Adham Soliyev - Onasidan ayirma

Adham Soliyev - Onasidan ayirma
Adham Soliyev - Onasidan ayirma

Adham Soliyev - Onasidan ayirma Текст песни


[Monolog]
Dunyo! Dunyo, sendan bir ikki so`rorim bor. Qonli yuzingga termulib berajak savollarim bor. Garchi javobda har doimgidek jimlik saqlasang-da,
beraman o`sha savollarimni: Senga nima bo`lyabdi, dunyo?
Ancha yashab qo`ygan va sening go`zalligingdan bahra olishga ulgurgan kattalar bir-biri bilan olishsa-yu, nega endi bu qirg`inlar natijasida mana bu go`daklar jon berishi kerak? Bu murg`aklarda nima ayb, ayt menga? Onasining bag`rida unib-o`sadigan, otasining yelkasida erkalanadigan, buvi-yu, buvasining quchog`ida rohatlanib uyquga cho`madigan bu bolakaylar nega shu yoshidanoq hayotning achchiq ta’mini totishga mahkumlar, nega?
Kelisholmagan boshqalar-u, jabrini chekkanlar boshqalar. Insofing bormi, dunyo? Besh yoshgina, bor-yo`g`i besh yoshginaga kirgan bu go`dakning nigohidan bilib olsa bo`lmaydimi sening alamli holatingni?
Qay bir gumrohning qo`lida yasalgan bomba bu bolakayning uyiga tushsa-yu uni o`sha uyning ichidan tortib olishsa! Endi uni bu hayotning qaysi go`zalligi va qay bir ne’mati bilan rozi qilish mumkin, ayt? Afsus, har doimgidek soqovsan va jimsan.

Endi yurtimning beg`ubor va sokin maskanlariga boqaman. Yaratganga behad shukurki, bolakaylarning sho`xu-shodon manzarasi ko`zni quvnatadi. Iloyo, bu tinchligimiz abadiy bo`lsin. Bu ne’matning naqadar ulug` ekanligini dunyoning notinch yerlariga qarab bir necha karra his qilamiz. Eng ulug` ne’matdir tinchlik degan so`z.
Yetim qolgan tevaning ko`zlariki qalbni titratib yuborar ekan, ota yo onasiz qolgan go`dakning nigohiga qarash ming karra og`irroq. Unda hayotning achchiq satrlari katta harflarda yozib qo`yilgan bo`ladi.
Istagimiz shu – dunyodagi biron bir bola yetim qolmasin. Hamma-hammasiga bolalikning go`zal damlari nasib etsin. Hech kimni murg`akligida hayot onasidan yo otasidan ayrib qo`ymasin.
Ko`kda burgut qanotini qayirib,
Polaponin qoya toshda tig`latma.
Onasin tinch quchog`idan ayirib,
Hayot, go`daklarni aslo yig`latma. (x2)
Onasidan ayirma, otasidan ayirma,
Hayot, hatto qushni ham bolasidan ayirma. (x2)
Ulg`ayib zo`r polvon bo`larlar balki,
Yurti uchun qalqon bo`larlar balki,
Dunyolarga doston bo`larlar balki,
Hayot, go`daklarni aslo yig`latma.
Allasini tinglab, uxlasin tunlar,
Busiz ham ko`p onasiz bag`ri xunlar.
Murg`ak jonini ezmasin yolg`iz kunlar,
Hayot, go`daklarni aslo yig`latma.
Onasidan ayirma, otasidan ayirma,
Hayot, hatto qushni ham bolasidan ayirma. (x2)
Ona sutin totib ulg`aysin bardam,
Issiqqina bag`rida bo`lsin har dam. (x2)
Insonlarga sendan shu bo`lsin yordam –
Hayot, go`daklarni aslo yig`latma.
Onasidan ayirma, otasidan ayirma,
Hayot, hatto qushni ham bolasidan ayirma. (x2)
Onasidan ayirma, hayot, otasidan ayirma, hayot,
Hayot, hatto qushni ham bolasidan ayirma.

Bojalar guruhi - Guli 2

[Bojalar guruhi] To‘xtagin, gapim bor, Shoshilib, ketma yonimdan, ey dildor, ey dildor. Kechalari bedor, Uyqusizlikdan bo‘lib qoldim bemor, man bemor....

SanJay - Devona Majnun

Man umuman boshqa taraf, San boshqa taraf bo`lma. Axir kelgan joyimiz bitta, Vatanimiz xur, jannat diyor, oh yoron-ey....

Zohid - So’ramanglar

Tun. Yolg`izlik. Va bir o`zim. Yulduzlar qarab so`rar senga ne bo`ldi deb o`zi, Hey, senga o`zi....

Shohjahon Jo'raev - Seni sevdim

Seni sevdim, quvondi dil,  To’rt faslimda kulib bahor.  Oh, seni sevdim, to’lg’ondi dil,  To’rt tomonim alam-ozor....

Doniyor Fayz - Yana sizni esladim

Osmon uzra oy to`lib, Yulduz sirli porlasa, Bog` sayriga chorlasa, Jonim, sizni esladim. (x2)...

Onezero - Ayt

Ayt ayt nega yana senga ko'nikay Qayt qayt demasam yana unutay...

Shahrizoda guruhi - Xorijda yurgan ayol

Tirikchilik niqobi, Mehnatga qochar tobi, (x2) Qo`lda shayton kitobi, O`z uyingga qayt xalol,...

Hilola Hamidova - Maqtamang

Go’zallik deb bulbullar Navosini maqtamang, Chamanlarning muattar Havosini maqtamang....

Shoxrux - My Definition

My definition of life  Is what we see, going on  Love and hate, bringing the world in a run  But i still try to achive...

Shaxriyor feat. Bojalar guruhi - Go’zal durdonam

[Bojalar guruhi] Ayni o`n oltida Hayot ko`chalari boshlandi, boshlandi. Axir shu kungacha,...

Fikr qo'shish