🎵 Qoʻshiq matnlari

Yahyobek Moʻminov - Begona boʻldik

2.2K marta oʻqildi
Yahyobek Moʻminov - Begona boʻldik
Seni eslab ko`zlarimda ko`z yoshim toma-toma,
Yodimdadir so`zlaring sehrli dona-dona.
Izlab seni izlaringdan, hijronda yona-yona,
Ado bo`ldim ishqingda men, yuragimdir vayrona. {x2}

Begona bo`ldik, begona,
Vayrona dillar, vayrona.
Hayronman endi menga kim,
Kim bo`lar senchalar parvona?

Begona bo`ldik, begona,
Vayrona dillar, vayrona.
Hayronman endi senga kim,
Kim bo`lar menchalar parvona?

Sendan ayro bo`ldi yo`lim,
Qoldi qalb endi muzlab.
Oromim ham qayga ketdi,
Har on vaslingni qo`msab?

Oylar o`tdi, yillarim ham,
Sening isming takrorlab.
Bir umrga go`zal sevging
Qolarman men ardoqlab.

Bir umrga go`zal sevging
Qolarman men ardoqlab.

Begona bo`ldik, begona,
Vayrona dillar, vayrona.
Hayronman endi menga kim,
Kim bo`lar senchalar parvona?
Begona bo`ldik, begona,
Vayrona dillar, vayrona.
Hayronman endi senga kim,
Kim bo`lar menchalar parvona? (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!