Sabr daraxtining mevasi

Sabr daraxtining mevasi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Katta bir shahar bo‘lgan ekan. U yerning aholisi judayam mehnatkash ekan. Bu shaharda bir etikdo‘z yashar ekan. Uning Ko‘sa ismli o‘g‘li bor ekan. Etikdo‘z har kuni charchab ishdan qaytganda Ko‘sa bilan suhbatlashar, bolasining biyron javoblaridan yayragan etikdo‘z birpasda charchog‘ini unutib yuborarkan. Kunlar o‘taveribdi. Ko‘sa ham ancha ulg‘ayibdi...

Ochko‘z bo‘ri

Ochko‘z bo‘ri

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, ulkan o‘rmonda bir ayyor tulki bo‘lgan ekan. Bir kuni u yo‘lda, bo‘rini uchratibdi. Bo‘ri semizgina quyonni tishlab ketayotgan ekan. Tulki bo‘riga...

Qirq yamoq haqi

Qirq yamoq haqi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, biz ko‘rmagan, biz bo‘lmagan zamonlarning birida ikki qo‘shni bo‘lgan ekan. Biri o‘ta boy, bo‘g‘zigacha moy, ikkinchisi uning xizmatida sochi oqargan, ammo kosasi oqarmagan kambag‘al ekan...

Shlyapa kiygan haykallar

Shlyapa kiygan haykallar

Tog‘dagi bir qishloqda nihoyatda kambag‘al chol bilan kampir yashar edi. Er-xotin poxoldan shlyapa to‘qishar, chol ularni shaharga sotgani olib borardi. Savdosi yurishsa, biror yegulik olib qaytardi. Shlyapa sotilmagan kuni qariyalar och-nahor uxlashga majbur bo‘lishardi...

Dariya va turfa rang baliqchalar

Dariya va turfa rang baliqchalar

Qachonlardir ko‘m-ko‘k tubsiz dengiz va qalin zumrad o‘rmon oralig‘idagi kichkina qishloqda baliqchilar oilasi yashagan ekan. Xonadon sohibi Kali, mehribon beka Dilda, o‘g‘li Mansur va sohibjamol qizaloq Dariyadan iborat bu uyda barchaning o‘z yumushi bor edi. Kali baliq tutib kelar, Mansur parranda va darrandalarni ovlashda mohir edi. Dilda va Dariya uy ishlari bilan mashg‘ul edilar. Xonadonga kulfat yetmaguncha ular juda baxtli edilar. Hammasi bolalarning onasi Dildaning vafotidan so‘ng boshlandi...

Bahodir tabib

Bahodir tabib

Bor ekan-u, yo‘q ekan, qadim-qadim zamonda, juda olis tomonda, baland tog‘lar etagidagi kichkina bir kulbada Bahodir ismli bola bobosi va buvisi bilan yashar ekan. Bahodir yashaydigan shaharda vabo kasali keng tarqalgan bo‘lib, otasi va onasi shu kasalga chalinib vafot etgan ekan. Buvasi uni erkalab, Bahodirtoy, deb chaqirarkan. Ammo bu baxtli kunlar ham uzoq davom etmabdi. Avvaliga buvisi, keyin buvasi qazo qilibdi. Bahodir bir o‘zi qolibdi...

Boylik topgan bola

Boylik topgan bola

Bor ekan-u, yo‘q ekan, qadim o‘tgan zamonda bir cholning ikki o‘g‘li bo‘lib, ulardan biri sabrli va mehnatkash, ikkinchisi esa yalqov va ishyoqmas ekan. Katta o‘g‘il tinmay mehnat qilgani uchun ham sog‘lom va baquvvat bo‘lsa, dangasa o‘g‘il xo‘ppa semiz va dardmand ekan...

Toshqotgan ajdarho

Toshqotgan ajdarho

Qadimda Boysun bilan Sho‘rchi orasidagi kichik so‘qmoq Qoradaradan o‘tardi. Savdogar, yo‘lovchi karvonlari ming azob bilan dara ichidan o‘tib, Hisor tomonlarga borishardi...

Tulkining uyi

Tulkining uyi

Bor ekan-u yo‘q ekan, och ekan-u to‘q ekan, obod dasht qishlog‘ida tomorqasi kattagina ahil oila yashar ekan. Uy bekasining buyurtmasiga ko‘ra ota-o‘g‘il shu tomorqalari chetida qurgan yangi qo‘noq – tovuqkatak binoyidek chiqibdi. Mo‘jaz hovlisi sim to‘r bilan o‘ralgan. Erta-indin tovuqlar shu joyga ko‘chiriladi. Tushdan keyin bekaning o‘g‘li Javlon qarasa, zanjirdagi Olg‘ir laqabli itlari yangi qo‘noqqa intilib tinmay hurayotganmish. Asta borib mo‘ralabdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, qo‘noqda sariq-qo‘ng‘ir yungli bir tulki ko‘zlari chaqnab, pusib o‘tirganmish. Hurpaygan dumi uzun, uchi oq...

Xo‘roz mingan bola (ertak)

Xo‘roz mingan bola (ertak)

Bo‘rivoy hovliga chiqib, u yoq-bu yoqqa qaradi. Don cho‘qilayotgan xo‘rozni bir tepib, qoqolatdi-yu, ko‘chaga oshiqdi. Kechqurun hovli chetidagi tovuqxonada tepki yegan xo‘roz yig‘lamsirab, hasrat qila boshladi...

Sichqonning noshukurligi

Sichqonning noshukurligi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, ko‘m-ko‘k o‘rmon yoqasida bir uy bor ekan. Bu uyda bir keksa kampir yolg‘iz yashar ekan. Bir kuni kampir eshik yonida ip yigirib o‘tirganda, qarg‘a quvlab kelayotgan sichqonni ko‘rib qolibdi. Kampir o‘rnidan turib, qarg‘ani kaltak bilan haydabdi. Sichqonni uyga olib kirib, oldiga bir kaft guruch to‘kibdi...

Dehqon va Jin

Dehqon va Jin

Qadim zamonlarda Baliqko‘l tomonlarda bir Jin bo‘lgan ekan. Kunlarning birida uning xojasi olamdan o‘tib, Jin ozodlikka chiqibdi. U hech qachon mustaqil, ozod yashab ko‘rmagan ekan. Endi nima qilsam ekan, yo o‘zimga boshqa xo‘jayin topsammikan, deb ketayotib dalada mehnat qilayotgan dehqonga duch kelibdi. U terlab-pishib yer chopayotgan ekan. Jinning dehqonga rahmi kelib...