🎵 Qoʻshiq matnlari

Oʻlmas Olloberganov - Yomon boʻldim

3.4K marta oʻqildi
Oʻlmas Olloberganov - Yomon boʻldim
Kuyladim, baxshi bo`ldim,
Davralar naqshi bo`ldim.
Hammaga yaxshi bo`ldim,
Yomon bo`ldim yor uchun-ey. (x2)

Yolg`iz edim kuyganda,
Armonlarni tuyganda,
Ko`ngil uchun suyganda
Yomon bo`ldim yor uchun-ey. (x2)
O-oy, yomon bo`ldim yor uchun-ey.

Yorimni bog`im desam,
Lolali tog`im desam,
Qish o`tar chog`im desam,
Yomon bo`ldim yor uchun-ey.
O-oy, yomon bo`ldim yor uchun-ey.

Xafa bo`lib olamdan,
Kuyar ko`nglim nolamdan.
Tikan ko`rdim lolamdan,
Yomon bo`ldim yor uchun-ey.

Past ketsa, baland dedim,
Afsus, yana pand edim,
Men axir yaxshi edim,
Yomon bo`ldim yor uchun-ey.

Yorimni bog`im desam,
Lolali tog`im desam,
Qish o`tar chog`im desam,
Yomon bo`ldim yor uchun-ey.

O-oy, yomon bo`ldim yor uchun-ey… {x2}
Yomon bo`ldim yor uchun-ey…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!