BORINGIZGA ShUKR, OTA!..

BORINGIZGA ShUKR, OTA!..
BORINGIZGA ShUKR, OTA!..


Ko'chada o'tinchi, uyda sulton
Qadimda bir o'tinchi bo'lgan ekan. U tog'lardan o'tin terib kelib, shaharda sotib, xotini va o'g'illarini boqardi. O'g'illar esa o'tinchining farzandi ekanligidan or qilishardi. «Otamiz o'tinchi», deb birovga aytisholmasdi. Oshna-og'aynilar davrasida ulardan otalari nima ish qilishini so'rashsa, aytgani uyalishar, ko'pincha yolg'on gapirishardi. O'tin ko'tarib ketayotgan otalarini ko'chada ko'rib qolishsa, borib yordam berish o'rniga o'zlarini olib qochishar, «Bizni o'tinchining o'g'li deb o'ylashmasin», deyishardi.
O'tinchining xotini esa oqila, itoatgo'y ayol edi. U doim eri uyga kelishini sabrsizlik bilan kutar, charchab qaytganida shirin so'zlar bilan kutib olar, darrov qo'liga suv quyib, sochiq tutardi. O'tinchilik asboblarini esa yuvib, tozalab joy-joyiga qo'yardi. Darrov dasturxon yozib, eri bir-ikki piyola choy ichguncha ovqat suzib kelardi. Topib kelgan pulini bir hamyon tilla olgandek sevinib olar, «Bugun doimgidan ham ko'p pul topib kelibsiz», derdi. Ba'zida o'tinchi «Bugun kamroq pul topdim» desa ham «Xafa bo'lmang, barakasini bersin. Bugun kamroq topgan bo'lsangiz, Allohim ertaga ko'prok berar», deb uning ko'nglini ko'tarardi.

Bir kuni o'g'illari onasidan so'rashdi:
— Onajon, otamiz bir oddiy o'tinchi bo'lsa, nega uyga kelganida buncha girdikapalak bo'lasiz?
— Rost, otamiz kelishi bilan xizmatiga shaylanasiz, — o'rtancha o'g'il so'z qo'shdi.
— Hatto otamizning oyoqlarini o'zingiz yuvib qo'yishingizni tushunmaymiz, — dedi kenja o'g'il.
— Biz otamiz o'tinchiligidan uyalamiz, — deyishdi bir ovozdan.
Bunga javoban ona:
— Eh, soddagina bolalarim-a, otalaring ko'chada o'tinchi, uyda esa otalaring Sulton! — dedi…
O'rnak
O'g'il keksayib qolgan otasini mehmon qilish istagida shaharning osoyishta tamaddixonalaridan biriga olib keldi.
«Buyuk otalar hayrat to'la nigohini yulduzlardan uza olmayotgan jajji farzandlarini yelkalariga o'tqizadilar-da, ularni yulduzlar sari yaqinroq olib chiqadilar». Har gal padariga qaraganida mana shu fikr xayolidan o'tadi, uning.
Ovqatlanish mahali beixtiyor kaftlari qaltirayotgan otaning qoshig'idagi ovqat to'kilib, kiyimlariga sachrar, xijolatdan qizarib ketgan otaxon o'g'liga yumshoq nigohlarini tikar, o'g'il esa xotirjam jilmayar, sachragan taom dog'larini zudlik bilan artib qo'yar edi. Ularga yonma-yon o'tirgan stoldagilar, jumladan, uch o'smir yigit qurshovida ovqatlanayotgan kishi va uning rafiqasi bu manzarani zimdan kuzatib turishardi.
Ota-o'g'il ovqatlanib bo'lishgach, o'g'il otaning qo'llaridan tutib yuvinish xonasiga boshladi, otasining kiyimini non hamda ovqat qoldig'i, dog'lardan tozalab, qo'llarini yuvishga yordamlashdi, dadasining bosh kiyimini tuzatib qo'ydi.
Yuvinish xonasidan chiqishganda barchaning e'tibori ularda edi.
Ota-o'g'il yemakxonani tark etayotganlarida qo'shni stolda farzandlari bilan o'tirgan kishi ortlaridan yetib keldi.
— Siz bu yerda nima qoldirib ketayotganingizni bilasizmi? — so'radi u o'g'ildan.
— Yo'q, hech narsamiz qolib ketayotgani yo'q, — stolga ko'z yugurtirgancha javob qaytardi o'g'il.
— Qoldirib ketyapsiz, juda qimmat narsa qoldirib ketyapsiz. Siz har bir o'g'il va otaga, menga va mening farzandlarimga o'rnak qoldirib ketyapsiz, do'stim! Otangizga ming rahmat!
U o'g'ilning qo'lidan mahkam siqqanicha minnatdor nigohda boqdi.
Bu nigohlardan, iliq so'zlardan ta'sirlangan o'g'il otasining ikki yelkasidan tutib, ohista shivirladi:
— Boringizga shukr, ota! Boringizga shukr!

Go'dak qismati

Qizcha shiringina uyqudan baqir-chaqir ovozi sababli uyg'onib ketdi. Ko'zlarini ishqalab kravatidan tushdi va ovoz kelayotgan tomonga yura boshladi. Uning ota-onasi har kungidek o'zaro janjallashishardi. Ular qizchaning uyg'onganligiga ham e'tibor berishmasdi. Ota-onasining janjalidan qo'rqib, bir chetda ularni kuzatib turgan to'rt yoshli qizcha...

Gulgina

Oysha kampir bolaligini yaxshi eslaydi. Hov anovi Shovuz togʻ etagidagi barloslarning Yona yurti – Sarkentida yashardi. Toshdan orasiga loy qoʻyib, panjakash qilib suvalgan pastmakkina, archa balorli uylar, shundoqqina uylar yonida ulardan-da pastmak qilib yasalgan qoʻy qoʻtonlaridan shiptir hidi anqib yotardi. Kigiz oʻtov esa har xonadonda bor....

O'limga olib kelgan sevgi yohud

Bola: Salom qalesan  Qiz: yaxshi zo'r raxmat ozingchi sinfdosh  bola: yaxshi  qiz: Nima qilayapsan ...

Bir odam

Bir odam doim jamoat namozi uchun masjidga borar edi. Ammo, kunlarning birida u jamoatga chiqmay qo'yibdi. Oradan bir ikki hafta o'tgach masjid imomi undan habar olmoqchi bo'libdi. O'sha kuni kun juda sovuq bo'libdi. Imom xaligi odamni uyida yolg'iz yonib turgan o'choq oldida o'tirganini ko'ribdi. U esa, imomning kelganidan xayron bo'lsa xam,...

Endigina olti yoshga to‘lgan o‘g‘limning

Endigina olti yoshga to‘lgan o‘g‘limning berilib rasm chizayotganini ko‘rib qiziqqancha yoniga bordim: -O‘g‘lim nimaning rasmini chizyapsan? -Sizni, oyimni va o‘zimni, — nigohlarini menga qadadi u....

OQIL ER

OQIL  ER Erta tong bilan er barvaqt uyg'onib, har doimgidek ayoli bilan nonushta qildi. Kiyimlarini kiyib, ishga otlanayotgan er yozuv honasiga kalitlarini olish uchun kirsa, yozuv stoli va komp'yuter jihozini chang bilan qoplanib ketganini ko'rib, sekingina honadan chiqib ketibdi....

Jumbok 4 qism

Laylak lakabli ktmarvoz ishi ohiriga etmasdan yana Bir kimarvoz ( Tuhumbosh Lakabli ) kimorvoz yurak hurijidan olamdan utti bu vokea ( Laylak ) lakabli kimarvozga alokasi bor yugligi nomalum kidiruv ishlari boshlanib ulgirishiga karamay yana bir jumbokli hodisaga duch kelishdi yana bir kimarvoz ( Shaytln Lakabli ) kimarvozni jasadi tungi kulub...

ERIMNING MA`ShUQASI O`ZIDAN YIGIRMA YoSh KATTA…

Sarlavhani ko`rib, hayron qolgandirsiz? Ha, bu haqiqat, achchiq haqiqat. Ammo men hozir dardi hol qilib, kundoshimu erimga tosh yog`dirmoqchimasman. Erim uch bolani tirik etim qilib, o`zidan yigirma yosh katta ayolning etagini tutib ketish sabablarini aytmoqchiman. Zero, yana kimdir men kabi taqdir qozonida kuyib qolmasin......

OQ BO'LISh JAZOSI!

OQ BO'LISh JAZOSI! (ibratli xikoya) Bir keksa ayol o'g'li va kelini bilan bir xovlida yashar edi. Bir kuni o'g'il ishdan kelsa hotinning avzoyi buzuq. Buning sababini so'ragan edi, onasining ustidan shikoyat qilib, anchagina yomon gaplarni gapirdi. O'g'il bunday so'zlarni ko'p eshitgan bo'lsa-da, bu safar toqat qila olmadi. Biroq jaxli chiqqanini...

Mexribon

Sobira kalendarga qaradi. O'n yettinchi fevral… Ertaga o'g'li bilan uchrashadi. Ikkilarining xam tug'ilgan kunlari......

Fikr qo'shish