Taqdir

Taqdir

O'z sevgim oldida dardlarim firoq. 
Dardim aytolmayman men unga biroq. 
Vujudimni bosar qandaydir titroq. 
Nega uni menga uchratding taqdir.

Sevib sevilolmay kuymoq uchunmi. 
Xijron azobini tortmoq uchunmi. 
Bir umr armonda o'tmoq uchunmi. 
Nega uni menga uchratding taqdir.

Termulib qarasam ko'zlari ma'yus. 
Yuzida quvonchu nigohida kuz. 
Yuragim talpinar kechayu kunduz. 
Nega uni menga uchratting taqdir...

Fikr qo'shish