli ozuqalar olib kelishga ularda ortiqcha pul yo'q edi. Mening bundan jaxlim chiqardi.. Bitta oilani moddiy ta'minlay olmaydigan erimdan ko'nglim qolib ketti. Erim bilan shu haqda tinmay janjallashardik. Xullas, ahvol shu darajaga borib yettiki, men hammasini, hattoki qizimni ham tashlab chiqib kettim. Eh, o'shanda qizimni olib ketsam bo'larkan. O'z ishimni yaxshi ko'rib, pul va mol-dunyo uchum oilamdan, farzandimdan voz kechdim. Boshqa shaxarga ishlash uchun kettim. Yana turmush qurdim. Lekin farzandli bo'la olmadim.

Yaqinda qizimni ko'rgani kelin bo'lib tushgan o'sha mahallaga bordim. Ko'rib ko'zlarimga ishonmadim- qizim savdoyi bo'lib qolibdi. Qaynota-qaynonam menga achchiq qilib, unga umuman qaramay qo'yibdi. Axir o'z jigarini zurriyodi-ku? Nahotki rahmi kelmagan bo'lsa... Yaqin bir qo'shnim qizimning taqdiri haqida gapirib qoldi: ''Gulzaraxon yaxshi ish qilmadingiz o'shanda. Nahotki qizingizni ko'rgingiz kelmagan bo'lsa? Uni tashlab ketganingizdan keyin hech kim qaramay qo'ydi. U to'g'ri kelgan joyda, kim uyiga kiritsa o'sha yerda yotib yurdi. Bu yil yetti yoshga to'ldi. Maktabga ham olib boradigan odam yo'q. savdoyi bo'lib qolgan. O'ziga o'zi gapirib yuradi. Hamma sizni ayblaydi. Eringiz boshqaga uylanib bola-chaqali bo'lgan. Boshida u qizingizga qarab yurdi. Uylanganidan keyin o'zgardi. qizi borligi ham esidan chiqdi. Qaynota-qaynonangiz sizni yomonlab: ''o'shaning bolasida, ertaga onasiday bo'ladi'' deb parvo qilmasdi. O'shandan beri qizingiz bir axvolda yuradi'', dedi. Yuragim orqaga tortib ketti. Yetti yoshli qizcha yaxshi gapirolmaydi. Bundan ortiq daxshatli manzara bo'lmasa kerak? Bir paytlar qilgan ishimdan juda afsusdaman. Mol-dunyo o'tib ketarkan, sendan ea farzand va ularga berilgan chiroyli tarbiya qolishini juda kech tushunib yetdim. 

Kuchlikdan ham kuchli bor

Judayam chiroyli, qomatlari kelishgan yosh qiz kuchli, gavdali, navqiron yigit bilan ketayotgan edi. Ulardan oldinroqda, keksa, qaltiroq kasalga chalingan chol zo‘rg‘a gandiraklab yurib borardi....

Oppoqqina qushginam (hikoya)

Yolg‘iz qushni, irim qilib, otmas merganlar… Xalq dostonidan. Mustafo sevib uylandi. Harbiy xizmatdan yelkalari to‘lishib, muskullari shishib qayroqdek yigit bo‘lib qaytdiyu qishloqqizlarini birma-bir nazardan o‘tkaza boshladi. Uning lochin ko‘zlari shu yil o‘ninchini tugatgan Gulyuzda to‘xtadi......

Koʻk daftarning siri

Bu daftarni men toʻqimachilarning madaniyat saroyi oldidagi xiyobondan topib oldim. Bolalarning qishqi ta’tili boshlangan payt edi. Shaharning barcha maydonlaridagi kabi toʻqimachilar xiyobonida ham katta archa oʻrnatilib, xilma-xil oʻyinchoqlar bilan bezatilgan. Ertadan-kechgacha atrofidan bolalar arimaydi. Hatto, kechqurun ishdan qaytayotganimda...

Seni ham dadang olib bersin...

- Seni ham dadang olib bersin... Bu gap kichik Hadichaga qattiq tasir qildi. Qur’on kitobi yo‘qligi uchun o‘rtog‘ini Kitobini so‘rab turgandi....

ISHID (ИГИЛ) HAQIDA “KALLAKESAR…” NOMLI HAYOTIY HIKOYA (1-qism)

HAYDALISh Mehmonalining armiyadan kelganiga bir oy bo'lmay, go'yo boshi berk ko'chaga kirib qolgandek edi. Bolalikdan tepishib katta bo'lgan tog'asi Obid suvchi uylandi-yu, to'nini teskari kiyib oldi. Bir marta yangasining haqoratiga haqorat bilan javob qaytarganiga Mehmonalini hovlidan haydashga tushdi. Mahalla oqsoqoli Sulton buva, qishloqning...

Hikoya: Huvillab qolgan dunyo

Ba'zan ismimga e'tiroz bildirishadi. Xudoning ismi, oldiga Abdul qo'shib aytgin, deyishadi. Biroq menga bu ism boshqa maqsadda berilgan. Yetti oyda tug'ilganim uchun shifoxonada menga «Hech qancha yashamaydi, o'ladi», deb tashxis qo'yishgan. Hatto «Mehringiz tushib qolsa, bir umr unutolmay, iztirob chekib yashaysiz», deya otam qarindoshlariga meni...

Ikki dil — ikki olam

Erta tushgan kuz chappor gulzorni bosgan qorday bir dunyo tashvish keltirdi. Yalt-yult quyosh kuzak chechaklaridagi, kahrabo chiroyga gʻarq chinor barglaridagi shabnam — marvarid donalarni simirib ulgurganiyam yoʻq ediki, toʻsatdan jin shamol koʻtarildi-yu, qorabotir bulutlar koʻkda oʻrmalay ketdi. Kallai sahardan dala-bogʻimizni boshiga...

OTANING HIMMATI. QALB MAMLAKATI. 3 DIRHAMGA JANNAT SAVDOSI. 3 TA HIKOYA

OTANING HIMMATI Imom A’zam rahmatullohi alayhning oldilariga bir odam o’g’lini o’qishga olib kelgan ekan. 20 yil o’tibdi hamki, u tolib deyarli hech nimani o’rganmabdi. Abu Hanifa tolibning otasini chaqirib aytgan ekanlar:...

Onaning kozidagi yoshlar

Ona yig'ladi Farzandining bemexr ekanligidan, balki otasi bo'lganida bunchalik bemexr bo'lib o'smagan bo'larmidi... Kelinining narsalarni uvol qilayotganini o'gliga aytib o'g'lidan qattiq gap eshitdi.. Exx o'g'lim qani edi bu uvollikni xam u dunyoda javobi borligini bilsayding. ona qalban o'g'liga nimalardir dedi...Ertasi kuni o'g'il onasi bilan...

O'g'il Otaga bo'lgan mehri

Otasi qo'y go'shtidan tayyorlangan kabobni juda yahshi ko'rardi. Buni bilgan o'g'il U kishini yahshi bir oshhonaga olib boribdi... avvaliga OTA kabobini o'zi yeyishga harakat qilibdi... har safar ovqatini og'ziga olib borganida qariligi sababli qo'llari titrab taomi soqoliyu atrofiga to'kilibdi......

Fikr qo'shish