🎵 Qoʻshiq matnlari

Xurshid Rasulov - Ostonadan qaytgan sovchilar

1.9K marta oʻqildi
Xurshid Rasulov - Ostonadan qaytgan sovchilar
Ostonadan qaytgan sovchilar,
Mening ismim aytgan sovchilar,
Mendan uzr, sevgimdan uzr,
Ostonadan qaytgan sovchilar. (x2)

Biri onam, birlari xolam,
Ko`zlariga tor bo`lib olam,
Nahot shuncha baxtsiz deb bolam,
Ostonadan qaytgan sovchilar. (x2)

Bilmay sevdim olovni, muzni,
Bilmay sevdim bahorni, kuzni. (x2)
Endi qanday yupatay sizni?
Ostonadan qaytgan sovchilar.

Poyingizga boshimni uray,
Xudoyimdan umrlar so`ray. (x2)
Bevafoni sevmay men o`lay,
Ostonadan qaytgan sovchilar.

Boy qizini sevmay men o`lay,
Ostonadan qaytgan sovchilar.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!