LAYLI VA MAJNUN» (hajviya)

LAYLI VA MAJNUN» (hajviya)
LAYLI VA MAJNUN» (hajviya)


Shvarsneggerning ukasi
O'n to'qqizga kirgan qahramonim Madrayim judayam olis qishloqda yashaydi. Barvasta, tog'ni ursa tolqon qiladigan yigit. Yumushi bitta. Qishloq qo'ylarini boqadi. Bir so'z bilan aytganda, cho'pon. Shu yumushini ado qili-ib tinchgina yuruvdi. Maydaboy do'kondorning o'g'li qo'yarda-qo'ymay uyiga olib borib internetga kirishni o'rgatdi-yu, hammasi chalkashib ketdi. Madrayim internetda Layli ismli qizning suratini ko'rib qoldi. Qiz oy desa oyday, kun desa kunday go'zal ekan. Madrayim o'sha kundanoq g'alati bo'lib qoldi. Goh qo'ylarni yaylovga olib chiqib, birozdan keyin ularni unutib qo'yadigan, boshini eggancha uyiga qaytvoradigan bo'ldi. Yoki ba'zida qo'ylarni haydab keliboq, damba ustiga chiqib ketaverdi. Dambaning qumi mayin. Qumni barmoqlari bilan kovla-ab, Laylisini o'ylayverdi. Otasi Urayim aka hayron. Madrayimga nima bo'lganini bilgisi kelib xotini Surmanisadan so'raydi. Xotiniyam yelka qisishdan nariga o'tmaydi. Qishloqdagilar esa shu kungacha otasi olib bergan sport kostyumini kiyganda, xuddi kinodagi Shvarsneggerga o'xshab qolgani bois, «Shvarsneggerning ukasi» deb laqab qo'yvolishgandi. Haligiday esi haminqadar bo'lib qolgach, do'kondorning o'g'lidan bo'lgan gapni bilib olib, laqabni o'zgartirishdi. Endi uni hamma Majnun deb chaqiradigan bo'ldi.
G'oyibona muhabbat
Majnun esa bularning hech biriga e'tibor qilmadi. O'sha sport kiyimida tushgan suratini Internet orqali Laylisiga yubordi va ketidan maktub yozdi.
«Men seni sevaman, Layli!»Zum o'tmay, Laylidan javob keldi:
«Otvali-a!» (Daf bo'l-e!)Majnun azbaroyi hayajonlanganidan yana javob yozdi:

«Sevgilim, men Valimasman, Madrayimman! Sening ishqingda bir umr kuyib, dambalar ustida o'tirib chiqishgayam, tarki dunyo qilishgayam tayyorman! Meni qo'ylariyam, tomorqalariyam, yaylovlariyam qiziqtirmaydi! Seni uzoqdan ko'rib tursam bas!»
Layli darhol javob qaytardi:
«Impotent chto-li?» (Zaiflardanmisan?)Majnun bir muddat savolning mag'zini chaqqan bo'ldi-yu, ehtiyot shart uyoq-buyog'iga qarab olib shunday dedi:
«Yo'-o'q, Laylim, menda internetga patent yo'q. Bizdaqa qo'yboqarlarga yo'l bo'lsin patent olishga!?. Do'kondorning o'g'lida internet bor. O'shanikidan yozyapman!..»
Layli javob berdi:
«Ne zavodis!» (Hovliqma)«Zavodda ishlay olmayman»
Majnun yana o'yga toldi. «Qanday mehribon ekan mening Laylim! — o'yladi o'zicha. — Meni zavodga ishga kiritib qo'ymoqchimi? Faqat oxirgi ish so'zini noto'g'ri yozibdi. «S» ning o'rniga «Sh» yozish kerak edi. Lekin baribir tan berdim. So'zlarni qisqartirib yozarkan. Laylimning vaqti kam bo'ladi-da! Har holda shaharlik. Shundayam menday g'arib uchun vaqt ajratib javob yozganidan boshim osmonga yetdi. Ammo… Yo'-o'q, Layli, men qishlog'imni tashlab sen aytgan zavodga keta olmayman! Ishon, biz taraflarga kelsang, o'zingam qoyil qolasan. Hammayoq ko'm-ko'k yaylov, qo'y-qo'zilar, seni otga mingashtirib qishloq aylantirgan bo'lardim o'zimga qolsa! Afsuski, qudratim yetmaydi. Sen, axir, Laylisan! Go'zalsan, huriliqosan! Mayli, shunisigayam shukr! Uzoqdan suratingni ko'rib tursam, muhabbatga, mehrga to'la mana shu maktublaringni o'qib yursam bas!..»
Uchrashuv
Oradan olti oy o'tdi. Yoz jaziramasida qo'ylarini dam olishga yotqizib, Majnunning o'zi damba ustida pinakka ketgan ekan. Katta yo'l bo'yida mashinaning cho'zib signal chalishidan cho'chib uyg'ondi. Ne ko'z bilan ko'rsinki, mashina yonida uzun bo'yli bir qiz unga qarab turardi.
«Layli, ha, bu Layli!» — ko'nglidan o'tkazdi Majnun va o'sha tomonga chopa ketdi. Shu tobda uning yuragi potirlar, hayajondan yuzlari bo'g'riqib ketgan va shu bilan birga mamnun edi. Visolga yetganlik shukronasi Majnunni ado qilayozgandi.
Majnun chamasi yigirma besh metr beriroqda taqqa to'xtadi. Bir muddat qizning ochiq yelkasi, kaltadan-kalta yubkasiga sovuq tikilib qoldi. So'ngra da'fatan yuzini ters burib oldi.
— Yo'q, bu mening Laylim emas, — dedi o'ziga o'zi. — Mening Laylim ko'ylak-lozimda edi! Ana, suratidayam xuddi shunday. Sochi taqimini o'pardi. Ko'zlariga surma tortib olgandi. Sen bo'lsang… He diydoring qursin, uyatsiz! Yo'qol-e, daf bo'l-e!..
— Hoy, Majnun! — qichqirdi qiz turgan yerida. — Nega baqrayib qolding? Men o'sha Layliman! Kelmaysanmi? Otga mindirib qishloq aylantirmaysanmi?..
Majnun qaytmadi. Jonholatda yugurgancha o'zining sevimli dambasi ustiga chiqib qoldi. Turaverdi. Qorong'i tushsa ham, qo'ylar ma'rasa ham e'tibor qilmadi…
Aytishlaricha, Majnun o'sha uchrashuvdan beri dambani makon tutganmish. Nuqul ko'ylak-lozimdagi Laylining suratiga tikilarmish. Ko'kka boqib tinimsiz suratdagi haqiqiy Laylisini qishlog'iga chorlarmish.
Afsuski, haliyam Laylidan darak bo'lmabdi.
Egachi, aytolmaysizmi, haqiqiy Layli kelarmikan-a?

Ibratli vokea

Bir yigit yosh qizga uylanibdi. Urfga ko'ra yigit do'stlarini uyiga chaqirib mexmon qilmoqchi bo'ladi. U bozordan......

📙Naqadar go‘zal axloqlisiz, yo Rasulalloh!

Qishloqdan bir kambag‘al kishi, qo‘lida bir kosada to‘la uzum ila Rasululloh sallollohu alayhi va sallam huzurlariga, hadya qilmoq niyatida keldi......

Yetim qolgan gullar

Qaynoq garmsel har quturganda, shaharcha quyuq toʻzon ichida qoladi. U biydek dashtning qoq kindigida boʻy rostlagan bu shaharchani yer yuzidan supurib tashlamoqqa ahd qilgandek, toʻlgʻonib, yulqinib quyun uyurib esadi. Soʻng shiddati andak susaygandek boʻladi-da, tagʻin yangidan kuch olib, koʻp qavatli qizgʻish gʻishtin uylaru koʻkka nayzadek...

Koʻk daftarning siri

Bu daftarni men toʻqimachilarning madaniyat saroyi oldidagi xiyobondan topib oldim. Bolalarning qishqi ta’tili boshlangan payt edi. Shaharning barcha maydonlaridagi kabi toʻqimachilar xiyobonida ham katta archa oʻrnatilib, xilma-xil oʻyinchoqlar bilan bezatilgan. Ertadan-kechgacha atrofidan bolalar arimaydi. Hatto, kechqurun ishdan qaytayotganimda...

Hazonli kunlar. Tuzoq... 5-qism

Sarvihonning yonidan bir axvolda chiqqan Shavkat aka uyidagi yolg'iz qolgan bolalaridan havotir ila uyiga tomon yo'naldi. Sarvihonning yonida ota–onasi qarab qoldi. Shavkat aka uyiga borgach, hotinining yuzini ko'rmaslikka umid qilardi, chunki kecha uni ertalab uyiga dap bo'lishini tayinlab kelgan edi…...

Jumbok 5 qism

Dayana Bilan Sabrina uyga kelganda Samshodni honasi tuzib yotgandi Sabrina hayron bulib Dayana akeni Honasi namuncha tuzib yotibdi deb oyogi Ostidan klon topib Oldi Dayana bu Buyinga takadigon kamogdan chikanida Aksiga......

Bir odam

Bir odam doim jamoat namozi uchun masjidga borar edi. Ammo, kunlarning birida u jamoatga chiqmay qo'yibdi. Oradan bir ikki hafta o'tgach masjid imomi undan habar olmoqchi bo'libdi. O'sha kuni kun juda sovuq bo'libdi. Imom xaligi odamni uyida yolg'iz yonib turgan o'choq oldida o'tirganini ko'ribdi. U esa, imomning kelganidan xayron bo'lsa xam,...

Diydorsiz vidolashuv

Shavkatjon, shu horijga ketish fikringdan qayt. Oilang, farzandlaring qarovsiz qoladi, – deya Gulshan aya javradi. Chet elda ishlash uchun yo'lga otlangan o'g'lidan ko'ngli chopmayotgan ona. – Ahir, men xam qarib qoldim. Menga tirgak kerak bolam......

Sevasizmi

Yodga soldi o‘pichlaringiz  Sizdan oldin o‘pgan ayolni.  U ham sizga o‘xshab berardi  «Sevasizmi?» degan savolni....

Miyamga ekstremistik g`oyalarni quyishganini kech tushunib etdim...

Sarlavhani o`qib ajablanyapsizmi? Ha, bu hayotda o`zi o`tirgan shoxga bolta urib, so`qir ko`zlari ochilganidan keyin afsus-nadomatdan boshini qaysi devorlarga urishni bilmay qolganlar ko`p. Ayniqsa, men qonunda belgilangan jazomni o`n sakkiz yildan beri o`tab kelayotgan mana shu muassasada shunday kimsalarni...

Fikr qo'shish