Madat ber, Alloh

Madat ber, Alloh
Madat ber, Alloh


–Dada, oyim nimaga uyg‘onmayaptilar?
Jajji bolakayning savoli shundoq ham siqilib turgan dadasining yuragini ezdi. O‘g‘lini tizzasiga o‘tqazdi-da, peshonasidan o‘pdi.
–”O‘g‘lim oying, rosa charchagan. Endi bir-necha kun uxlab, yaxshilab dam olishi kerak”
Bolakay indamadi. Besh yoshli bolakay onasining og‘ir kasalligini ancha oldin fahmlagandi. Shifoxonaga dadasi ko‘rishga olib borganida, oyisi uni quchib rosa yig‘lagandi. Dadasi oying tuzalib ketadi, keyin shifoxonadan javob berishadi degandi. Oyisi uyga qaytganida, bola "oyim tuzalibdilar”, deya rosa sevingandi.
O‘y-hayollari o‘zidek sof murg‘ak bola oyisiga boshqa sababdan javob berib yuborishganlarini bilmasdi. Har kungidek o‘rniga yotarkan bolakay osmonga qarab qo‘lini cho‘zdi:
–Oyimni tuzalishiga yordam ber, Xudojon
Bir necha kun o‘tgach tunda uyg‘onib ketdi. Pildirab koridorga chiqdi. Dadasi balkonda sigaret chekib, kim bilandir telefonda gaplashardi. Bolakay dadasining hamma gaplariga ham tushunmadi-yu, shu gaplar orasidan operatsiya, katta pul degan jumlalarni ilg‘ay oldi.

Bir filmda ko‘rgandi. Operatsiyada doktorlar kasalni ukol qiladi, keyin u tuzalib ketadi.
–Oyimni ham ukol qilishsa sog‘ayib ketadilar, debo o‘yladi bolakay.
O‘rniga qaytib yotarkan, osmonga qarab yana qo‘lini cho‘zdi:
–Oyimni tuzalishiga katta pul ber, Xudojon
Onasining ahvoli kundan-kun yomonlashib borardi. U esa buni bilmasdi. U faqat dadasining o‘sha kungi gaplarini o‘ylardi: operatsiya…katta pul…
Oxirgi kunlar bolani oyisining yoniga kiritmay qo‘yishdi. U uyiga kelib-ketayotgan ko‘plab qarindoshlarni jimgina kuzatib o‘tirardi. Dadasi esa bolakayga pul tutardi:
–Ushla o‘g‘lim, borib muzqaymoq olib ye…
Bolakay onasining yaqinlari bilan vidolashyotganini tushunmasdi. Nihoyat uni chaqirishdi. Oyisining yoniga olib kirishdi. Ko‘zlari shishib ketgan, oppoq choyshab yopingan ko‘yi cho‘zilib yotgan oyisining yoniga keldi.
–Kel shirinim, oyisining hasta ovozi eshitildi, aqlli bola bo‘lyapsanmi bog‘chada?
–Ha, oyijon.
–Yaxshi o‘zimni toychog‘im…
–Oyi, endi tuzalib ketasizmi?
–Hm…, oyisi yig‘lab yubordi.
–Menga yana ertak aytib berasizmi?
–Hm…
–Sizni yaxshi ko‘raman…
Eh, bolakay… Oyisi bilan shunday so‘nggi marta gaplashib turganligini qayerdan ham bilardi u. Bog‘chadan kelganida uyidagi odamlarning ko‘pligidan hayron qoldi. Hamma bolakayni ko‘rib ko‘ziga yosh olardi.
–Ada oyim uyg‘ondilarmi?, dadasining yoniga kelib so‘radi u.
Dadasi cho‘kkalab o‘tirib o‘g‘lining ko‘zlariga boqdi:
–Oying endi uyg‘onmaydi bolam, keyin o‘g‘lini quchdi, oying bizni tashlab ketdi.
O‘g‘il yaxshi tushunmadi, cho‘ntagini shoshib kavladi-yu bir siqim buklanib ketgan pullarni chiqardi:
–Dada, doktorlarga ayting, oyimni ukol qilishsin, oyim tuzalib ketsa bo‘ldi, men bitta ham muzqaymoq yemayman, faqat ayting dada, oyimni tuzatib berishsin….
O‘g‘ilning peshonasidan o‘parkan dadasining ko‘z yoshlari uning yuziga tomchiladi…
Onasini ko‘mishdi.
Tun cho‘kkach o‘rniga yotarkan, bolakay osmonga qo‘lini cho‘zdi:
–Iltimos, oyimni menga qaytarib ber, Xudojon…

Asl baxt nimaligini bilasizmi?

Salom hurmatli saytdoshlar. Sizlarga o'z hayot yo'limdan ozgina hikoya qilmoqchiman. Hali maslahat berish yoshida bo'lmasam-da, o'zimdan 8-10 yosh kichik yoshlar xulosa chiqarib olsalar bo'ladi. Oilada uch o'g'ildan keyin tug'ilganman....

Ro'zaning mashru' qilinishi xaqida quyidagicha rivoyat bor

Ro'zaning mashru' qilinishi xaqida quyidagicha rivoyat bor:  Allox aqlni yaratib, unga: "Oldinga o'giril", dedi. U o'girildi. So'ng "Orqangga o'giril", dedi. Yana o'girildi. Keyin Allox: "Sen kimsan-u Men kimman?"...

Sabr...

Ularning turmush qurganiga o'n bir yil bo'ldi. Ularning oilasi juda xam axil! Lekin ollox ularga farzand bermadi... Bir kuni er ishdan chiqib ulfatlari bilan ichdi. Ulfatlar unga mast xolda juda ko'p gaplarni aytdilar......

Yaqinda musulmon bo'lgan bir yaxudiy xikoya qiladi

«Bir musulmon inson bilan sheriklikda ancha yillar tijorat bilan shug'ullandik. Ishimiz juda kattalashdi. Katta foydalar qildik. Vaqti kelib, ikkimiz ajralishga qaror qildik. O'rtadagi molimizni xisobladik. Ikkimizning ulushimiz aniq bo'ldi......

Niyatim amalga oshganidan afsusdaman

Yaratgan sizga farzand ato etadi, biroq uning jinsini siz rejalashtirolmaysiz, xatto u sog'lom tug'iladimi-yo'qmi, buniyam bilish mushkul masala. Atrofga nazar tashlab, butkul soppa-sog' odamlar xam nogiron, biron joyi kemtik farzandlar ko'rishganining guvoxi bo'lganman. Bunga balki qandaydir sabablarni ro'kach qilib ko'rsatish mumkindir (masalan,...

O'z manfaatini o'ylagan Shox

Qadim zamonlarda bir podshox o'z shaxrida masjid qurdirmoqchi bo'libdi. U masjidni qurishda xech kim na biror moli va na biror boshqa narsa bilan yordam bermasligini qattiq tayinlabdi. Chunki u masjidni biror bir yordamsiz, faqat o'zining molidan qurdirmoqchi ekan......

Sevgi Bor Men Ishonaman...

Ba'zilar hozirgi kunda haqiqiy sevgi qolmagan deyishadi. Lekin, men uning borligiga ishonaman. O'zim guvoh bölganman shunday sevgiga. Bu xuddi qörqinchli tushga öxshaydi... Opam bir yigit bilan bir-birlarini qattiq sevishardi....

Bu voqeani Xind ro'znomalaridan birida o'qidim

Bu voqeani Xind ro'znomalaridan birida o'qidim. Xodisa Xindiston janubidagi Kerala shtatida, aniqrog'i Malappuram shaxarchasida sodir bo'lgan ekan. Shaxarda mexmon bo'lib turgan shimollik tadbirkor Orif Vani kechki ovqat uchun oynavand......

Ayyor qiz

"Xavo namuncha sovuq bo'lmasa... Uff, shunchayam kuttiradimi?! Uyga borib olay, oyimga xam, ularga xam shu qilganlari uchun uch kun arazlamasammi?! Bo'ldi. Sabrim tugadi. Ketdim!”......

HO'KIZ MONOLOGI… (hajviya)

Ordona qolgan oqibat Akammisan, ukammisan, kim bo'lsangam meni tanivol! Men Ho'kizboy Torg'il o'g'li Suyarqulov bo'laman. Avlodlarimiz o'sha kiroyi ho'kizlardan bo'lishgan. Bobomning bobosimi, yo bobosining bobosimi, allambalo zotlardan bo'lishgan ekan. Zotimiz o'sha kattakon zotlardan ekan. Olaxon momom gapirib bergan. Momom rahmatli meni ne...

Fikr qo'shish