Nabiy alayhissalom qo‘llari bilan ko‘tarib olgan sahoba

Bu sahobani ko‘pchiligimiz tanimaymiz. Moddiy jihatdan faqir, ammo iymonga boy, moli, mansabi, uyi yo‘q, to‘shagi tuproq, bolishi bilagi, taom topsa yer, topmasa ro‘za tutardi. Biroz ko‘rimsiz, ammo go‘zal xulqli bu sahobaning ismi Julaybib roziyallohu anhu edi...