Shahboz va Navro'z - Oq yo’l

Shahboz va Navro'z - Oq yo’l
Shahboz va Navro'z - Oq yo’l

Shahboz va Navro'z - Oq yo’l Текст песни


Bilmadim, sani unutish uchun matonatim yetarmikan,
Yuragim bunga yo`l qo`yarmikan?
Ayriliq yuragimga to`g`ri sanchildi og`riqli bir tikan,
Yuraging bularni sezarmikan?
Qaydan senda mehr, sabrim tugadi tobora bora axir,
Munosabat yakun topdi oxir.
Bilasanmi, ajralgan onimiz qanchalar bo`lgandi og`ir,
Dedim, mayli bu taqdir.
Xatolarimni birma-bir eslab ularni sanab o`taman,
Birinchisi – sevganim.
Ko`zlaring chiroyiga aldanib, go`zalligingga mast bo`lib,
Yuz foiz ishonganim.
Lekin bu ishonchimni poymol qilgan, ayt, kim?
Nega turasan jim?
Afsuslanaman, qaydanam senga bog`landim
Va so`ngra aldandim.
Mana senga yo`l, tilaganim oq yo`l,
Shu kungacha qancha kutib, istaganing.
Mana senga yo`l, bu yo`lda baxtli bo`l,
Qanday hayot kechirasan, bu xohlaganing.
Lekin eslab qol, mehrim etding uvol,
Qalay bo`lar sen uchun izlab topmaganing.
Sevgi bo`ldi bekor, unda na umid bor

(Unda na umid bor, bor, bor…)
Mana senga yo`l, tilaganim oq yo`l,
Shu kungacha qancha kutib, istaganing.
Mana senga yo`l, bu yo`lda baxtli bo`l,
Qanday hayot kechirasan, bu xohlaganing.
Lekin eslab qol, mehrim etding uvol,
Hali bo`lar sen uchun izlab topmaganing.
Sevgi bo`ldi bekor, unda na umid bor
(Unda na umid bor, bor, bor…)
Kechagiday yodimda, va’dalar bergan u kuning,
Doimo ajralishdan qo`rqishingni aytarding.
So`nggi yozgan xatlarimga bitta ham yo`qdir javob,
Bilasanmi, bu vaziyat qanchalar bergan azob?
Zardalaringning sababini tushunolmadim,
Yoki ajralish uchun sababni bilolmadim.
Ne bo`lganda ham ajraldik, emasmiz birga,
Endi yo`llarimiz ham ayrildi bir umrga.
Tinglagin so`nggi bora atalgan bu so`zlarim:
Bo`lgin omon, bo`ldi tamom batamom.
Munosabatga qo`yildi nuqta, xayrlashib ohista,
Ketasan xohlaganing tomon.
Aniq ishonaman, bir kun kelib albatta men unutaman,
O`sha kunni doim kutaman.
Oz bo`lsa ham sog`inganimni
Hech qachon senga bildirmayman.
Kun o`tar, lek yurak halovatdan begona,
Qancha sog`inchlar chekdi yolg`izlikda pinhona.
Sensiz bo`lgan onimdan beri bu dunyo g`amxona,
Yana qancha vaqtlar azoblar chekaman sarsona?
Qaytar dunyo, qaytib qalbing azoblarga to`lganda,
Yoki yuraging meni ich-ichidan sog`inganda,
Shunda anglarsan, men uchun qanchalar bo`lgan og`ir,
Xotiralaring ko`z oldingdan o`tadi birma-bir.
Mana senga yo`l, tilaganim oq yo`l,
Shu kungacha qancha kutib, istaganing.
Mana senga yo`l, bu yo`lda baxtli bo`l,
Qanday hayot kechirasan, bu xohlaganing.
Lekin eslab qol, mehrim etding uvol,
Hali bo`lar sen uchun izlab topmaganing.
Sevgi bo`ldi bekor, unda na umid bor
(Unda na umid bor, bor, bor…) (x2)

Baxtiyor Sultonov - O’rgilay

Kõzlarim yõlingda qoldi, Nozli yorim kelmading. (x2) Keldi-yu Navrõzi olam, Sen bahorim kelmading. (x2)...

Shahzoda - Ayblama

Dard yana nega qiynaydi? Vaqt insonni nechun sinaydi? Yig`lama, u meni sevmadi deb o`ylama, Balki qaytar, deb ko`p ham qiynama,...

Botir Zokirov - Ra’no

Barnolar ichra barno – Ra’no, Gulmisan, gulyormisan, Gulmisan, gulyormisan? Oshiqqa dildormisan?...

Lola - Senga

Sokin kechada yulduzlar guvohdek,  Esar shamol ham meni tinglagandek,  Go’yo sirlarim senga yetkazgandek,  Sevgilim senga....

Shahlo Ahmedova - Yurak

Yolg‘onmidi sevganing, Sensan baxtim deganing? Shuncha yil aldaganing Menga qilar yomon alam....

Shahzoda - Arman

Тәй-тәй, баса бер балапан, Әнім, арналады саған. Жаным, кішкентай балапан, Есімің болсын aрман....

Lola Ahmedova - Bilmading

Bilmading, jonim bilmading, Seni sevib yoningda bo‘lganimni. Bilmading, sira bilmading, Seni sevgim deya tan olganimni....

Ozodbek Nazarbekov feat. Iroda Iskandarova - Gapim bor

[Iroda Iskandarova] Keng ko’chalar kezasiz, Chang ko’chalar kezasiz, Bizning ko’chadan o’tmay,...

Otabek Madrahimov - Lola

Tog`da ochildi lola, Qo`limda meni gitara, Sevgilim yo`llariga Aytib kuylarimni. (x2)...

Radius 21 - Ketding

Salom, qalay, shoshasan qayga? O`zgarmagansan, go`zalsan o`sha-o`sha. Jimsan, indamaysan, xafasan nega? Nahotki, alamlar qiynar...

Fikr qo'shish