🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozoda Nursaidova - Ajdodlar

1 daqiqa 12.5K marta oʻqildi
Ozoda Nursaidova - Ajdodlar
Tinglang, xikmat soʻylayotgan
Azim chinor yaprogʻidir.
Moziylardan sado bergan
Toʻlqin-toʻlqin titrogʻidir. (x2)

Bu Temurbek tugʻyonidir,
Temurmalikning oxidir.
Toʻmarisning soʻrogʻidir,
Xam Shiroqning nigoxidir.
Belni bogʻlar chogʻidir bu,
Oʻzni chogʻlash chogʻidir.

Koʻkka boqsang, Bibihonim
Surati koʻz oldida.
Yorga boqsang, Xusayniyning
Turbati koʻz oldida.

Kunga boqsang, Boburiyning
Shiddati koʻz oldida.
Oyga boqsang, yuzlarida
Orzu-umid dardogʻidir.

Oʻzbek degan noming bor,
Gʻururing bor, oring bor.
Beshigingda Toʻmaris,
Xar uyda Boburing bor. (x2)

Oʻn besh deganda oy toʻlar,
Toychoqlaring xam toy boʻlar.
Maysalar bugʻdoy boʻlar,
Bugʻdoylaring shirmoy boʻlar. (x2)

Jilgʻa uygʻonsa agar,
Oʻn besh deguncha soy bolar.
Senga kuch bergan – bobolar
Xoki-yu tuprogʻidir.
Belni bogʻlar chogʻidir bu,
Oʻzni chogʻlash chogʻidur.

Davralarning toʻri senga
Muntazir, sen xaqlisan.
Alloximning suyugisan,
Avliyolar axlisan.

Bahtli boʻlsak bir boʻlib,
Yakdil boʻlib bahtlisan.
Ulug' zot bayrogʻidir,
Oriyat belbogʻidir.

Oʻzbek degan noming bor,
Gʻururing bor, oring bor.
Beshigingda Toʻmaris,
Xar uyda Boburing bor. (x2)

Bu Temurbek tugʻyonidir,
Temurmalikning oxidir.
Toʻmarisning soʻrogʻidir,
Xam Shiroqning nigoxidir.
Belni bogʻlar chogʻidir bu,
Oʻzni chogʻlash chogʻidir.

Oʻzbek degan noming bor,
Gʻururing bor, oring bor.
Xar beshikda Toʻmaris,
Xar uyda Boburing bor.

Oʻzbek degan noming bor,
Gʻururing bor, oring bor.
Beshigingda Toʻmaris,
Xar uyda Boburing bor.

Xar beshikda Toʻmaris,
Xar uyda Boburing bor.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!