BOZORDA (hajviya)

BOZORDA (hajviya)
BOZORDA (hajviya)


Bozor aylanib yurgandim. Sotuvchilardan biri kutilmaganda qo'limga gilos tutqazdi.

— Qarang shirinligini!.. Xuddi mallasoch qizlarga o'xshaydi!.. Menga qarang, nega teskari o'girilayapsiz? Sotib olsangiz-chi!..


— Pulim yo'q.


— Vey, arzongarovga bervoraman.


— Pul yo'q dedim-ku!


— Mana, sizga besh yuz beraman. Endi sotib olasizmi?



— Qanchadan o'zi? — so'radim uning harakatiga tushunmay.


— Kilosi besh yuz so'm.


— Qimmat ekan. Bo'pti, men ketdim!


— To'xtang, mayli, uch yuzga beraman!


— Ikki yuzga bersangiz, olaman.


— Vey, pul meniki bo'lsa, yana savdolashayapsizmi? Buyoqqa bering besh yuzni!


— Bermayman. To'rt yuz so'm bering, o'shanda qaytaraman pulingizni.


— Qancha? Ie, besh yuz so'm pulimni olishim uchun sizga to'rt yuz berishim kerakmi? Esingiz joyidami?..


Shu kuni sotuvchi juda yomon ahvolda qolgandi. To'g'ri, pulini qaytarib berdim. Ammo… Shunchaki emas… Bir kilo gilos evaziga.

Ўн саккиз ёшинг

Не ажаб, чун сарвинозим ўн сакиз ёшиндадир. Ўн сакиз минг олам ошуби агар бошиндадир Алишер Навоий Ўн саккизга кирган одамнинг кўзига олам жилва қилади. Камалакнинг етти рангидан етмиш минг ранг ясайди. Эчкининг ёқимсиз маъраши ҳам қулоғига бул-бул навоси бўлиб киради. Юлдузларга қўли етади, тубсиз уммонлар тиззасидан келади. Ўн саккизга...

BORINGIZGA ShUKR, OTA!..

Ko'chada o'tinchi, uyda sulton Qadimda bir o'tinchi bo'lgan ekan. U tog'lardan o'tin terib kelib, shaharda sotib, xotini va o'g'illarini boqardi. O'g'illar esa o'tinchining farzandi ekanligidan or qilishardi. «Otamiz o'tinchi», deb birovga aytisholmasdi. ...

IBRATLI HIKOYA

Bir kuni farishtalar bekorchi bo‘lib, bir ermak qidirib qolishibdi. Shunda ulardan biri: - Keling, odamzoddan biror nimasini o‘g‘irlab olib, yashirib qo‘yamiz, - debdi....

Jumbok 11 qism

Samdosh hitoyni avtorom resbublikasi bulmish urimchi shahriga etib bordi 1979 yilari ustozi Malikni kidirib tobdi......

Kalit nega eshikni ochmayapti?

Bu voqea 1979 yilda yuz bergandi. O'n to'rt yoshlarda edim. Onam ko'chada kalitni yo'qotib uyga kelibdilar. Kalitning bir nushasi otamda edi. Otam bozorda savdogarlik qilardilar. Men bir yugurishda bozorga borib otamdan kalit nushasini olib, kalit yasovchi usta aqlli amakiga olib borib nusha yasattirib uyga chopishim kerak edi. Nega "Aqlli amaki”...

AYOL Yaratilishi haqida.

AYOL Yaratilishi haqida. Alloh taolo ayolni yaratayotganda, uni 6- Kuni kechroq ishladi. Shunda uning oldiga farishta kelib dedi:“nima uchun bunga shunchalik ko'p vaqtingni sarflayapsan?” Alloh taolo javob berdi: “men uni yaratishim uchun e'tibor berishim lozim bo'lgan jihatlarini ko'r. U oson yuvilivchan bo'lishi lozim, lekin yelimdan bo'lishi...

TO'TIXONNING TANGOSI (hajviya)

Qish. Hammayoq oppoq qor bilan qoplangan. Qishloq ko'chasi bo'ylab rizqini terib yurgan qora qarg'a bir chetda titrabgina turgan to'tini ko'rdi-yu, hayratdan qag'illab yubordi. — To'tixon, ko'chada nima qilyapsan?...

G'azab

Bir kuni ilon duradgor ustaxonasiga kirib uyoq-buyoqqa o‘rmalay boshladi. Yerda yotgan arra ustidan sudralib o‘tgan edi, yengilgina jarohat oldi. Ilon bundan g‘azabi kelib, unga javob qilaman deb arrani tishlagan edi, og‘zining atrofidan qon oqib chiqdi. Ilon menga arra hujum qilmoqda, o‘limga to‘qnash keldim shekilli, deb o‘ylab, unga kuchli...

Sevasizmi

Yodga soldi o‘pichlaringiz  Sizdan oldin o‘pgan ayolni.  U ham sizga o‘xshab berardi  «Sevasizmi?» degan savolni....

Shirin xurmo

Shaharning gavjum va sershovqin bozorlaridan biri. Ustiga uyum-uyum xurmolar terilgan bozor rastasi. O‘rtaliqdagi joylardan birida lab-lunjiga ayamay bo‘yoq chaplagan, qirq yoshlardagi to‘lagina juvon savdo qilmoqda. Qo‘li-qo‘liga tegmaydi.  Xaridorlar biroz siyraklashgach juvon yonidagi sotuvchilar safiga kechagina qo‘shilgan odmiroq kiyingan...

Fikr qo'shish