🎵 Qoʻshiq matnlari

Mavluda Asalxoʻjayeva - Yomgʻir

2.2K marta oʻqildi
Mavluda Asalxoʻjayeva - Yomgʻir
Sen menga kerak, men senga kerak,
O`rtada ishonchsiz baxt kimga kerak?
Men senga kerak, sen menga kerak,
Muhabbat hammada ham bo`lmasa kerak?

Sog`inib so`rar yurak,
Kelishing qo`msar yurak.
Sen ham eslab sog`inasanmi,
Ayt, bir bor meni?

Ko`nglimda bordir istak,
Menga mehring kerak.
Xayollarim o`ylayverib,
Tinch qo`ymas meni.

Mayin yomg`ir yog`aver,
Ko`z yoshim yuvaver.
Sog`indim yor vaslin,
To`xtamay yog`aver. (x2)

Sen menga kerak, men senga kerak,
Qaydasan, sog`indim, yor bergin darak?
Men senga kerak, sen menga kerak,
Unutolmay seni, xayollarim hamon halak.

Sog`inib so`rar yurak,
Kelishing qo`msar yurak.
Sen ham eslab sog`inasanmi,
Ayt, bir bor meni?

Ko`nglimda bordir istak,
Menga mehring kerak.
Xayollarim o`ylayverib,
Tinch qo`ymas meni.

Mayin yomg`ir yog`aver,
Ko`z yoshim yuvaver.
Sog`indim yor vaslin,
To`xtamay yog`aver. (x2+x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!