Jaxil ustida so'ralgan taloq

Bir kuni oilalik bir er, uyiga qaytishi bilan ayoli janjal ko‘tara boshladi. Janjal shu darajada avj oldiki, xatto ayol taloq so‘rashga o‘tdi. Jahl otiga minib olgan ayol, talog‘ini berishini so‘rashdan nariga o‘tmay qo‘ydi. Hech chora topmagan er, qog‘oz qalamni olib "Ha, men Faloniy o‘g‘li Falonchi, aqli hushim joyida, nima deyayotganimni yaxshi bilib turgan holimda iqror bo‘lmoqdaman: Men, ayolimni taloq qo‘yish niyyatim yo‘q. Undan boshqasi kerak ham emas." deb yozib qo‘yib, qattiq g‘azab bilan tashqariga chiqib ketdi.