🎵 Qoʻshiq matnlari

Nosir Alimahsumov - Suvratingdandur

1.9K marta oʻqildi
Nosir Alimahsumov - Suvratingdandur
Har kishining so`rmang aslin, izzatindan belguli, {x2}
Suhbati urfon ko`rganlar xizmatindan belguli.

Haq taolo ilm ichinda chunki “siymohum” dedi,
Har kishining yuzina boq, suvratindan belguli. (x2)

Darvishning pirini so`rmak, dedilar, odat emas,
Orifona bir nazar qil, kisvatindan belguli. (x2)

Har zarin qalbi mahakdin bilinur asli nedur,
Necha kim, bemori ishqin illatindan belguli.

Ey, Nasimiy, naqdingni nodon qo`liga bermakim,
Gavharni dono bilur ham qiymatindan belguli. (x2)

Har kishining yuziga boq, suvratindan belguli…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!