🎵 Qoʻshiq matnlari

Ulugʻbek Rahmatullayev - Dadamga ichirmanglar

1 daqiqa 2.8K marta oʻqildi
Ulugʻbek Rahmatullayev - Dadamga ichirmanglar
Men uchun dunyoda eng achinarli holat yoki manzara bu oyogʻida tura olmaydigan mast otaning yonidagi oʻspirin oʻgʻli goh yiqilib, goh yelkalab, goh yigʻlab, uyalib, sudrab uyiga olib ketayotganidir.
Taklif bilan bir toʻyga bordim. Toʻyxonada sharob shinavandalari juda koʻp ekan. 9-10 yoshlardagi bir bola aroq quyib uzatayotgan odamning bilagiga osilib, nimalardir deyayotganini koʻrib qoldim. Odamlar uni turtib, siltalab haydayotganiga koʻzim tushib qoldi. Oxiri men uni yonimga chaqirib, “Nima deyapsan, bolam?”, dedim. U esa: “Amakijon, iltimos ayting, dadamga ichirishmasin”, deb yigʻlab yubordi. Dunyo koʻzimga qorongʻu boʻlib ketdi. Xullas, toʻy ham tatimadi…

Beadab denglar bexos,
Mayliga, kechirmanglar.
Amakilar, iltimos,
Dadamga ichirmanglar.

Yotib olsalar netaman?
Oʻlib qolsalar netaman?
Haydamanglar, ketaman,
Dadamga ichirmanglar.

Boshlarga otmang gʻamni,
Zahar qilmang xush taʼmni,
Uradilar onamni,
Dadamga ichirmanglar. {x2}

Ikki dunyo keragim,
Davlatshohim, bilagim,
Mazasi yoʻq yuragin,
Dadamga ichirmanglar. {x2}

Qanday dadam bor edi,
Bir soʻzimga zor edi,
Umrini aroq yedi,
Dadamga ichirmanglar.

Yo oʻch bormi bizlardan?
Oʻtinaman sizlardan,
Uyalyapman doʻstlardan,
Dadamga ichirmanglar.

Shunday boʻlsa ulfatlar,
Keltirsalar kulfatlar,
Bagʻrim choʻqir kalxatlar,
Dadamga ichirmanglar.

Uxlayman alam bilan,
Dilimda yaram bilan,
Toʻp oʻynay dadam bilan,
Dadamga ichirmanglar.

Koʻtaraman bosh zoʻrgʻa,
Tiriklay kirdim goʻrga,
Aylandilar mayxoʻrga,
Dadamga ichirmanglar.

Qanday dadam bor edi…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!