Ahmadjon Dadayev - Umidim qoldi
Ahmadjon Dadayev - Umidim qoldi Текст песни
Tongda esgan sabolarda umidim qoldi,
Kuylanmagan navolarda umidim qoldi.
Hech xayoldan ketmas sening o`tli nigohing,
Ko`zingdagi ma’nolarda umidim qoldi. {x2}
Dilga tushgan o`t-gulxanni o`chirolmasman,
Pinhon yonib, yo o`zimni kechirolmasman,
Yurak chertgan sadolarda umidim qoldi. {x2}
Sokin xayol iqbolimdir, pokiza hislar,
Saqlab mehr, saqlab vafo, qalb seni izlar.
Muhabbatim izhor etar besabr ko`zlar,
Yuzingdagi jilolarda umidim qoldi.
Ko`zingdagi ma’nolarda umidim qoldi,
Umidim qoldi, umidim qoldi…