Muhabbat

Muhabbat

Muhabbat, sen chiroyli, Muhabbat, sen gozalsan.
Tagin bir zum turaylik, Gapirmayman, uyalsang...
Song ketarmiz. Sezdimki Men orzuga yetmadim.
Seni shunday sevdimki Qo'lingdan ham tutmadim.
Qo'ling... sening qo'llaring, Muloyimdir, ehtimol.

Ayri tushdi yo'llarim, Sevar yorim, yaxshi qol.
Muhabbat, unut meni, Va men ham... unutmayman.
Tushlaringda kut meni, Tushlaringga kirgayman...
Muhabbat, sen chiroyli, Muhabbat, sen gozalsan.
Kel, ko`rishib turaylik, Salomlashmay, uyalsang.