Hikoya: Qasdli dunyo

Hikoya: Qasdli dunyo
Hikoya: Qasdli dunyo


Hikoyamiz qahramoni — ikki nabirali ayol.
Bittagina o'g'li xotinining gapiga kirib, boshqa joyga ko'chib ketdi-yu, alam nimaligi, yolg'izlik qanchalik dahshatli ekanini vujud-vujudi bilan his etayotgan Farida opa eshigini qoqqan o'zi tengi erkakdan ko'z uzolmay qoldi. «Xudoyim, menga nima bo'ldi? »
O'shanda ijaraga uy qidirib yurgan bu odamning ham ikki ko'zi ostonada bir xil bo'lib turgan uy sohibasida edi. U ham ayolga allatarz qarar va… noma'lum hisdan sarxushlanib, toshday qotgan oshiqni eslatar edi holati. Nahot bir ko'rishda oshiqu beqaror bo'ldi-qoldi?
— Odam qo'yib bo'lgandim-da, — dedi Farida opa.
— Kechikibman-da?.. — shashti pasaydi erkakning.
— Yosh oilaga bervordim. Sizga ham oilagami?
— Yo'q, ajrashganman. Turmushimiz o'xshamadi, uydan chiqib ketdim.
— Shunaqa deng… — opa keluvchiga boshdan-oyoq razm solarkan, bir lahzada ming fikr boshidan o'tdi. Ko'z o'ngida o'g'li jonlandi. «Tashlab ketdi-ya, xotinini deb! Men bo'lsam, o'g'lim bor-ku, deb qayrilib qaramabman biror erkakka. Nima, tengim topilmasmidi?.. Sen ham ayolsan, Farida… Shuncha umring o'tdi bolang uchun! U nima qildi?!»
— Ichkariga kiring! — dedi ayol beixtiyor.
Dasturxon yozildi. Ko'ngilli, huzurbaxsh o'tdi birinchi suhbat. Uy sohibasi «mehmon»ni yo'lakkacha kuzatib qo'ydi.
Keyin-keyin bu erkak ko'p keladigan bo'ldi. Farida opa yotsa ham, tursa ham uni o'ylardi.   «Sezyapman, u ham befarq emas. Nahotki shu istarali, basavlat, barno kishining hayotimga kirib kelayotgani rost bo'lsa?..»
— Qachon nikoh o'qitamiz? — so'rab qoldi bir kuni erkak.
— Nikoh?! — hayajonlanib ketdi Farida opa. — Darrov, a?
Ayol o'yga toldi. Shoshilmayaptimi? Axir eskilar «Sina, so'rab-surishtir» deyishgan. Ammo «Bir qarashdagi muhabbat» degan gap ham bor-ku dunyoda! Bir qarashdagi muhabbatdan baxt topgan, bir umr saodatli hayot kechirgan odamlar ozmi?
* * *
Qaynona-kelinning chiqisholmasligi oila tinchini buzar, tang ahvolda qolgan Farhod ikki o't orasida yonardi: onasini desinmi, xotininimi?
Oxir-oqibat beshtagina a'zosi bo'lgan xonadon ikkiga bo'lindi.
Farhod Chirchiqdan uy sotib oldi. Yangi ish topdi. Qulog'i ham tinchlangandek bo'ldi-kuya, lekin xayoli Toshkentda, yolg'iz onasida edi. Yolg'izgina onasi…
Eshitdiki, onasi uyiga bir oilani ijaraga qo'yibdi. Yaxshigina ijara haqiyam olarkan. Lekin, ehtimol, u ham ruhiy iskanjada: o'g'li bor, kelini, nabiralar… Ammo begonalar bilan yashayapti?
Eri avtofalokat tufayli vafot etib, beva qolganida Farida opa yigirma ikkida edi. Hayotini yolg'iz farzandiga bag'ishladi. O'qitdi. Uylantirdi. Ammo… Farhod nima qildi? Onasi jahl ustida: «Yo men, yo xotining!» — degan edi, kimni tanladi? Xotinini! Xotin aziz ekan-da, onadan ham?!
Qattiq alam qilardi Farida opaga: «Xotin topiladi. Lekin ona-chi?!»
"Onaning mo''tabar zotligini kim bilmaydi? — o'ylardi   Farhod. — Lekin kelin kim? Cho'rimi? U ham birovning erka qizi, jigarbandi emasmi? Shirindan-shakar ikkita bola bo'lsa o'rtada. Sarson-sargardon bo'lishsinmi ular? Yetimlikning og'ir kunligi ma'lum. Tirik yetimlik undan-da og'ir-ku?”
Bir kuni g'alati xabar eshitdi-yu, Farhodning ichida nimadir sindi: «Ey, Xudoyim, oyim… erga tegyapti?..»
"Nima bo'pti? — ichidan chiqardi bir ovoz. — Onang nojo'ya ish qilmabdi, oila qurmoqchi, xolos. Boshqa turmush qurish, xonadon saodatidan bahramand bo'lishga u ham haqli? Sabriga balli — bittagina bolasini o'ylab, yigirma besh yil yolg'iz yashadi-ya! Xo'p… Lekin u erkak kim? Qanaqa odam?»

* * *
Farhod onasinikiga bordi. Gapni nimadan boshlashni bilmay: "U odam…” — degandi, "Xotirjam bo'l, sinadim”, — dedi Farida opa o'g'lining nima demoqchiligini anglab.
— Qachon ulgurdingiz? — kinoya sezildi farzandning so'zida.
— Hisob berishim kerakmi? — onasi qoshini chimirdi. — O'zlari hisob berganmidilar?
— Oyi…
— Nima, oyi?!..
Devorga suyangancha behol-bemajol turib qolgan Farhod iztirobini jilovlashga urinib:
— Men ham u bilan yaqindan tanishay, kimligini bilay, — dedi.
Onasi jerkib berdi:
— Aytdim-ku, kimligini! Bir musulmonning farzandi. Toparmon-tutarmon. Ha, endi… ikkita bolasi bor ekan birinchi xotinidan. Hech nimani yashirmadi. Nima, turmushi o'xshamaganlarning hammasi yomonmi? Ko'chadagi betayinni uyga opkirmasam kerak, onangdayam aql bor!
Farhodning lablari o'zidan-o'zi titray boshladi:
— Aqlli ona… qasos olmaydi farzanddan. Bu yo'l bilan o'ch olmaydi!
— Tushunmadim, nima deding? Qanaqa qasos? Shunchaki… ketishing bilan u paydo bo'ldi. Hayotimda o'zgarish bo'lishini istadim men ham. Bilaman, bu senga yoqmaydi!..
— Odamlar nima deydi?
— Kim nima desa, deyaversin! — tutaqib ketdi Farida opa. — Shuncha umrim bolam deb o'tdi. Seni deb! Qadrimga yetdingmi? Jodugaringni deding! Ha, mayli. Tushunaman seniyam, usiz yasholmaysan. Ammo sen ham meni tushun! Har kimga o'z hayoti shirin ekan. Men ham o'zim uchun bir yashay! U so'z berdi, umrimning oxirigacha xafa qildirib qo'ymayman, deb. Iltimos, yo'limga g'ov bo'lma.
— O'ylab ish qilyapsizmi o'zi?? — jig'ibiyron bo'ldi   Farhod. — Tuzukmi, buzuqmi… Ko'chadagi bir o'g'rimi, firibgarmi bo'p chiqmasin, tag'in?   Keyin attang qilib qolmang? Qaerlik ekan?
— Bolam, unaqa emas. Aytdim-ku, xotirjam bo'l, deb. Surishtirdim, tag-tugli, o'zi asli marg'ilonlik boyvachcha!
— Marg'ilonlik boyvachcha?.. — Farhod dardli pichirladi-da, chuqur xo'rsinib, boshini sarak-sarak qilarkan «Boyvachcha boshiga uradimi sizni, oyi? Manavi uyga ko'z olaytirgan u rasvo!» demoqchi bo'ldi-yu, ko'ksidagi faryod qanchalik kuchli bo'lmasin, tilini tiydi.
— Oyijon! — yosh ko'rindi farzandning ko'zida.
— Men bir to'xtamga keldim, — devorga qaradi Farida opa. Keyin o'g'liga shunday qarash qildiki, ko'zlaridan ham xuddi o'sha gapni «Ra'yidan qaytaraman deb xomtama bo'lma!» degan ma'noni anglash qiyin emasdi.
Farhod bo'shashganicha tashqariga chiqdi. Chirchiqqa qaytdi. Lekin xayoli Toshkentda edi. «Onamga nima qilgan? U nima qilmoqchi?»
To'ng'ichi: «Qachon uyimizga qaytamiz?» — deb tizzasidan quchgan edi, baqirib yubordi:
— O'z uyimizdamiz-ku?
— Toshkentga qaytishni xohlayman, ada! Buvimni sog'indim…
— Buvingni sog'ingdingmi, janjalnimi? Zo'rg'a qutuldig-u, bolajonim? — dedi Farhod va ko'zlarini xotiniga qadadi:
— Shundaymasmi, onajonisi?
Soniya nigohini olib qochdi.
Ha, endi Farhodning qulog'i tinch. Janjal yo'q… Ammo yelkasidan og'ir bir yuk bosganday o'zini behalovat sezar, ichini nimadir kemirardi: «Onam nima qilmoqchi menga qasdma-qasd?!»
Soniya iymanibgina:
— Oyimlar yaxshimi? — deb so'radi.
Farhodning yuziga tag'in istehzo yugurarkan:
— Salom deb yubordi! — deya ovozini balandlatdi.
Soniya o'g'ilchasini yetaklab ichkari uyga kirib ketdi. Farhod egilgan boshini qo'llari orasiga oldi. Bir oh urdiki, yelkalari titrab ketdi…
* * *
Kelinda ham oldingi shasht yo'q. U sekin boshini changallab o'tirgan erining yoniga keldi-da, poyiga o'tirdi. Tizzalariga boshini qo'yib:
— Meni deb iztirob chekyapsiz, dadasi, — dedi titroq ovozda.
— Nima?..
— Xotiningizning gapiga kirib, shu bo'ldimi ahvolingiz? Shumi alohida yashash? — Soniyaning g'amgin va xijolatomuz nigohi yerda edi. U boshini pastroq egib yig'lamsiragan ko'yi davom etdi:
— Tushunishga harakat qilmadim oyimni! Bir gapdan qolmadim… Bolalarniyam ko'ryapsiz. Qachon qaytamiz, deyaverib… Dadasi, ketaylik?
— Qayoqqa?..
— Ko'nglingizdan nimalar kechayotganini bilib turibman, Farhod aka. Qay yuz bilan ostona hatlaymiz, deb azobdasiz.
Farhod o'tirgan joyida bir qimirladi: «Ko'nglimdan nimalar kechayotganini bilmaysan, Soniya. Yangilikdan xabaring yo'q!»
— Ketamiz. Ketamiz o'z uyimizga, Farhod aka!
— Buning iloji yo'q!
— Nahot?!
— Qayoqqa ketamiz?! U uyning eshigi endi berk. Biz uchun eshiklar yopilgan, Soniya!
— Gunohim shunchalik og'irmi? — Soniya yig'lab yubordi.
— Aybdor — ering, — ta'sirlangan Farhod Soniyaning ko'z yoshini artdi-da, uning yoniga cho'kka tushdi. — Hammasiga sababchi onasini yolg'iz tashlab ketgan xudbin o'g'il!
* * *
Farhodning qo'l telefoni jiringladi.
— Bolam…
G'alati eshitilgan ovoz Farhodni dovdiratib qo'ydi.
— Ha, oyi? Tinchlikmi? Tuzukmisiz?
— Tuzukman, xavotirlanma… — zo'rg'a pichirladi Farida opa.
— Yashirmang, nima bo'ldi? Kim xafa qildi?
— Bolam, haq bo'lib chiqding!
— Nima?..
* * *
Farida opa ko'rpa-tushak qilib yotar, a'zoi-badani qaltirardi.
— Kim keldi, dedingiz?
— Ikki militsioner va bir ayol.
— Ayol? Xotini ekanmi? — g'azabi junbushga kelardi Farhodning.
— Yangisi. To'rt oycha oldin bechoraning ishonchini qozonib, uyiga joylashvolib, uylanishgayam ulgurib… Keyin nima qilibdi, bilasanmi?
— O'marib ketibdimi bor narsani?
— Ayol ishdan qaytsa, uy bo'm-bo'shmish. Uning kuniga tushishimga sal qoldi, bolam! Yer yutsin ikki nabirali bo'lib ham, esi kirmagan, duch kelganga eshigini ochib bergan     onangni! Xudo olsin bu yaramasni!
— Oyi, unaqa demang. U…
— Qidiruvda ekan, qo'lga tushibdi. Shunga qaramay mendan ham allambalo ko'rsatmalar olishdi. Yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketmadim, Farhod! Bir o'zingiz turasizmi, bola-chaqangiz yo'qmi, deb so'rashdi…
— Sizni yolg'iz qoldirgan bu men — noshud farzandingiz! Menga la'nat!
— Yo men, yo xotining, deb og'ir shart qo'ygan beandisha onang-ku!
— Xo'sh, keyin nima qildi «andishali» o'g'lingiz? Tashlab ketishi kerakmidi onasini? Mening eng katta xatom — g'azab ustida bir o'zingizni tashlab ketganim, yolg'iz qoldirganim! Anavi kirib kelarmidi men shu yerda bo'lsam? Haddi sig'armidi? Ha, mayli. Bo'lgan ish bo'pti. Siz endi o'zingizni qo'lga oling…
Farida opa shiftga qaragancha xayol surar — o'g'lining ko'zlariga qarashga botinolmasdi. Farhod ham o'zini behalovat sezar, vujudi olovlanardi: «Unaqa ayol emasdi mening onam. Lekin alam… Alamzadalik! Uni shu ko'yga solgan men — o'g'limasmi?!»
— Nabiralarimniyam sarson qildim…
G'aribona yotgan Farida opa shunday dedi-yu, eshik ochilib, nabiralari kirib kelishdi:
— Sizni sog'indik, buvijon! Judayam sog'indik!
— Bolajonlarim! — ko'zlari chaqnagan Farida opa o'rnidan turib ketdi. U nabiralarini bag'riga bosar, hayajondan entikardi.
«Yana kimdir kelishi kerak!» — ayol umidvor ko'zlarini eshikka tikkan edi, ostonada kelini paydo bo'ldi. Chehrasi yorishib ketdi Farida opaning.
Soniya ko'zlarini aybdorgina javdiratib turar, qalbiga iliqlik ingan turmush o'rtog'i esa unga minnatdor boqardi…

Ikki piyola suv

Qadim zamonda boyligi bilan maqtanuvchi hukmdor bo‘lgan edi. U qayerga bormasin, xazinasidan bir qism olib, uni boshqalarga ko‘z-ko‘z qilar edi......

Musofirlar taqdiri.... (5 qism)

Vaziyat chigallashib ketdi. Murodali ilgari birga ishlagan yigitlari bilan gaplashib ularnikida ikki uch kun yashab turishga ko'ndirdi. Ular Aynur va bolasini yigitlar orasida yashashini istashmasdi. Lekin sovuqda bu musofirlar qayerda qoladi deb Murodali ularni xam olib bordi. Kechga borib bir xaftalardan beri qo'ng'iroq qilolmagani uchun onasiga...

Meni yig‘latgan hikoya

Bu hikoyani birov aytib berdi. Meni kanalimdagi "Xoshim" nomli hikoyamni o‘qigan inson aytib berdi. Eshitganda bir yig‘laganidim. Yozib tugatguncha yana yig‘ladim. Balki mening ko‘nglim bo‘shdir. Siz ham o‘qib ko‘ring azizlar!......

Safardagi xodisa

Bir yigit bemor yotgan qarindoshining xolidan habar olish maqsadida yo'lga chiqibdi. Qo'lida ikkita non, meva-chevasi bor. Birmaxal,tutzor bo'ylab sekin ketayotganida tut tagida yig'lab o'tirgan bir kimsaga ko'zi tushibdi......

Xiyonatning achhiq sabog'i

Mustafo ishdan erta kelganidan afsuslandi. Tozalanmagan uy, dazmollanmagan kiyimlar, bo'sh qozon, chaqaloqning tinimsiz yig'lashi — bularning bari yigitning yuzini burishtirardi-yu, lekin o'zini bosishga urindi......

Dada, oyim nimaga uyg'onmayaptilar?.

Jajji bolakayning savoli shundog'am siqilib turgan dadasining yuragini ezdi. Ög'lini tizzasiga ötqazdida, peshonasidan öpdi. "Oying ög'lim, rosa charchagan. Endi bir-necha kun uxlab, yaxshilab dam olishi kerak" Bolakay indamadi. 5 yoshli bolakay onasining og'ir kasalligini ancha oldin fahmlagandi. Shifoxonaga dadasi körishga olib borganida, oyisi...

Qabrda xam RASHK qilaman

(Xayotiy hikoya) Bir yigit dinu diyonatli va go'zal hulqli qizga uylandi. Ikki yosh bahtli xayot kechira boshladi... Oradan uch yil o'tdi. Ammo taqdir taqozosi bilan Allox taolo farzand bermadi. Qator shifokorlar xuzuriga borishdi. Ohir oqibat tekshiruvlar hulosasiga ko'ra ayol farzand ko'ra olmasligi ma'lum bo'ldi. Bundan habar topgan kuyovning...

Hikoya: «Qon va qasos»

— Ustoz, «Menga it tegdi», degani nima degani? Sumkasiga turli narsalarni solish bilan andarmon bo'lib o'quvchilarining        shovqin-suron bilan sinfdan chiqib ketayotganiga unchalik e'tibor bermayotgan Iroda muallim bu savolni eshitib, titrab ketdi. Keyin oldida jovdirabgina turgan Muzaffarning ko'zlariga tikilib, uning qo'llaridan tutdi-da,...

O'limga olib kelgan sevgi yohud

Bola: Salom qalesan  Qiz: yaxshi zo'r raxmat ozingchi sinfdosh  bola: yaxshi  qiz: Nima qilayapsan ...

Nishonga urilgan gaplar: “Agar erkak ayolini suv bilan sug'orsa, (ayoliga suv ichirsa), ajr oladi”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.  Umidsizlikka tushma! Alloh taolo sen uchun tor joylardan chiqadigan yo'lni ato etadi. Sen ushbu oyatni yodingda tut: "Qachon biron narsani iroda qilsa, Uning ishi "Bo'l” demoqlikdir, xolos. Bas, u narsa bo'lur”(Yosin surasi,...

Fikr qo'shish