🎵 Qoʻshiq matnlari

Otabek Mutalxoʻjaev - Lolam

1.4K marta oʻqildi
Otabek Mutalxoʻjaev - Lolam
Sizga xabar bor, ikki og`iz so`z,
Xatga yozib, kabutardan yuboraman.
Bu nomai izhor, kulmang etib inkor,
Eʼtiroz etaman, kabutarda sevgi izhor etaman.
Taklifnoma bor, ichida sevgi izhor,
Darhol bu xabarga, jonim, aylang eʼtibor.
Bunda sirim oshkor, dardim nomi xumor,
Sizni sog`inaman, kabutarda sevgi izhor etaman.
Salom, asalim Lolam, asalim Lolam,
Sizni o`ylab juda ko`p sog`inaman.
Salom, asalim Lolam, asalim Lolam,
Kabutarda sevgi izhor etaman.
Ey pari, dildor, sizga sirlarim oshkor,
Sevgim bekitmay, bugun sizga yorilaman.
Shahdim juda hushyor, noz aylamang, ey yor,
Intizor kutaman, kabutarda sevgi izhor etaman.
Taklifnoma bor, ichida sevgi izhor,
Darhol bu xabarga, jonim, aylang eʼtibor.
Bunda sirim oshkor, dardim nomi xumor,
Sizni sog`inaman, kabutarda sevgi izhor etaman.
Salom, asalim Lolam, asalim Lolam,
Sizni o`ylab juda ko`p sog`inaman.
Salom, asalim Lolam, asalim Lolam,
Kabutarda sevgi izhor etaman. (x1+x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!