San'atkor (hajviya)

San'atkor (hajviya)
San'atkor (hajviya)


Konsert odatdagicha «navbatdagi nomerimizda… Kelganlaringga rahmat, o'rtoqlar» bilan tamom bo'ldi. Nomi chiqqan ashulachi— san'atkordan boshqa hamma xursand bo'lib tarqaldi. San'atkor tajang edi: tanaffus vaqgida zalga chiqqan edi, bir traktorchi uni savodsizlikda aybladi. Traktorchi tanqid qilganiga san'atkor asti chiday olmas edi: traktor qayoqdayu, masalan, «chorzarb» qayoqda, traktorchi qayoqdayu, ashulachi qayoqda! San'atkor uyiga ketgani izvoshga o'tirganida yana tutaqib ketdi: «Hech bo'lmasa aytadigan ashulani o'rgan, so'zlarini to'g'ri ayt» emish! Nimasini bilmayman, nimasi to'g'ri emas? Meni shu vaqtgacha muxbirlar, yozuvchilar ham tanqid qilgan emas; formalizm, naturalizmlardan o'tdim— hech kim otvod bergani yo'q. Otvod berish qayoqda, hech kim meni og'ziga ham olmadi. Endi bir traktorchi tanqid qilar emish!..» San'atkor, izvoshchini hayron qoldirib, o'zidan-o'zi g'o'ldirab borar edi. Uyda xizmatchi ovqat qilib qo'ygan ekan, san'atkorning tomog'idan hech narsa o'tmadi— ikki piyola choy ichdi, xolos.
Unga turib-turib nash'a qilardi: «Ashulani mexaylistik aytar emishman! Tovushim yomon bo'lsa nega plastinkaga oldi? Tanqid deganiga endi bu kishining ham tanqid qilg'ulari kelipti… Amali traktorchi… Obbo!..»

— O'qishga bordingizmi? — dedi xizmatchiga, qovog'ini solib.
— Bordim…
— Xizmatchi ikki haftadan beri savod maktabida o'qir edi.
— Xizmatchisi savod maktabida o'qiyotgan bir kishini traktorchi savodsiz, desa alam qilmaydimi? – dedi san'atkor o'zicha bo'g'ilib, — «labingdan bo'lsa olsam, e, shakarlab», deganim u kishiga yoqmapti, «bo'lsa» emas, «bo'sa» emish! O'zi bilmaydiyu, menga o'rgatganiga kuyaman! Senga o'xshagan savodsizlar «bo'sa, bo'masa» deydi. Artist kulturniy odam — gapni adabiy qilib aytadi— «bo'lsa, bo'lmasa» deydi. Pojarni «gugurtni yerga tashlamang» dedi, rejissyorimiz esa «gugurtning yerga tashamang» dedi. Qanday chiroylik! Pojarnimi, pojarningmi? Shoshma, nima uchun pojarni? Pojarni, albatta! Rejissyorimiz juda kulturniy odam. Odam degan mana shunday bo'lsa, urishsa ham xafa bo'lmaydi kishi— ikki gapning birida «ta'bir joyiz ko'rilsa» deb turadi. Bu traktorchi menga shuncha dashnom berib, ko'ngil uchun bir marta «ta'bir joyiz ko'rilsa» demadi.
Xizmatchi daftar-qalam keltirib, san'atkorning oldiga qo'ydi.
— «J»ning kattasi qanday yozilardi? Domlamiz bir kuni ko'rsatgan edi, esimda qolmapti.
San'atkorning jahli chiqdi:
— Endi «J»ga keldingizmi? Barjom deganda yoziladi.
Kechagi barjom og'zi ochiq qolipti, gazi chiqqandan keyin bir pulga qimmat. Siz ham dunyoga kelib kulturniy bo'lsangiz-chi!.. Burningiz terladi, arting, ta'bir joyiz ko'rilsa! San'atkor o'rnidan turib yotoqqa kirib ketdi.
— Yotasizmi? — dedi xizmatchi narigi uydan.
— Nima edi?
— «J»ning kattasini ko'rsatib bermadingiz, ertaga domla so'raydigan edilar. Qanaqa yoziladi?
— Kichigini yozib qattiqroq o'qing!
San'atkor yechinib ko'rpaga kirdi. Xizmatchi chiroqni o'chirib chikdi. San'atkor ko'zini yumdi, ko'ziga g'ira-shira qorong'i zaldagi son-sanoqsiz kallalar ko'rindi. Bular ichida eng kattasi traktorchining kallasi, u iljayar edi.
— Afting qursin!- dedi san'atkor va narigi yonboshiga ag'darildi.
Xayal o'tmay uyquga ketib, xurrak otdi. Uning xurragi ham nechukdir adabiyroq edi: «Pluq-qum- prr… pluq-qum-prr…»

Gulgina

Oysha kampir bolaligini yaxshi eslaydi. Hov anovi Shovuz togʻ etagidagi barloslarning Yona yurti – Sarkentida yashardi. Toshdan orasiga loy qoʻyib, panjakash qilib suvalgan pastmakkina, archa balorli uylar, shundoqqina uylar yonida ulardan-da pastmak qilib yasalgan qoʻy qoʻtonlaridan shiptir hidi anqib yotardi. Kigiz oʻtov esa har xonadonda bor....

Duodan baht topgan kelin

“Bo'ladigan bola boshidan”, deb bejizga aytilmagan. ~Odina o'nlarga kirganda buvisi vafot etdi. Buvasi Muxammad ota yolg'iz qoldi. Keksayganda yolg'izlik azobi qiyin bo'lar ekan. Keksa odamning ko'nglini topish uchun bir so'z kam, ikki og'iz so'z ko'p......

Yahshilik

“Bir kuni mening qabulimga yoshi oltmishlardan o‘tgan kishi o‘zining taxminan yoshi o‘ttizlarda bo‘lgan o‘g‘li bilan kirdi. Yigit otasining qo‘lidan ushlab olgan, unga nihoyatda g‘amxo‘r edi. Uning uyoq-buyoqlarini tuzatib qo‘yar, unga behad e’tiborli edi. Uning otasi bemor ekan. Ularning muammosini so‘rash va analizlarga ko‘z tashlash asnosida...

BAXTNING BIR LAHZASI…

— Tanyusha, men seni bir odam bilan tanishtirmoqchiydim, — sekin shivirladi Vlad. — Faqat iltimos, aqlli qiz bo'lib, jilmayishni unutmagin! — Bugunmas, — dedi Tanya qovog'ini uyib. — Bilasan-ku, men unaqangi narsalarni jinimdan yomon ko'raman!...

ISHID (ИГИЛ) HAQIDA “KALLAKESAR…” NOMLI HAYOTIY HIKOYA (3-qism)

OQQA O'RALGAN MURDA Mehmonali kutilmagan ko'ngilsizlikdan tamom bo'layozgandi. Hech narsaga tushunmay, nuqul goh zanjirlangan qo'l-oyoqlariga, yerto'la tepasidagi kichik darichaga, hozirgina qulf urilgan temir eshikka boqardi. Azbaroyi alami kelganidan lablarini yanada mahkamroq tishlar, jahl bilan polni mushtlab-mushtlab olardi....

Juma kuni masjiddagi kutilmagan xolat.

O'g'lim endi 5 yoshni qarshi oldi. Ammo ilm o'rganishga chanqog'i serob. Namoz o'qishni sevadi...  "Meni xam masjidga olib boring", dedi juma kuni tongda. Juda xam sevindim. Bolamga sevgim xar qachongidan oshdi.  Peshinga yaqin yo'lga, masjidga otlandik. O'g'limni elkamga ortib, yo'lda Saodat asriga oid rivoyatlarni aytib kelardim. Masjid...

Yulduzsiz tundagi vahshiylik(yohud o'z bolasini yokib yuborgan ona)

HAYoTIY VOKEA...uking..fakat yiglamang.... Mana Nargiza va Muhiddinning tuylari bulganiga bir yil bulib, ugilli bulishdi. Ugliga Humoyun deb ism kuydilar. Ular bir birlarini sevib, sevilib,uldim-kuydimu oh-vohlar bilan turmush kurishgandi......

Insho (achchiq xaqiqat)

— Ertaga dam olish kuni, — o'qituvchi bolalarga qarata dona-dona so'zladi. — Albatta ota-onangiz bilan biror madaniy maskanga borib, taassurotlarizni insho tarzida yozib keling. Dushanba kuni tekshirib olaman!......

Jumbok 13 qism

Samshod va Malik Dishruhni uchratishdan bir necha yil oldin Dishruh tugulish paytiga Nazar tashlaymiz kiskacha Tanishib olsak......

Jumbok 11 qism

Samdosh hitoyni avtorom resbublikasi bulmish urimchi shahriga etib bordi 1979 yilari ustozi Malikni kidirib tobdi......

Fikr qo'shish