🎵 Qoʻshiq matnlari

Sarbon guruhi - Qarab

1.7K marta oʻqildi
Sarbon guruhi - Qarab
Qizlar aro ohista bo`ylab,
Sumbul-sumbul sochlaring o`ynab, (x2)
Birov bilmaydiku deb o`ylab,
Qarab-qarab qo`yasan, jonim,
Qarab mani suyasan, jonim. (x2)
Nigohingga mehringni joylab,
Husning bilan ko`zimni bog`lab, (x2)
Qaramagan chog`imni poylab-ey,
Qarab-qarab qo`yasan, jonim,
Qarab mani suyasan, jonim. (x2)
Aytay desang ko`ngling rostidan,
Qutilmaysan hayo dastidan. (x2)
Faqatgina ko`zlar ostidan
Qarab-qarab qo`yasan, jonim,
Qarab mani suyasan, jonim. (x2)
O`tib ketsang yonimdan kulib,
Senga tashna zorligim bilib, (x2)
Nogoh bir ortingga qayrilib,
Qarab-qarab qo`yasan, jonim,
Qarab mani suyasan, jonim. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!