Jasur Umirov - Leyla
Jasur Umirov - Leyla Текст песни
Ey yosh, qalam qosh,
Tanlaganing mandan ustun bo`la oldimi?
Hey yosh, bag`ritosh,
Alamlardan qilgan ishing to`g`ri bo`ldimi? (x2)
Oqshom uchrashuvga chiqdim,
Saning mahallang tamon.
Qo`shni hovlidan gul uzdim,
Sanga yoqay deb jonon.
Hecham kutmagan voqea
Bugun manga yuz berdi:
Bugun sani to`ylaringdan
Yig`lab qaytdim, ey go`zal.
Ko`z yoshlarim oqdi tim-tim,
Nega qarab turding jim?
Nega qiynading jonim?
Sansizlik, bilsang jonim,
Manga qanchalar azob.
O`sha azoblardan, jonim,
Qutilarman men qachon?
Yolg`iz bu boshimga
Shu savdolar bormidi?
Bu yolg`iz boshimga
Keng dunyolar tormidi?
Endi qanday yashayman,
Sensizlikka ko`nmayman.
Bir umr yolg`iz qolsam,
Seni hech tinch qo`ymayman.
Ey yosh, qalam qosh,
Tanlaganing mandan ustun bo`la oldimi?
Hey yosh, bag`ritosh,
Alamlardan qilgan ishing to`g`ri bo`ldimi? (x2)
Kechagina ko`changda
Yig`lab xayrlashgandik,
Bir umrga esdalik
Bo`lib qoldi, ey go`zal. (x2)
Ey yosh, qalam qosh,
Tanlaganing mandan ustun bo`la oldimi?
Hey yosh, bag`ritosh,
Alamlardan qilgan ishing to`g`ri bo`ldimi? (x2)