Tohir Mahkamov - Chigallarni yecholmasman

Hayot sen oldimga qo`ygan chigallarni yecholmasman,
Ayirding barcha orzudan, vale sendan kecholmasman.
Netay shunday parisanki, seni sevmay ilojim yo`q,
Qulingman, jabr qilsang ham, biron yoqqa qocholmasman.
Hamisha menga kelganda oqar daryo qurib qoldi,
Yutoqib jon tutar meni, vale hargiz qucholmasman.
Saning himmatlaringni men qadriga qancha ko`p yetsam,
Ichimdan shuncha ko`p yig`lab, alamdan ko`z ocholmasman.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!