🎵 Qoʻshiq matnlari

Azizshox - Koʻzlarim yana

1.4K marta oʻqildi
Azizshox - Koʻzlarim yana
Balki ko`rmaganimda edi seni,
Bo`lardi hayotim o`zgacha.
Lekin taqdirim yetakladi meni
Sen tomonga aynan bu kecha.
Afsuslanmayman uchratganimdan,
Go`zalliging oldida tabiat jim.
So`z topolmayman, taʼriflarimdan
To`lmayapti bu kecha ko`nglim.
Ko`zlarim mana talpinadi yana,
Seni ko`rish uchun izlaydi bahona.
Ko`zlarim mana talpinadi yana,
Seni ko`rish uchun izlaydi bahona.
Maʼnoli nigohlaringdan olaman anglab
Menga ham befarqmasliging.
Yuz minglar ichidan aynan seni tanlab
Aniqdir adashmasligim.
Guldasta yasab kulgularingdan,
Yo`llagin uni hozir men tomon.
Bir joy ajratib ertaklarimdan,
Olib ketaman seni shu zamon.
Ko`zlarim mana talpinadi yana,
Seni ko`rish uchun izlaydi bahona.
Ko`zlarim mana talpinadi yana,
Seni ko`rish uchun izlaydi bahona. (x1+x2)
Ko`zlarim mana…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!