🎵 Qoʻshiq matnlari

Zohid - Lablari gʻuncha

1.6K marta oʻqildi
Zohid - Lablari gʻuncha
Xayolimga kirib olding,
Tik qaratib koʻzlaring.
Bir oʻzing, bitta oʻzing,
Takrorlanmas goʻzalim.

Ayt, nega nozlaring
Meni oʻziga bogʻlab qoʻydi?
Ayt, nega koʻzlaring
Meni oʻziga avrab qoʻydi?

Qoʻydi, qoʻydi, qoʻydi oʻgʻirlab,
Sevgi dardiga mani toʻgʻirlab.
Sochlari ortida moʻltillab,
Sevgisi bilan sehrlab.

Lab-lablari gʻuncha,
Chiroylisan buncha.
Boshidagi “obodok”ida gulcha,
Yarashib turadi buncha.

Shamol, shamol uchiradi sochlari,
Kamon, kamon, kamondir qoshlari.
Yaxshi koʻrib qoldim, koʻzlari munchogʻim,
Sani bir kun koʻrmasam, tutadi xumorim.

Borim, sanda xayolim,
San mani koinotim, koʻzlari olmosim.
Toʻqqiz milliard odam orasidan topib qoʻydim,
Sani yorim, diloromim,
Chiroyligim, mani qoʻgʻirchogʻim.

Qoʻydi, qoʻydi, qoʻydi oʻgʻirlab,
Sevgi dardiga mani toʻgʻirlab.
Sochlari ortida moʻltillab,
Sevgisi bilan sehrlab.

Lab-lablari gʻuncha,
Chiroylisan buncha.
Boshidagi “obodok”ida gulcha,
Yarashib turar buncha.

Mehribonimsan oʻzing,
Betakrorimsan oʻzing.
Maftun boʻldim men senga,
Shu shahlo koʻzlaringga.

Kel, seni baxtli etay,
Baxtim tengin boʻlishay.
Teng yarmini ol, senga,
Yarmi qolsin menga.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!