🎵 Qoʻshiq matnlari

Shohruhxon - Yoningdaman

2.1K marta oʻqildi
Shohruhxon - Yoningdaman
So`zingga qaraganda, jonim,
Ko`zlarim sendamas ekan.
Nimadur mening nigohimda
Senga yoqmas ekan.
G`oyalarimga ishonmaysan,
Qizg`onasan meni hammadan.
Afsuski, seni sevishimni
Hecham o`ylamaysan.
Sen yig`lama, sen o`ylama,
Sen yig`lama, men yoningdaman! (x2)
Necha yil birgamiz, go`zalim,
Senda esa shubha hamon.
Xayolingning chetida yashar
Bo`lmag`ur gumon.
Qiynamagin, jonim, o`zingni,
Iltimos, yig`ishtir rashkingni.
Seni bir umrga sevganman,
Bila turib shu feʼlingni.
Sen yig`lama, sen o`ylama,
Sen yig`lama, men yoningdaman! (x2)
Yoningdaman…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!