🎵 Qoʻshiq matnlari

Ilhom Ibrohimov - Sizni sevsam maylimi

5.3K marta oʻqildi
Ilhom Ibrohimov - Sizni sevsam maylimi
Dushmanlarga xor bo`lsam,
Do`st-u yorga zor bo`lsam, (x2)
Umid qilib bir sado –
Sizni sevsam maylimi? (x2)

Tinchim olsa yomonlar,
Qiynasa beomonlar. (x2)
Dardimga yetib davo –
Sizni sevsam maylimi? (x2)

Shirin so`zli go`zalim,
Yoshlanadi ko`zlarim.
Tinglang mening so`zlarim,
Sizni sevsam maylimi? (x2)

Donolar yuz o`girsa,
Nodon holimga kulsa, (x2)
Yurakda shu iltijo –
Sizni sevsam maylimi? (x4)

Shirin so`zli go`zalim,
Yoshlanadi ko`zlarim.
Tinglang mening so`zlarim,
Sizni sevsam maylimi? (x2)

Boshga yog`ib ming balo,
Mendan voz kechsa dunyo, (x2)
Ishonib sizga tanho,
Sizni sevsam maylimi? (x4)

Shirin so`zli go`zalim,
Yoshlanadi ko`zlarim.
Tinglang mening so`zlarim,
Sizni sevsam maylimi? (x4)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Otash va Haytik - Qishlogʻimning qizlari

20-aprel, 20202.6K