ForMusic Pro - Endi yo’q

ForMusic Pro - Endi yo’q
ForMusic Pro - Endi yo’q

ForMusic Pro - Endi yo’q Текст песни


Osmonda yulduzlar har tomondan chorlar,
O`z dog`iga tortardi hatto bizni dengizlar.
Ushalmas orzu bo`ldi, cheki yo`q zulmat bo`ldi,
Bizning sevgi ertaklar, tillarga noo`rin bo`ldi.
Endi baxtlimisan, meni unutib, aytgin?
Mo`jizali kunlarni, jonim, unutmagin.
Qalbim berar buyruq, vaqt o`tib sog`indimku,
Nega tushunmaysan, yurak, u bizni unutganku.
Endi ortga qaytmaydi, hou-vou,
Ko`z yosh to`kib yig`laydi.
Endi yo`q bizning kulgu,
Endi yo`q bizda qayg`u.
Endi yo`q bizning tuyg`u,
Bu shunchaki orzu. (x2)
Ne uchun yosh to`kasan, qani menga ayt,

Quyosh bo`lib nurim sochganimmi ayb?
Faqat ayblama, aybim tan olaman,
Xom xayolga berilib qolganman.
Balkim sen orzu qilgandek bo`la olmadim,
Qimmatbaho sovg`a hadya etolmadim.
Lek beroldim senga oz bo`lsada baxt,
Arzon baxt uchun yig`lashing shart emas.
Eslasam o`sha kun, yomg`irli oqshom,
Yodimdan chiqmaydi hattoki bir on.
Bag`rimga bosgandim, labingdan o`pgandim,
Seni sovuq shamollardan asragan edim.
Ko`zingga termulsam, ko`zing sevgidan so`zlar,
Sovuqda lablaring lablarimni qo`msar.
Endi bu so`zlarni senga aytish befoyda,
O`ylaganimdek sevgida yo`q ekan qoida.
Endi ortga qaytmaydi, hou-vou,
Ko`z yosh to`kib yig`laydi.
Endi yo`q bizning kulgu,
Endi yo`q bizda qayg`u.
Endi yo`q bizning tuyg`u,
Bu shunchaki orzu. (x2)
(Eslasam o`sha kun, yomg`irli oqshom,
Bag`rimga bosgandim, labingdan o`pgandim,
Seni sovuq shamollardan asragan edim.)
Endi ortga qaytmaydi,
Ko`z yosh to`kib yig`laydi.
Endi yo`q bizning kulgu,
Endi yo`q bizda qayg`u.
Endi yo`q bizning tuyg`u,
Bu shunchaki orzu. (x2)

Ravshan Komilov - Yoqadi

Erkam, menga nozlanib Yurishlaring yoqadi, Guldek ochilib, yashnab, Kulishlaring yoqadi....

Shohjahon Jo'rayev - Sevmasang sevma

Sog`insam har gal, kel desam agar, Olgani xabar kelmasang kelma. (x2) Sevsang yor mani, vafolar qani? Jon kabi mani sevmasang sevma. (x2)...

Lola Ahmedova - Yonimda bo’lsang

Ishqning ko`zi ko`r bo`ladi, Azobga sevganlar ko`nadi. Mingta dardni ko`zga ilmas, Shunda bari zo`r bo`ladi....

Munisa Rizayeva - Ketgin yiroqlarga

Sevgi ham o`tdi, nafrat ham o`tdi, Qolmadi tuyg`u. Ishonch qolmadi, so`zlar qolmadi, Bormidi orzu?...

Anora - Tuyg’u

Men bilmayman tunu-kun bo’yi O’ylayman faqat sen haqingda, Ko’z oldimdan ketmaysan hecham, Nega hayolim senda, hayolim senda?...

Dildora Niyozova - Va’dalar qani

Solib qalbimga zanjir, Ozoring dilga sanchib, Ravo ko'rganing dard ahir, Va'dalaring qani, va'dalaring qani?...

Nilufar Usmonova - Unutgin

Oqqush kabi uchib ketdi, Olislarga qanot qoqib, Qalbingdan lek ketolmadim, Muhabbatim birga olib....

Gulsanam Mamazoitova - Kelsa qoshingga

Kelsa qoshingga agar kim, hojatin ayla ravo, {x2} Barchani sen birdayin ko`r, dema u shoh, bu gado. {x2} Davrada ko`rsatma to`rni zarchoponiga qarab, Bilmagaysan qay birisin xush ko`rib, suygay Xudo. {x2}...

Ruhshona - Ikkimiz

To’kiladi yulduzlar yo’llarimga, Oy sochadi nurini qalbimga yana. Xayolim olib ketar sen tomonga, Yo’llarim boshlab yetar har tomonga mana....

Dildora Niyozova - Ro’molim

Daryolarning bo’ylarida bir tup chinor-a, Bir tup chinor taglarida ko’zi xumor-a. Ko’zi xumor ko’zlariga ko’zlar tegmasin, Ko’zmunchog’im taqib qo’yay, bo’lsin tumor-a....

Fikr qo'shish