🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozodbek Nazarbekov - Barkamol avlod

3.5K marta oʻqildi
Ozodbek Nazarbekov - Barkamol avlod
Daryo toshsa, keyin dengiz to`ladida,
Ko`kga boqqan ko`zlar yulduz ko`radida. (x2)
Bek bolasi baribir bek bo`ladida, {x2}
Vorislari ikki daryo orasini,
Qaddin ko`ring O`zbekiston bolasini. (x2)

Bolam mendan baxtli bo`lsin, deydi bu el,
Men ko`rmagan kunni ko`rsin, deydi bu el. (x2)
Kuysa faqat, bolam, deya kuydi bu el, {x2}
Ilinadi har narsaning sarasini,
Qadrin ko`ring O`zbekiston bolasini. (x2)

Qadim tarix so`zlashgan shu til seniki,
Sultoning yo`l ochib, dedi: “yo`l seniki”. (x2)
Yillar senga hadya bo`lsin, yil seniki, {x2}
Topib berdi har orzuning chorasini,
Baxtin ko`ring O`zbekiston bolasini. (x2)

Vorislari ikki daryo orasini,
Qaddin ko`ring O`zbekiston bolasini.
Ilinadi har narsaning sarasini,
Qadrin ko`ring O`zbekiston bolasini.

Topib berdi har orzuning chorasini,
Baxtin ko`ring O`zbekiston bolasini!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!