![Vitr namozi]()
Savol: Vitr namozi qanday o‘qiladi va u necha rakat?
Javob: Vitr 3 rakat bo‘lib, Huftondan keyin o‘qiladi, undan oldin joiz emas. Kim vitr o‘qimoqchi bo‘lsa namozni boshlash uchun takbir aytadi, so‘ng “Sano” “Taavvuz” “Basmala” “Fotiha” va zam suralarni o‘qiydi. So‘ngra ruku va ikki bor sajda qiladi. Keyin ikkinchi rakatga turadi va boshqa namozlar kabi davom ettiradi. So‘ng o‘tirib tashahhud o‘qiydi va uchinchi rakatga turadi. Unda “Fotiha” va zam sura o‘qiydi va qiroatdan forig‘ bo‘lgach quloqlariga qo‘llarini ko‘tarib takbir aytadi, so‘ng “Qunut” duosini o‘qiydi. “Qunut”ni o‘qib bo‘lgach takbir aytib ruku qiladi va uchinchi rakatni boshqa namozlar kabi tamomlab qo‘yadi...