Kema - yangi va baxtli hayot boshlanishi belgisi. Tushda oltin yelkanli yoki boshqa bezaklari bor kemani ko'rish - tush ko'ruvchi yashayotgan mamlakatda baxtli davr boshlanganligi belgisidir. Oq yelkanli kemani tushda ko'rish - sizning mamlakatingiz hayoti shimoldagi qudratli va gullab-yashnayotgan davlat bilan uzluksiz bog'langandagina baxt keltirishini bildiradi. Qizil rangdagi kema tushga kirsa - bu baxt-saodatga erishish va farovonlikka yetish yo'lida turli to'qnashuvdan dalolat beradi. Eski, buzuq kemani tushda ko'rish - bu belgida baxt-saodatga ishonish bekordir, taqdirni boshqa mamlakat bilan bog'lash yoki ona-vatanda siyosiy vaziyatni o'zgartirish kerakligidan shohidlik beradi. Agar yonayotgan kema tushingizga kirsa - bu to'satdan tinchlikning buzilishi, urush e'lon qilinishi yoki kuchli tabiiy ofat tufayli tush ko'ruvchi yashayotgan mamlakatda uzoq, vaqt hayotning yomonlashishi, ko'p qayg'u va alam yetishining belgisidir. Kemaning portlaganini tush ko'rish - bu dunyo miqyosidagi halokatlar - koinot jismlari bilan to'qnashuv, ekologik tanglikning kelib chiqishini, yadro urushining ro'y berish alomatidir.
Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Tushda pul nima buladi. Tushingizda pul topib olsangiz – kichkina ko‘ngilsizlik, lekin katta bahtga. O‘zgarishlar kutiladi. Pul to‘lash — omadsizlikka. Tilla olish – katta yutuq va hursandchilikka. Pulni yo‘qotish – o‘zizni yomon his qilas va uy va ishda ko‘ngilsizliklar kutadi....
Tushda Gumbaz, qubba, ravoq ko'rsa U tushda ayol kishdir kim qubba ko'rsa yoki sotib olinsa, uylanadi. Kim uni buzsa, unung ayoli kasal bo'ladi va vafot qiladi. Agar u sog' bo'lsa uni taloq qiladi. Gumbaz, unga kirgan yoki egallab olgan kishi uchun mulk- saltanatdir. Kim tushida qubbalarni ko'rsa yoki qursa, bu uning shani ulug'ligi yoki qudrati...